19
Nikolay Aleksandrovich Blatov (1875-1942) – rus-sovet buxgalteri, ikki
yoqlama yozuvlarni ayirboshlash qonuni asosida obyektiv talqin etish tarafdori, bu
yondoshuvni asoslovchi maxsus model ixtirochisi. U balanslar va buxgalteriya
schyotlarini to‘laroq tasniflagan. Shuningdek, xronologik yozuv (jurnal) sistematik
yozuv(Bosh daftar)ga va analitik hisob sintetik hisobga qaraganda muhimroq degan
fikrni asoslagan. Buxgalteriya hisobining asosi schyotlar tizimidan iborat, balans
inventar ro‘yxatlarga emas, balki schyotlar tizimiga asoslanadi deb hisoblagan.
Aleksey Pavlovich Rudanovskiy (1863-1934) - rus buxgalteri,
statikani
(balansning o‘zini) hamda dinamikani (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni u
byudjet deb nomlagan) o‘z ichiga olgan balans tuzgan, hisobga olinadigan
obyektlarni qayta baholashga yo‘l qo‘ymaslikka ahd qilgan, natijaviy schyotlardan
keng foydalanishni tavsiya qilgan. Bilvosita xarajatlarni ular qaysi hisobot davrida
vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisobdan o‘chirilishini talab qilgan, fond degan
buxgalterlik kategoriyasini (kapital o‘rniga) qo‘llashni
asoslagan, bosh buxgalter
faqat yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysinishi va hech qachon istalgan
bo‘g‘in rahbariga bo‘ysinmasligini isbotlagan.
Erik Karlovich Gilde (1904-1983) – rus-sovet buxgalteri, modellashtirishni
xo‘jalik faoliyatini bayon qilish vositasi sifatida o‘rgangan, xarajatlar hisobi va
haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi vazifalari o‘rtasidagi printsipial farqlarni hamda
keyingisining shartli tavsifga ega ekanligini ko‘rsatgan va uni amalda qo‘llashdan
voz kechish haqida xulosa qilgan. Gilde barcha hisob obyektlarining axborot oqimlari
bilan kirish-chiqish sxemasi bo‘yicha bog‘liqligini ko‘rsatgan va buxgalteriya
hisobini butun korxona boshqaruv tizimining asosiy vositasi sifatida o‘rgangan.
Yaroslav Vyacheslavich Sokolov (1938 yilda tug‘ilgan) – buxgalterlar
sulolasining
uchinchi avlodi, rossiya professional buxgalterlari institutining
prezidenti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilish bo‘yicha
idoralararo komissiya raisining muovini. U 1959 yili F.Engels nomli Leningrad savdo
institutining
hisob-iqtisod
fakultetini
tamomlagan.
1976
yilda
doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilgan va shu yilning kuzida unga profesor ilmiy unvoni
berilgan. Uning ilmiy qiziqish sohasi buxgalteriya hisobining fundamental asoslarini
va uning rivojlanish tarixini tadqiq qilish bilan bog‘liq. Ya.V.Sokolov 300 dan ortiq
ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, bu asarlarning ko‘pchiligi AQSh, Xitoy, Shveytsariya,
Polsha, Chexiya va dunyoning boshqa mamlakatlarda chop etilgan.
Ya.V.Sokolov o‘quv-uslubiy ishlarga va buxgalteriya hisobi va nazorat
sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilishga katta e’tibor berib kelmoqda, ommaviy
axborot vositalarida buxgaterlik kasbining obro‘sini ko‘tarishga qaratilgan chiqishlari
bilan qatnashmoqda.
Temuriylar davlatida hisob ilmining kurtaklari
O‘tmishda ajdodlarimiz ham hisob-kitob ilmiga alohida ahamiyat berishgan.
Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni
boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Masalan, «Raiyatdan
mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning
obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni
boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqida shunday deyilgan:
«... har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun
20
bo‘lib, undan yig‘iladigan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin.
Oliq-soliq miqdori, soliq to‘lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan
yig‘ilgan mablag‘ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga
berilgan va berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa
daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar),
har xil yo‘l bilan yig‘ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-
mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan
jarimalarni tartibga
keltirsin»
6
.
Demak, bizning mamlakatimiz tarixida ham hisob, hisobot va nazorat ishlari
tarqqiy etgan deyishimizga asos mavjud.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan
mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va
nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining
nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, B.Hoshimov,
X.N.Musaev, A.S.Sotiboldiev, R.R.Radjapov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi.
Buxgalteriya hisobining erkin bozor iqtisodiyoti makoniga xos quyi tizimi sifatida
boshqaruv hisobini shakllantirishda S.Sh.Yuldashev, A.X.Pardaev, B.A.Hasanov,
A.A.Karimov, A.A.Abdug‘aniev, O.A.Masharipov kabi olimlar ulkan hissa
qo‘shmoqdalar.
Milliy
buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy-me’yoriy
bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoev, T.I.Jo‘raev, M.M.To‘laxo‘jaeva,
Sh.U.Haydarov, O.A.Masharipov, X.A.Ortiqov, X.To‘xsanov va boshqalar faoliyat
ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va uslubiy
jihatlarini rivojlantirishda E.A.Akramov, M.Q.Pardaev, A.Q.Qodirov, Yu.M.Itkin,
M.M.Tulaxo‘jaeva, D.S.Qudbiev, N.S.Sanaev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov,
A.Rizoqulov kabi olimlarning ilmiy ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining ilmiy va uslubiy asoslari
O.M.Jumanov, N.Yu.Jo‘raev, A.K.Ibragimov, A.I.Aliqulovlar asarlarida o‘z aksini
topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar hisobi va auditi bo‘yicha
K.B.O‘rozov, I.Ismonov, B.X.Pardaev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo‘raev va boshqalar
fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Intellektual mulk ob'ektlari, jumladan nomoddiy aktivlar hisobi va tahlili
bo‘yicha N.K.Rizaev, M.E.Po‘latov, I.Davletov boshqalar fundamental izlanishlar
olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish
asosida buxgalterlik qachon paydo bo‘lgan degan savolga uch xil javob berilib, bu
uchala javob ham asoslab berilgan:
1) 6000
yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo‘lgan faktlarni
maqsadli ravishda ro‘yxatga olish yoki belgilab qo‘yish boshlangan paytda;
2) 500 yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd qilingan
kitobi(traktat) chiqqan vaqti;
1
Temur tuzuklari. Toshkent: 1996, 125 bet.
21
3) 100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy qurilmalari
paydo bo‘lgan vaqt.
Ushbu uchala javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur falsafiy
mushohadagi molik kasb, to‘g‘rirog‘i ma’lum ma’noda «hunar», «san’at» ekanligi va
uning evolyutsiyasi uchta davrga xos uch darajada umumlashtirilishidir:
–
6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat, hisobchilik sifatida, xo‘jalik
faoliyatini tushunish vositasi sifatida qo‘llanilgan;
–
500 yil oldin adabiyotda muhokama qilinadigan mavzu, adabiy va
madaniy tilning bir bo‘lagi darajasiga ko‘tarilgan;
–
100 yillardan buyon esa mustaqil fan - hisobshunoslik, hisobni tushunish
vositasi, «biznesning tili» sifatida mavjuddir.
Xulosa qilib aytganda, buxgalterlik hisobi kishilik jamiyatining ibtidosidayoq
vujudga kelib, insoniyat tarixidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan va u to yerda
hayot bor ekan takomillashib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: