Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


O‘zbekiston Respublikasi hududlarida mikrokredit tashkilotlarining umumiy



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156
Bog'liq
bank ishi

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida mikrokredit tashkilotlarining umumiy 
soni va joylashuvi
5
, dona   
Hududlar nomi  
2010yil 
2011 yil 
2012 yil 
2015 yil 
2016 yil 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  





Andijon 





Buxoro 





Jizzax 





Qashqadaryo 





Navoiy 





Namangan 





Samarqand 





Surxondaryo 





Sirdaryo 





Toshkent vil. 





Farg‘ona 





Xorazm 





Toshkent sh. 

10 



Jami 
32 
35 
34 
25 
27 
 
Jadval  ma’lumotlaridan  mikrokredit  tashkilotlarining  O‘zbekiston  hududlari 
bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, jami soni bo‘yicha Toshkent shahri etakchilik qilmoqda, 
ya’ni 7 ta, undan keyingi o‘rinlarni Farg‘ona, Toshkent viloyati, Buxoro va Qashqadaryo 
viloyatlari  egallaydi.  Bunday  holat  mikrokredit  tashkilotlarining  respublika  hududlari 
bo‘yicha nomutanosibligini hamda ushbu tashkilotlar faoliyati rivojlanmaganligi bildiradi.  
Ma’lumki,  mikrokredit  tashkilotlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 
tegishli  litsenziyasi  asosida  faoliyat  ko‘satadi.  Mikrokredit  tashkiloti  faoliyatini  amalga 
oshirish uchun litsenziya olishga ariza topshiriladigan sanada tashkilot ustav fondining eng 
                                                           
5
O‘zbekiston RespublikasiMarkaziy banki malimotlari asosida tuzildi. 


51 
 
kam  miqdori  faqat  pul  mablag‘laridan  shakllantirilishi  kerak.  Mikrokredit  tashkiloti 
faoliyat  boshlaganidan  keyin  ustav  fondiga  miqdori  mazkur  tashkilot  ustav  fondi 
miqdorining  yigirma  foizidan  oshmaydigan  mol-mulkni  kirim  qilishga  yo‘l  qo‘yiladi. 
Kreditga, garovga olingan va boshqa jalb etilgan mablag‘lardan mikrokredit tashkilotining 
ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Litsenziya  olish  uchun  mikrokredit  tashkiloti  ro‘yxatdan  o‘tkazilganidan  keyin  60 
kundan  kechiktirmay,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  Markaziy  bank  yoki  uning 
hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: 
- litsenziya berish to‘g‘risida ariza; 
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 

mikrokredit  tashkiloti  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganligi  to‘g‘risida 
guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; 
- mikrokredit tashkilotini boshqarish organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-  mikrokredit  tashkilotining  ustav  fondi  shakllantirilganligini  tasdiqlovchi  bank 
hujjati; 
-  litsenziya  talabgorining  ariza  ko‘rilganligi  uchun  yig‘imi  kirim  qilinganligini 
tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. 
Taqdim  etilayotgan,  bir  varaqdan  ko‘p  bo‘lgan  barcha  hujjatlar  ip  bilan  tikilishi 
kerak. 
Litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizani Markaziy bank ariza 
va  zarur  hujjatlar  kelib  tushgan  kundan  boshlab  30  kalendar  kun  mobaynida  ko‘rib 
chiqadi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan 
keyin  Markaziy  bank  quyidagi  hujjatlarni  o‘z  ichiga  oladigan  yuridik  ishni 
rasmiylashtiradi: 
- litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza; 
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 

mikrokredit  tashkiloti  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganligi  to‘g‘risidagi 
guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; 
- mikrokredit tashkilotini boshqarish organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-  mikrokredit  tashkilotining  ustav  fondi  shakllantirilganligini  tasdiqlaydigan  bank 
hujjati; 
- litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat; 
- litsenziya berish to‘g‘risida Markaziy bank Boshqaruvining qarori; 
- mikrokredit tashkilotining faoliyatini amalga oshirishga litsenziya. 
Mikrokredit  tashkilotlarining  filiallari  Markaziy  bankda  hisobga  qo‘ygan  holda 
mikrokredit  tashkilotini  boshqarish  oliy  organining  qaroriga  ko‘ra  barpo  etiladi  (yoki 
tugatiladi). 
Filialga uni barpo etgan mikrokredit tashkilotining mol-mulki beriladi. 
Mikrokredit  tashkiloti  quyidagi  turlardagi  mikromoliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatishi 
mumkin: 
-  mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish; 
-  qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring); 


52 
 
-  mikrokredit  tashkiloti  lizing  beruvchi  sifatida  ishtirok  etadigan  mikrolizing 
(moliya ijarasi); 
-  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, 
shu jumladan iste’mol kreditlari berish. 
Mikrokredit  tashkiloti  mikrokreditlar,  mikroqarzlar,  mikrolizing  berish  va  boshqa 
mikromoliyaviy  xizmatlar  kqrsatish  bilan  bog‘liq  maslahat  va  axborot  xizmatlari 
ko‘rsatishi mumkin.Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik 
va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas. 
Mikrokredit 
tashkiloti 
quyidagilar 
hisobidan 
mikromoliyaviy 
xizmatlar 
ko‘rsatadi:o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;investorlar, shu jumladan chet 
ellik 
investorlar 
tomonidan 
investitsiya 
shartnomalari 
asosida 
berilgan 
mablag‘lar;banklarning 
kreditlari 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalarining 
mablag‘lari;xalqaro  moliya  institutlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining,  shu  jumladan 
chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Mikrokredit  tashkilotlari  faoliyatini  tahlil  qilishda  ularning  avvalom  bor  aktiv  va 
majburiyatlari va kapitalini o‘rganish muhim hisoblanadi.  

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish