Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Frantsiya maktabining vakillari 
XVII asrdan boshlab buxgalterlik ilmining frantsiya maktabi rivojlana 
boshlagan. Frantsiya maktabining vakillari italiyalik mualliflar g‘oyalarini 
rivojlantirib, buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Shulardan biri M.van Damm (1606 y.) barcha buxgalteriya yozuvlari uchun 
sirli asos sifatida dastlabki hujjatlarni kiritishni taklif qilgan. Bu bizning zamonaviy 
tasavvurimizdagi buxgalteriya hisobi barpo bo‘lishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgan. 
Shunday qilib, dastlabki hujjat xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish uchun asos 
hisoblangan. Boshqa bir frantsuz buxgalteri M.Toma (1631 y.) xronologik yozuv 
tuzilmasini takomillashtirgan. U xronologik jurnalni murakkab yozuvlarni aks ettirish 
uchun qulay qilish maqsadida unga summalar uchun ikkita ustun (xususiy va 
umumiy) kiritgan.
Keyinchalik A.Mendels (1803 y.) va E.Degranj (1802 y.) buxgalterlik 
amaliyotiga xronologik va sistematik yozuvlarni kiritish zarurligini asoslagan. 
A.Mendels xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish jurnalidagi oborotlar 
yig‘indisining bosh daftardagi debet oborotlar va kredit oborotlar yig‘indisiga teng 
bo‘lishi lozimligini asoslagan.
Jak Savari (1622-1690) – buyuk frantsuz yuristi va buxgalteri, «Tijorat 
kodeksi»ning asoschisi (1673 yil), alohida korxona xo‘jalik faoliyatini buxgalterlik 
hisobining predmeti deb hisoblagan, hisobning sintetik va analitik hisob turlariga 
bo‘linishini asoslab bergan. Ikkita balans tuzish zarurligini ko‘rsatib bergan: bittasi 
bosh daftar schyotlari bo‘yicha va ikkinchisi inventarizatsiya ro‘yxatlari bo‘yicha, 
ushbu balanslar o‘rtasida odatda, har doim tafovutlar bo‘lishini ta’kidlagan. U savdo 
kalkulyatsiyasini tuzish uslubini birinchi marta bayon qilib bergan.


16 
J.P.Savari zamonaviy buxgalteriya hisobining asosiy tushunchalaridan biri: 
schyotlarning sintetik schyotlar va analitik schyotlarga; hisob registrlarining sintetik 
va analitik hisob registrlariga bo‘linishini asoslagan. U ikkita postulat ishlab chiqqan:
1) barcha analitik schyotlar qoldiqlarining yig‘indisi ular qaysi sintetik 
schyotga taalluqli bo‘lsa, uning qoldig‘iga teng bo‘lishi kerak; 
2) barcha analitik schyotlarning debet va kredit oborotlari summasi ular qaysi 
sintetik schyotga taalluqli bo‘lsa, uning debet va kredit oborotiga teng bo‘lishi lozim.
J.B.Dyumarshe hisobchilikning integral shaklini ishlab chiqqan. Uning 
mazmuni shundan iboratki, birinchi darajali har bir schyotga debet va kreditga 
ajratish uchun ikkita sinxronistik yozuv jurnali ochilishi lozim. Ushbu shakl 
buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini yaratish uchun katta ahamiyat kasb 
etgan. Bu shakl bo‘yicha schyotning debet oboroti kreditlanuvchi schyotlar 
ko‘rsatilgan holda vedomost tomonida, kredit oboroti esa debetlanuvchi schyotlar 
ko‘rsatilgan holda jurnal-order tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, J.B.Dyumarshe 
Buxgalterlar xalqaro gerbining asoschisi ham hisoblanadi.
Frantsiyalik olimlar E.Leote va A.Gilbio schyotning uchta: hisobchilik, 
ijtimoiy va iqtisodiy funktsiyalarini ilgari surgan.
1673 yilda Frantsiyaning Tijorat Kodeksiga muvofiq har bir korxona ikki yilda 
bir marta balans tuzishi talab qilingan. Shu tariqa moliyaviy hisobotning asosiy 
foydalanuvchisi – investorlar davri vujudga kelgan.
Germaniya maktabi 
XX asrning birinchi yarmida Germaniya buxgalterlar maktabi ustunlik qila 
boshlagan. Ularning yorqin namoyondalaridan biri I.F.Sher bo‘lib, u buxgalteriya 
hisobining asosini schyotlar emas, balki balans tashkil etadi deb hisoblagan. U 
buxgalteriya hisobining tuzilishi va mazmunini umumiylikdan xususiylikka qarab 
o‘rgangan.
Italiya maktabi ham, frantsiya maktabi ham xususiylikdan umumiylikka tomon 
harakatlangan. I.F.Sher tomonidan yaratilgan hisob nazariyasi balans nazariyasi deb 
atalgan.
I.F.Sher kapital tenglamasini ishlab chiqqan:
A-M=K (Aktiv – Majburiyat = Kapital)
Ushbu tenglama Sher postulati deb ataladi. Uning mazmuni korxona kapitali 
uning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishini bildiradi. 
Bundan balans tenglamasi keltirib chiqarilgan.
A=K +M (Aktiv = Kapital + Majburiyat)

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish