Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156
Bog'liq
bank ishi

 
Reja: 
1.  Banklarda depozit siyosati, depozitlarning mazmuni va ularning tarkibi  
2.   Tijorat banklari depozit bazasining tarkibi va dinamikasi 
3.  Tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash.  
 
Tijorat  banklari  passiv  operatsiyalari  hajmi,  barqarorlik  darajasi  va  shakllanish 
manbalari  ularning  moliyaviy  va  iqtisodiy  samaradorligiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy islohotlarning keng 
qamrovliligi,  shuningdek,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  tijorat  banklari  passiv 
operatsiyalari,  yoinki  ularning  depozit  siyosatining  ahamiyatini  oshirmoqda.  Tijorat 
banklari depozit siyosati samaradorligini ta’minlash bevosita ularning moliyaviy jihatdan 
barqaror resurs bazasini shakllantirish imkoniyatini beradi.  
SHu bois, tijorat banklari depozit siyosati ularning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, 
banklarning  aktiv  operatsiyalari  natijas  ida  shakllantirilayotgan  daromadlari  hajmi  ushbu 
siyosatning samaradorligiga bevosita bog‘liq.  
“Depozit  siyosati”  so‘zining  iqtisodiy  mohiyatidan  ko‘rinib  turibdiki,  “saqlashga 
topshirilgan” qiymat, buyum yoki boshqa predmetni “boshqarish” zarurligini angalatadi.  
“Siyosat”  tushunchasi  –  filosofiya  ensiklopedik  lug‘atida  “Siyosat  –  ham  amaliy 
munosabatlar  ham  mafkura  sifatida  iqtisodiy  jarayon  harakati  bilan  umumlashtirilgan  va 
jamiyatning  iqtisodiy  bazisiga  qurilma  bo‘lib  hisoblanadi.  Iqtisodiy  qiziqishlar  oxir 
oqibatda siyosiy harakatning sababi sifatida maydonga chiqadi”.  
Vebstrning  lug‘atida  “siyosat”  tushunchasi  “ketma-ket  bog‘langan  harakatlarning 
bajarilish  usuli,  bu  erda  tamoyillar  uni  amalga  oshirishda  tegishli  usullar  siyosatini 
aniqlashning asosi sifatida tushuniladi”.  
“Siyosat”ni  kelib  chiqishini  aniqlaydigan  jamiyat  munosabatlari  sohasi  siyosat 
ta’sirining ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. SHu bilan birga, “siyosat”ni ham biron bir sohadagi 
faoliyat ham mafkura sifatida tushunish mumkin.  
SHunday  qilib,  “siyosat”  ixtiyoriy  sohada  ma’lum  bir  uslublar  to‘plami  aniq 
vazifalarni  echishga  qaratilgan  tadbirlar  majmui  deb  tushunilsa,  unda  bankning  resurs 
bazasini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan operatsiyalar tavsifi bu siyosatni “depozit 
siyosati” deb atashga imkon beradi. 
Demak,  bizning  fikrimizcha,  “depozit  siyosati”  so‘zini  alohida  olib  qaraydigan 
bo‘lsak,  ushbu  so‘z  tijorat  banklarining  muddatli  moliyaviy  resurslarni  boshqarish 
ma’nosini  anglatmaydi.  “Depozit  siyosati”  so‘zini,  albatta  “tijorat  banklari  depozit 
siyosati”  tarzida  qo‘llansagina,  u  tijorat  banklarida  jalb  qilingan  mablag‘lar  doirasida 
tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va boshqarish ma’nosini anglatadi.    


144 
 
Depozitlar  banklar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  depozit  siyosatining  asosiy 
o‘zagini  tashkil  etadi.  Xorijiy  va  mahalliy  iqtisodiy  adabiyotlardan  ma’lum  bo‘lishicha 
iqtisodchi olimlar bank depozitining iqtisodiy mohiyatiga turlicha yondashadilar. 
Rossiyaning iqtisodiyot bilan bog‘liq adabiyotlarida depozitlarga bank mijozlarining 
barcha  pul  mablag‘lari,  ya’ni  yuridik  yoki  jismoniy  shaxslar  nomiga  ochilgan 
xisobvarag‘idagi, joriy yoki boshqa hisobraqamlardagi pullar kiritiladi.  
Demak  iqtisodchi  olimlar  depozitlarning  iqtisodiy  mazmuniga  yondoshuvlari 
turlichadir. Xususan, L. S. Padalkina “depozit-bu kredit muassasalardagi barcha muddatsiz 
quyilmalardir27” deya ta’kidlaydi.  
L.S.Padalkinaning  depozitni  kredit  mussasalaridagi  muddatsiz  quyilmalar  degan 
fikriga  qo‘shila  olmaymiz,  chunki  muallif  depozitni  muddatsiz  quyilmalar  tarzida 
ta’riflashi natijasida uning muddatli mablag‘lar sifatida namoyon bo‘lishini inkor etmoqda. 
SHu  bilan  birga,  qiymat  yoki  natura  ko‘rinishida  shakllanishi  ham  e’tibordan  chetda 
qolgan.   
Amerikalik  iqtisodchi  olim  E.  M.  Rode  “depozit  –  bank  mijozlarining 
jamg‘armadan  tashqari  barcha  muddatli  va  muddatsiz  quyilmalaridir”  degan  iqtisodiy 
talqinni 
ilgari 
suradi28. 
E.M.Rodening  depozitga  bergan  iqtisodiy  ta’rifi 
L.S.Padalkinaning ta’rifiga nisbatan aniqroq bo‘lishi bilan birga, muallif bank depozitining 
aynan qiymat ko‘rinishida namoyon bo‘lshini e’tiborga olmagan.  
Rossiyalik  iqtisodchi  M.  N.  Berezina  “depozit  –  bu  mijozga  uning  barcha  turdagi 
pul  mablag‘larini  saqlash  uchun  ochiladigan  hisobvaraqdir”  degan  yanayam  soddaroq, 
agar  ta’bir  joiz  bo‘lsa  depozitning  iqtisodiy  ma’nosiga  judayam  yaqin  bo‘lmagan  fikrni 
ilgari suradi.  
YUqorida  keltirilgan  ta’riflar  va  manbalardan  ko‘rinib  turibdiki,  bank  amaliyotida 
qo‘llanilayotgan depozitlar va umuman, depozitlar haqida iqtisodiy adabiyotlarda yagona 
yondoshuv mavjud emas. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya – kredit 
yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari 
tushuniladi
29
.  
Bozor  munosabatlari  va  bank  tizimining  rivojlanishi  bilan  bank  resurslarining, 
jumladan,  jalb  qilinadigan  mablag‘lar  strukturasi  o‘zgardi.  Ularning  asosiy  turlari  bank 
mijozlar  bilan  ishlash  jarayonida  jalb  qilgan  mablag‘lar,  ya’ni  depozitlar,  o‘z  qarz 
majburiyatlarini  chiqarish  yo‘li  bilan  mablag‘larni  to‘plash  bo‘lib,  unga  depozit  va 
jamg‘arma  sertifikatlarini,  veksellar,  obligatsiyalar  kiradi.  SHuningdek,  jalb  qiladigan 
mablag‘larga  banklararo  kredit  vositasida  boshqa  kredit  tashkilotlaridan  olinadigan  va 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankidan  olinadigan  ssuda  mablag‘lari  va  boshqalar 
kiradi.  Xalqaro  bank  amaliyotida  jalb  qilingan  resurslar  ularni  yig‘ish  usuliga  qarab 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
- depozitlar; 
- nodepozit resurslar. 
                                                           
27
 Падалкина Л.С. Современная денежно-кредитная система капитализма. –М.: ВЗФЭИ, 1982. –С.152. 
28
Роде Э.М.Банки, биржи, валюты современного капитализма.   М.: «Дело ЛТД», 1995. -С. 148. 
29
 Мицек С.А. Экономика финансовых институтов.–Екатренбург: Дело,1996. -С.42.  


145 
 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish