Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Mikrokredit  tashkilotlari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Mikrokredit  tashkilotlari  yuridik  shaxslar  va  aholiga  quyidagi  mikromoliyaviy 
xizmatlarni ko‘rsatadi: 
- jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va moliyaviy iste’mol krediti; 
- jismoniy shaxslarning solidar (umumiy javobgarlik) guruhi uchun mikroqarz; 
- yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun mikrokredit. 
Mikrokredit  tashkilotlarining  mikromoliyaviy  xizmatlaridan  foydalanish  uchun 
quyidagilar  zarur  bo‘ladi:  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligini,  tadbirkorlik  faoliyatini 
tasdiqlovchi  rasmiy  hujjatlari  mavjud  bo‘lishi  hamda  olinadigan  qarz  summasining 
ta’minoti likvidlik darajasiga qarab, qarz miqdorining 80-120 foizini tashkil qilish kerak. 
Mikrokreditning  ta’minot  turi  sifatida  transport  vositalari  va  zargarlik  buyumlari,  guruh 
a’zolari kafilligi hamda sug‘urta tashkilotlari va banklarning kafolati. 
Tadbirkorlik  sub’ektlarni  moliyalashtirishda  mikrokredit  tashkilotlarining  eng 
muhim xususiyati guruh kafolati ostida kreditlashdir. Guruhiy kafolat ostida kreditlashning 
afzalligi  kredit  guruh  a’zolarining  javobgarligi  asosida  garovsiz  taqdim  etilishi  va  garov 
bo‘libguruh  kafolati  xizmat  qilishidir.  Guruh  tomonidan  qilingan  bosim  kreditni  o‘z 
vaqtida qaytarishga imkon beradi. SHuningdek, kreditni qaytarish uchun guruh a’zolaridan 
majburiy ajratmalar shakllantirilishi mumkin.  
Mikrokredit  tashkilotlari  tomonidan  jismoniy  shaxslarning  solidar  guruhiga 
qo‘yiladigan talabalar quyidagilardan iborat: 
- guruh a’zolarining soni 3 kishidan kam bo‘lmasligi; 
- guruh  a’zolari  bir-birini  kamida  1  yil  mobaynida  tanigan  hamda  mikroqarz 
yuzasidan kafillik berishga tayyor bo‘lishi; 
- guruh a’zolarining o‘zaro qarindosh bo‘lmasligi; 
- mikroqarzni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatining mavjud bo‘lishi. 
Ta’kidlash  joizki,  mikrokredit  tashkilotlari  bilan  mijozlar  o‘rtasidagi  munosabatlar 
o‘zaro  hurmat  va  ishonch,  ikki  tomonlama  manfaatdorlik  asosida  barpo  etiladi.  Ikkinchi 
yoki  undan  ortiq  bosqichlarda  ishlagan  mijozlar  uchun  kredit  summasining  oshirilishi  va 
muddatlarining uzaytirilishi kabi qo‘shimcha imtiyozlar ko‘zda tutiladi. 
Jismoniy  shaxslar  mikrokredit  tashkilotidan  mikroqarz  olish  uchun  quyidagi 
hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- pasport (asli va nusxasi); 
- yashash joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma; 
- rasm (1 dona); 
- yakka tartibdagi tadbirkorning guvohnomasi (patent mavjud bo‘lsa); 


49 
 
- garov; 
- STIR (soliq to‘lovchining identifikatsion raqami). 
YUridik  shaxslar  mikrokredit  tashkilotidan  mikroqarz  olish  uchun  quyidagi 
hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- pasport (asli va nusxasi); 
- yashash joyidan ma’lumotnoma; 
- joriy yilning oxirgi kvartali uchun hisobot (balans, foyda va zararlar to‘g‘risidagi 
hisobot); 
- ta’sischilik hujjatlari va nizom nusxasi; 
- guvohnoma, litsenziya (mavjud bo‘lsa); 
- faoliyat olib borayotgan joyi to‘g‘risida, ya’ni ijara shartnomasi yoki bino kadastri 
hujjatlari nusxasi; 
- bank rekvizitlari. 
Tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokredit tashkilotlari tomonidan faol moliyalashtirish, 
o‘z  navbatida,  ularning  soni,  ko‘rsatayotgan  xizmatlar  sifati,  ustav  kapitali,  resurslari, 
aktivlariga ham bog‘liq bo‘ladi.  
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish