Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
13.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
Materiallar ichida o‘ziga xos xusisiyatlarga ega bo‘lgan inventar va xo‘jalik 
anjomlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Mol-mulk inventar va xo‘jalik 
anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim: 
-
xizmat muddati bir yildan oshmagan; 
-
xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston 
Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik 
baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni 
inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining 
kamroq chegarasini belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati 
vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq hisobdan 
chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), 
tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan 
komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib 
tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va ulardan 
foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatiladi. 
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun 
xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 
o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu 
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga 
kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni 
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga 
oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib 
ravishda hisobdan chiqarish; 


247 
b) teng me’yorli tarzda. 
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib 
ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan 
chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 
natural ko‘rsatkichidan va inventar hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining 
ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan 
muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan 
hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik 
anjomlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali 
ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib 
chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ularni foydalanishga berishda 
hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning 
foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. 
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari 
tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
-
maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va 
ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun 
mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar); 
-
maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal; 
-
ko‘rpa-to‘shaklar; 
-
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va 
hokazolar); 
-
oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar; 
-
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan 
vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; 
-
foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar; 
-
ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo). 
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq 
holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni 
mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining 
qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritiladi. 
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya hisobida 
inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq haqiqiy 
xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) xarajatlarni hisobga oluvchi 
schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi: 
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290 
Kredit 1080 
Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlarini 
saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari schyotda quyidagi yozuv 
amalga oshiriladi: 
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga olishga 
o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga. 
Inventar va xo‘jalik jihozlarini balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi 


248 
inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida hisobga olish oddiy shakl (bir tomonlama 
tartibda) inventar va xo‘jalik jihozlarini nomi yoki ularning guruhi (yiriklashtirilgan 
komplektlar kesimida, foydalanishga kelib tushgan sanasini ko‘rsatish bilan xarid 
qilish (ishlab chiqarish)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha, foydalanish joyi va moddiy 
javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi. 
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq kamyob yoki 
tarkibida qimmatli metallar yoki qimmatli toshlar mavjud bo‘lgan inventar va 
xo‘jalik jihozlari safiga kiritilgan, inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga olish 
uchun ham tarkibiy bo‘linma omboriga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan 
talabnoma taqdim etiladi. Talabnomada inventar va xo‘jalik jihozlarini oladigan 
ishchining imzosi bo‘lishi kerak. 
Ishchilarga maxsus kiyimlar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan maxsus kiyim, 
maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning 
tarmoq bo‘yicha namunaviy me’yorlari, shuningdek ishchilarni maxsus kiyim, 
maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan 
ta’minlashning qoidalari asosidagi kollektiv shartnomada belgilangan tartibda 
beriladi. 
Maxsus kiyimlarni ishchilarga berilishi rasmiylashtiriluvchi hujjatlar 
(talabnoma va hokazolar)da, boshqa rekizitlar bilan bir qatorda berishning asosi, 
shaxsiy kartochkada esa kiyish mumkin bo‘lgan muddati, qaytarilganda 
foydalanishga yaroqliligi darajasi aks ettirilishi lozim. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish