Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


 Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156
Bog'liq
bank ishi

2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari 
 
                                                           
1
Савинова  Д.В.  О  формировании  механизма  привлечения  кредитных  ресурсов  в  малый  бизнес  //Деньги  и  кредит.  - 
Москва, 2009. - № 5.  
3
Минакова  Т.В.  Стратегия  и  развития  малых  и  средних  предприятий  промышленности  в  условиях  социально 
ориентированной экономики. Aвтореф. дисс. на соиск. учен. степ. к.э.н. -М.: МГУ,2008.  


42 
 
O‘zbekiston  Respublikasida  aholi  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 
mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklari bilan birga 
nobank kredit tashkilotlarini ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi 
davrlarda  keng  ko‘lamli  chora-tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  O‘zbekiston 
Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006 
yil  20  sentyabrdagi  53-sonli  “Mikrokredit tashkilotlari  to‘g‘risida”gi  Qonunlari  va ularga 
asoslangan  holda  Markaziy  bank  tomonidan  ishlab  chiqilgan  2006  yil  7  oktyabrdagi 
№24/4  “Mikrokredit  tashkilotlari  faoliyatini  litsenziyalash  tartibi  to‘g‘risida”gi  me’yoriy 
hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy  mexanizmni yaratib, ular sonini 
tez sur’atlarda o‘sishiga xizmat qilmoqda.  
O‘zbekiston  Respublikasining  “Mikromoliyalash  to‘g‘risida”gi  Qonuni  qabul 
qilinishiga  qadar  fuqarolar  va  tadbirkorlik  sub’ektlarini  mikrokreditlash  Markaziy  bank 
tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  Adliya  vazirligida  tasdiqlangan    nizomlar,  tartiblar  va 
yo‘riqnomalar, shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ichki 
siyosatlari doirasida amalga oshirilar edi. 
Mazkur  qonunnning  qabul  qilinishi  bilan  fuqarolarni  va  tadbirkorlik  sub’ektlarini 
mikromoliyalashning  xuquqiy  bazasi  yanada  takomillashdi.  CHunki  ushbu  qonunnning 
asosiy maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlik 
sub’ektlari  faoliyatini  kuchaytirish  uchun  ularni  moliyaviy  mablag‘lar  va  xizmatlarga 
bo‘lgan  ehtiyojlarini  ta’minlash  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat,  deb 
ko‘rsatib o‘tilgan.  
Mazkur  qonunda  mikromoliyalash,  mikrokredit,  mikroqarz  va  mikrolizing 
tushunchalari to‘liq ochib berilgan. 
 Xusuan,  mikromoliyalash-mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilotlarning 
qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, 
mikrolizing  berish,  shuningdek  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatish  to‘g‘risidagi 
shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy 
xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilotlar  jumlasiga  banklar,  mikrokredit  tashkilotlari,  lombard 
tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin. 
Mikrokredit-qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam 
ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va 
qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul 
mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida 
(maqsadli mikrokredit) beriladi. 
Mikroqarz-mikrokredit  tashkilotlari  tomonidan  jismoniy  shaxs  bo‘lgan  qarz 
oluvchiga  eng  kam  ish  haqining  yuz  baravari  miqdoridan  oshmaydigan  summada 
muddatlilik  va  qaytarish  shartlari  asosida,  shartnomada  nazarda  tutilgan  hollarda  esa, 
to‘lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag‘laridir. 
Mikrolizing-mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilot  tomonidan  lizing 
oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish 
va  foydalanish  uchun  lizing  oluvchiga  shartnomada  belgilangan  shartlar  asosida  haq 
evaziga  berish  nazarda  tutiladigan  xizmatdir.  Mikrolizing  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 


43 
 
oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng  kam ish haqining ikki 
ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. 
Mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilotlardan  biri–bu  mikrokredit 
tashkilotidir.  Mikrokredit tashkilotlari 2006  yil 26  avgustdagi    “Mikrokredit  tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi  Qonunga  muvofiq  o‘z  faoliyatlarini  amalga  oshiradilar.  Unga  ko‘ra 
mikrokredit  tashkiloti  -                Mikrokredit,    mikroqarz,    mikrolizing    berish    sohasida   
xizmatlar  ko‘rsatish bo‘yicha  faoliyatni  amalga oshiruvchi va  “Mikrokredit tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi  Qonunga  muvofiq    boshqa  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  yuridik 
shaxs  deb  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Mikrokredit    tashkiloti    ishlab    chiqarish,  sug‘urta,  savdo-
vositachilik va    mazkur  qonunda     nazarda   tutilmagan   boshqa     faoliyat   bilan  bevosita 
shug‘ullanishga haqli emas. 
Mikrokredit  tashkilotlari  yuridik  va  (yoki)  jismoniy  shaxslar  tomonidan  qonun 
hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. Ushbu 
tashkilotlar  davlat  organlari,  siyosiy  partiyalar,  kasaba  uyushmalari  va  diniy  tashkilotlar 
tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. 
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Mikrokredit  tashkilotining  ta’sis  hujjatlarida  muayyan  tashkiliy-huquqiy  shakldagi 
yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda 
quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: 
 
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi; 
- boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi; 
-  mikrokreditlar,  mikroqarzlar,  mikrolizing  berish  va  boshqa  mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi; 
- mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi. 
 
Mikrokredit  tashkilotining  ustav  fondi  pul  mablag‘laridan,  shuningdek 
mazkur  tashkilot  ustav  fondi  miqdorining  yigirma  foizidan  oshmaydigan  boshqa  mol-
mulkdan  shakllantiriladi.  Mikrokredit  tashkilotining  ustav  fondini  shakllantirishda 
kreditga,  garovga  olingan  mablag‘lardan  va  boshqa  jalb  qilingan  mablag‘lardan 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam  miqdori 
litsenziya  olish  uchun  murojaat  qilingan  kunga  qadar  faqat  pul  mablag‘laridan 
shakllantirilgan bo‘lishi kerak.  
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy 
xizmatlar  ko‘rsatish  faoliyatini  litsenziya  olganidan  keyin  amalga  oshiradi.  Mikrokredit 
tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad 
etish  to‘g‘risidagi  qaror  litsenziya  berish  haqidagi  ariza  bilan  murojaat  qilingan  va 
litsenziya  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  hujjatlar  taqdim  etilgan  kundan  e’tiboran  o‘ttiz 
kalendar kun ichida qabul qilinadi. 
Mikrokredit  tashkiloti  litsenziya  olish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: 
- litsenziya berish haqidagi ariza
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 


44 
 

mikrokredit  tashkiloti  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganligi  to‘g‘risidagi 
guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi
- mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati. 
Mikrokredit  tashkiloti  quyidagilar  hisobidan  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatadi: 
o‘z  mablag‘lari,  shu  jumladan  olgan  daromadlari;  investorlar,  shu  jumladan  chet  ellik 
investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar; banklarning 
kreditlari  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalarining  mablag‘lari;  xalqaro  moliya  institutlari, 
nodavlat  notijorat  tashkilotlarining,  shu  jumladan  chet  el  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarining  grantlari  va  qarz  mablag‘lari;  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa 
manbalar. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  mikrokredit  tashkilotlari  faoliyatini 
tartibga solishni amalga oshiradi. Jumladan: 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
tartibda: 
- mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam  miqdorini hamda moliyaviy va 
kassa  operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya  hisobi va  hisobotini  yuritishning  mazkur 
tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi; 
-  mikrokredit  tashkilotlarining  faoliyatini  tekshiradi  va  ularning  faoliyatida 
aniqlangan  qoidabuzarliklarni  bartaraf  etishga  oid  bajarilishi  majburiy  bo‘lgan 
ko‘rsatmalar beradi; 
-  mikrokredit  tashkiloti  ijro  etuvchi  organi  rahbarining  malakasiga  doir  talablarni 
belgilaydi; 
-  mikrokredit  tashkiloti  tomonidan  ayrim  moliyaviy  operatsiyalar  o‘tkazishni  uch 
oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi
- mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki 
litsenziyani bekor qiladi. 
Aholining  faol  qismi  o‘z  biznesini  tashkil  etishi  va  boshlashi  uchun  qulay  shart-
sharoitlar  yaratish,  ayniqsa  qishloq  joylarda  aholi bandligini oshirishga ko‘maklashuvchi 
kichik  va  mikrobiznes  sub’ektlari  faoliyatini  rivojlantirish  maqsadida  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“2010 
yilgacha 
O‘zbekiston 
Respublikasidamikromoliyalashtirishnirivojlantirish  dasturi  to‘g‘risida”gi  Qarorining 
qabul  qilinishi  kichik  biznesni  mikrokreditlashni  rivojlantirishda  yangi  sahifa  ochdi. 
Mazkur  Dasturga  ko‘ra  quyidagi  vazifalarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  asosiy 
yo‘nalishlari etib belgilangan va ijro etilgan.  
-  mikromoliyaviy  xizmatlarga  muhtoj  bo‘lgan  aholi  to‘liq  qamrab  olinishini 
ta’minlagan holda mamlakatning barcha mintaqalarida mikrokredit tashkilotlari tarmog‘ini 
kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;  
-  normativ-huquqiy  bazani  takomillashtirish  hamda  mikrokredit  tashkilotlarining 
barqaror  rivojlanishini  ta’minlovchi  ular  faoliyatini  tartibga  solishning  samarali  tizimini 
yaratish;  


45 
 
-  moliyalashtirishning  tijorat  manbalari,  xususan  xalqaro  moliya  institutlari,  tijorat 
banklari  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalarining  kredit  liniyalari  hisobiga  mikrokredit 
tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga ko‘maklashish;  
-  mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish, xususan mikrolizing xizmatlarini 
rivojlantirish;  
-  mikrokredit  tashkilotlari  professional  xizmatlarga  va  zarur  kredit  axborotlariga 
kirib borishini ta’minlovchi yordamchi xizmatlarni va infratuzilmani rivojlantirish. 
Undan  so‘ng  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26  noyabrdagi 
«2011-2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish,  uning 
barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlariga  erishishning  ustuvor 
yo‘nalishlari  to‘g‘risida»gi  PQ-1438-sonli  Qarorida,  aynan,  mikrokredit  tashkilotlari 
faoliyatini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  belgilandi.  Uni  3-jadval  ma’lumotlaridan 
ko‘rish mumkin: 
O‘zbekiston  Respublikasining  Qonunlari,  Prezident  Farmonlari,  Vazirlar 
Mahkamasining  Qarorlari  va  Markaziy  bankning  kichik  biznesni  mikrokreditlashga  oid 
qator yo‘riqnomalari kichik biznes faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamladi, kichik 
biznes  sub’ektlari  uchun  ma’lum  kafolatlar  va  imtiyozlar  belgilandi,  kichik  biznesni 
qo‘llab-quvvatlovchi  infratuzilma  tizimi  shakllandi.  SHu  bilan  birga,  fikrimizcha,  kichik 
biznesning  qonuniy  asoslarini  zamon  talablaridan  kelib  chiqib,  doimiy  ravishda 
takomillashtirib borish uning rivojlanib borishiga va taraqqiyotiga xizmat qiladi.   
Xulosa  qilib  aytganda,  mikrokredit  tashkilotlari  faolityaining  tashkiliy-huquqiy 
asoslarini  shakllantirish  bo‘yicha  qonunlarning  qabul  qilinishi:  1)  mikromoliyalash  bilan 
bog‘liq  faoliyatni  tartibga  soluvchi  yagona  huquqiy  bazaning  shakllanishiga;  2) 
mikromoliyaviy  xizmat  ko‘rsatuvchi  tashkilotlar  mablag‘laridan  foydalanish  imkonini 
ta’minlashga;  3)  aholining  keng  qatlamlariga  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatishga 
ixtisoslashgan  mikromoliyaviy  tashkilotlar  tuzish  va  faoliyatini  rivojlantirishga;  4) 
mikromoliyalash jarayonini tartibga solish asosida mikrokredit tashkilotlari hamda kichik 
biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  manfaatli  munosabatlarni 
rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish