27
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni
ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy
boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan band
bo‘lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi.
Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlari
asosida o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis echib berish uchun maxsus usullarni o‘z
ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida
o‘rganiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida
mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi va
harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida
ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini
tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish
haqida zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa,
uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. jamlanib,
butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat
va boshqaruv olib boriladi. Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya
hisobini 2016 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib olib boradi.
Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga
kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali sschyotlar tizimida
ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari xaqikiyligini
inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida
buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.
Xorijlik olimlar qarashlariga ko‘ra “buxgalteriya hisoi - xo‘jalik yurituvchi
subekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘lchash, qayta ishlash va yetkazib berish
hamda foydalanuvchilarga cheklangan reserslar bo‘yicha mavjud muqobil
yechimlardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini yaratish tizimi”
8
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni
tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini
yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks
ettirib borishdir.
Yuqoridalardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining
predmeti
-
takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
– ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli;
– alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab
beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi
jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
8
B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting”