Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 
Daval xom ashyosi - daval xom ashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni qaytarib 
berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga - qayta 
ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xom ashyo va materiallar.
Buyurtmachi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga berayotgan 
tashkilot;
Qayta ishlovchi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul 
qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib 
beruvchi tashkilot. 
Daval xom ashyosini qayta ishlovchiga berish “Daval xom ashyosini qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xom ashyosini topshirish nakladnoyi” 
bilan rasmiylashtiriladi.
Daval xom ashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida “Daval xom 
ashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xom ashyosini hisobga 
olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda belgilangan 
tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga 
qaytarib berilganda, daval xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning haqiqatda 
bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura hamda “Daval xom ashyosini qayta 
ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” va “Daval xom 
ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib beriladi. 


249 
“Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ikki nusxada tuziladi, 
qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa 
buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi.
Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o‘zi qayta ishlashga 
ulgurmayotgan paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash uchun o‘ziga eng 
yaqin joylashgan “Amu paxta tozalash” AJ (qayta ishlovchi) bilan shartnoma tuzdi. 
Daval asosida beriladigan paxta xom-ashyosining qiymati 17 000 000 so‘m. “Amu 
paxta tozalash” AJ daval asosida berilgan paxta xom ashyosining 2 000 000 so‘m 
qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval asosida 
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar 
qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartiga ko‘ra daval asosida 
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar 
uchun haq to‘lash taxmnniy smetada ko‘rsatilgan kiymatning 40 % oldin avans 
tariqasida amalga oshiriladi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish