Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Ikkiyoqlama yozuv tizimidan asosiy hisob tengligini ko‘rib chiqishimiz mumkin:
5

Aktivlar= Passivlar+ Xususiy kapital 
Iogan Fridrix Sher (1846-1924) – shveytsariyalik buxgalter, buxgalteriya 
amallarini ikki qator sschyotlarning (aktiv va passiv) shaklan nazariyasidan kelib 
chiqqan holda matematik bayon qilgan. U hisob balansdan boshlanadi va undan 
schyotlar kelib chiqadi; sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar analitik schyotlar 
bo‘yicha yozuvlarga qaraganda katta ishonchga sazovor deb hisoblagan. Balansni, 
5
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014, 16-bet. 


17 
xususan oborot mablag‘larini tahlil qilish, «zarar ko‘rmaslik nuqtasi»ni topish, 
xarajatlar sig‘imini hisoblab chiqarish va boshqalar ustida ham ulkan izlanishlar olib 
borgan. U hisobchilikning kartochka shaklini tashviqot qilgan. 
Shunday qilib, I.F.Sher nazariyasiga ko‘ra, har qanday hisobchilikning asosini 
balans tashkil etadi. Schyotlar balansga munosabatiga ko‘ra aktiv va passiv 
schyotlarga bo‘lingan. Ularning tomonlari qarama-qarshi hisoblangan: aktiv 
schyotning debetida – ko‘payish, kreditida kamayish, passiv schyotlarda esa 
aksincha. Shuningdek, germaniya maktabida G. Niklish, E. Shmalenbax, F.Gyugli va 
boshqalar buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. 
Genrix Niklish (1876-1946) – nemis buxgalteri, statik balans nazariyasining 
asoschisi. Ushbu nazariyaga muvofiq, balans korxona ixtiyoridagi mol-mulklarning 
qiymati aniq hisoblab chiqariladi. Bu mol-mulklar balans tuziladigan sanada sotilishi 
mumkin bo‘lgan bahoda taqdim etilgan bo‘lishi lozim. G.Niklish balans faqat 
shundagina korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettiradi deb hisoblagan. U 
balansning asosiy vazifasi kreditorlar manfaatini himoyalash deb faraz qilgan. Bunda 
u korxona foydasini nafaqat o‘z kapitalini, balki tashqaridan jalb qilingan kapitalni 
ham ishlatishning natijasi sifatida o‘rgangan. 
Eygen Shmalenbax (1873-1955) – nemis buxgalteri, dinamik balans nazariyasi 
asoschisi. Bu nazariyaga muvofiq balans moliyaviy natijalarning aniq hisoblab 
chiqarilishini va kapitalning harakatini takror ishlab chiqarishning turli bosqichlarida 
aks ettiradi. Shmalenbax korxonada sarf qilingan, mablag‘larning doiraviy aylanish 
bosqichlarini ko‘rsatadigan, detsimal davr bo‘yicha tuzilgan yagona schyotlar rejasini 
yaratgan. U xarajatlar va daromadlar o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘ygan, grafik va 
sxemalarni ishlab chiqqan va keng qo‘llagan. Ushbu grafik va sxemalardagi har xil 
figuralar schyotlarning u yoki bu guruhlarini, chiziqlar esa ular o‘rtasidagi bog‘lanish 
(korrespondentsiya)larni ifodalaydi deb hisoblagan. 
Fridrix Gyugli (1833-1902) – shveytsariyalik buxgalter, kameral buxgalteriyani 
eng to‘liq bayon qilgan va uni buxgalteriya hisobi digrafik patrimonal tizimining 
an’anaviy qoidalari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Uyg‘unlashtirishning 
mohiyati pul mablag‘larini hisobga olish tizimiga, ularning tayinlanish 
(rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar) va bajarilishi (haqiqiy daromadlar va 
xarajatlar)ni bir-biridan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat muomalalarini 
kiritishdan iborat. Ushbu yondashuv konstant buxgalteriya nomini olgan. Gyugli 
birinchilardan bo‘lib hisobchilik shakllarini tahlil qilgan. 
Shunday qilib, Germaniya maktabida balansshunoslik yo‘nalishi vujudga 
kelgan, iqtisodiy tahlil rivojlangan, tannarx hisoblash bo‘yicha qoidalar shakllangan 
va buxgalteriya hisobining markazlashgan va markazlashmagan turlari vujudga 
kelgan.
Anglo-amerika maktabi 
XIX asr boshlarida buxgalteriya hisobining anglo-amerika maktabi tez 
rivojlana boshlagan. Uning yorqin namoyondalari sifatida I.Garrison I.Fisher, Dr. 
Skott, R.X.Montgomeri, I.E.Shprut, V.E.Paton, D.O.Mey kabilarni ko‘rsatish 
mumkin. Buxgalteriya hisobi nazariyasining rivojlanishiga amerikalik olimlar 
I.Fisher va D.Skottlar katta ulush qo‘shgan.
Irving Fisher (1867-1947) – amerikalik iqtisodchi, uning asosiy asarlari pul 


18 
muomalasini tahlil qilish va indekslar nazariyasi bilan bog‘liq. U buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari korxona xo‘jalik mexanizmining muvozanatini ushlab turish uchun 
zarur, bunga foydani hisoblab chiqarish va uning moliyaviy natijasini baholash orqali 
erishiladi deb hisoblagan. Irvingning fikricha, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot – 
sabab, balans esa uning oqibatidir. Hisobchilikning barcha obyektlari xarid kuchi 
birliklarida ifodalangan bo‘lishi lozim. Bunga baholar indeksidan foydalanish orqali 
erishiladi. Balans aktivi – bu korxona kapitali, uning ko‘lami unga qancha mablag‘ 
qo‘yilganligi bilan emas, balki u qancha foyda keltira olishi bilan o‘lchanadi. Soliq 
faqat foydadan olinishi kerak, mulk solig‘i ishlab chiqaruvchi kuchlarning noo‘rin 
sarflanishini bildiradi. 
Dr. Skott (1887-1954) – amerikalik sotsiolog, hisobchilik vazifasini mulkdorlar 
(eng avvalo, aktual va potentsial aktsiyadorlar) manfaatlarini himoyalash va 
korxonada band bo‘lgan shaxslar faoliyatini nazorat qilish deb bilgan. U balans 
xo‘jalik faoliyatining sababi, moliyaviy natija to‘g‘risidagi hisobot esa oqibati, 
chunki kapital foyda keltiradi, aksincha emas deb hisoblagan. Balans passivi – bu 
kapital, aktivi bu mol-mulklar ro‘yxati; mol-mulklar ular qancha pul to‘langan bo‘lsa, 
shuncha qiymatga ega. Skott hisobchilikning milliy standartlarini ishlab chiqishga 
turtki bo‘lgan to‘rtta postulat (faraz) yaratgan (haqiqiylik, hissiyotga berilmaslik, 
moslashish va izchillik). U soliq foyda(oqibat)dan emas, kapital(sabab)dan olinishi 
mumkin deb hisoblagan. 
Robert Xayster Montgomeri (1872-1953) – amerikalik buxgalter, zamonaviy 
audit asoschisi. Hisob sohasida u dividendlar – bu foydaning bir qismi, korxona 
xarajatlari emasligini ko‘rsatgan. U balans moddalarini baholashda ehtiyotkorlik 
(konservatizm) printsipining zarurligini asoslagan; buxgalteriya muomalalarini 
standartlashtirish va audit o‘tkazishda hisobotda taqdim etiladigan va auditor 
tomonidan tekshiriladigan ma’lumotlar haqiqiy holatni etarli darajada aks ettirishi 
lozimligini ta’kidlagan. U birinchi bo‘lib hisob kasbi egalarining professional ahloq 
kodeksini ishlab chiqishni taklif etgan. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish