Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
bank ishi

2-jadval
70
 
Kreditlarning  tasniflanishi 
O’zbekistonda 
Xalqaro bank amalyotida 
                                                           
70
 2011yil 11-sentyabrdagi 632 -sonli “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo’yicha yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish” tartibi 
va internet malumotlari asosida tayyorlandi. 


301 
 
Kreditlar tasnifi 
Zaxira 
(qaytarilmagan 
asosiy qarz 
summasiga 
nisbatan %) 
Kreditlar tasnifi 
Zaxira 
(qaytarilmagan 
asosiy qarz 
summasiga 
nisbatan %) 
Yaxshi  kreditlar 
(davlat kafolati) 

Standart kreditlar 
3-5 
Standart kreditlar (30 
kungacha) 
10 
Substandard 
kreditlar 
35 
Substandard kreditlar 
(90 kungacha) 
25 
Shubhali kreditlar 
50 
Shubhali kreditlar 
50 
Umidsiz kreditlar 
100 
Umidsiz kreditlar 
100 
 
 
 
        Mamlakatimiz  bank  amaliyotida  esa  zaxiralarning  faqat  balansdan  chiqgan  qismi 
ozod  etiladi.  Balansdan  tashqarida  hisob  yuritiladigan  kreditlarga  “o’stirilmaslik”
71
 
maqomi  beriladi  va  ular  5  yilgacha  saqlanadi.  Ushbu  davrda  kreditlarning  asosiy  qarzi 
yoki foizi qaytarilsa, ular daromad sifatida kirim qilinib soliqqa tortiladi. 
 
       Kreditlar soni bo‘yicha kreditlar quyidagi guruhlarga  bo‘linishi mumkin: 
 – yagona bank beradigan kreditlar; 
 – sindikatlashgan kreditlar;  
– parallel kreditlar. Amaliyotda bir bank tomonidan beriladigan ssudalar keng tarqalgan. 
Biroq ayrim mamlakatlar va integratsion guruhlar iqtisodiyotning rivojlanish imkoniyatiga 
qarab  yagona  bank  imkoniyati  yetmaydigan  yirik  kreditlarga  ehtiyoj  sezilmoqda.  Bu  esa 
banklarni  guruhlarga qo‘shilib sindikatlashgan kredit berishga undamoqda. 
        Sindikatlashgan  kreditda  (konsorsium)  2  yoki  undan  ortiq  birlashgan  kreditorlar  bir 
qarzdorga kredit taqdim etadi. Bir guruh bank-kreditorlar ma’lum muddatga bo‘sh turgan 
moliyaviy  resurslarini  kreditlash  maqsadida  bir  obyekt  yoki  qarzdorga  birlashtiradi.  Bir 
yoki yetakchi bank-koordinatorlarning katta bo‘lmagan bir guruhi butun sindikat nomidan 
qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi, kerakli summa 
yig‘ishini ta’minlaydi. 
       Amaliyotda  ikki  yoki  undan  ortiq  banklar  qarz  oluvchiga  parallel  kreditlar  berish 
holatlari ham bo‘lishi mumkin. Sindikatlashgan kreditdan farqli o‘laroq, bu holatda mijoz 
                                                           
71
2004-yil 24-yanvardagi 1304-sonli “Foizlarni o’stirmaslik” to’g’risidagi Nizomga muvofiq.  


302 
 
bilan  har  bir  bank  alohida  ish  olib  boradi,  so‘ngra  esa  umumiy  kredit  shartnomasini 
tuzadilar.  Shunday  qilib  tijorat  banklarining  kreditlari  qaysi  belgilarga  qarab  tasnifl 
anmasin,  ularni  berishdan  maqsad  mijozning  mablag‘ga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirgan 
holda bankka yuqori daromad keltirishni ta’minlashdan iborat.    
       Kredit shakillaridan (ayrim adabiyotlarda kredit turi deb kiritilgan) biri xalqaro kredit 
hisoblanadi,  ushbu  kredit  shaklining  o’zi  ham  bir  necha  turlarga  bo’linadi  va  tasnif 
qilinadi.  Kredit  munosabatlarining  xalqaro  miqyosda  (davlatlar  o'rtasida)  amalga 
oshirilishi  xalqaro  kreditning  yuzaga  kelishiga  olib  keladi.  Xalqaro  kreditga  xalqaro 
miqyosda xarakat qiluvchi kredit munosabatlari to'plashi sifatida qarash zarur. Kreditning 
bu  shaklini  bevosita  ishtirokchilari  millatlararo  moliya-kredit  institutlari,  tegishli  davlat 
hokimiyati, kredit tash-kilotlari va alohida yuridik shaxslar bo'lishi mumkin. 
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, 
uning banklariga, boshqa yuridik shaxslariga muddatlilik va to'lovlilik asosida beriladigan 
kredit  hisoblanadi.  Xalqaro  kredit  davlat  va  xalqaro  institutlar  ishtirok  etgan 
munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo'lishi 
mumkin.  
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 
–  qarz  oluvchi  va  qarz  beruvchi  sifatida  davlat  tashkiloti  va  muassasalari,  banklar, 
kompaniyalar, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari qatnashadilar; 
–  qarzga  olingan  mablag’lar  qarz  oluvchi  mamlakat  tomonidan  daromad  keltiruvchi 
kapital sifatida ishlatiladi
– qarz beruvchi mamlakatga to'lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat 
aholisi  tomonidan  yaratilgan  milliy  daromad  hisoblanadi.  Xalqaro  kredit  mahalliy  kredit 
bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. 
       Xalqaro  kredit  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  doirasida  quyidagi  funktsiyalarni 
bajaradi: 
– mamlakatlar o'rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta'minlaydi; 
–  kapitalning  kontsentratsiyalashuviga  va  markazlashuviga  sharoit  yaratadi  va  bu 
jarayonni tezlashtiradi; 
–  har  xil  valyutalarda  xalqaro  hisob-kitoblarni  olib  borishda  muomala  xarajatlarini 
qisqartiradi. 
Xalqaro kreditlar xarakteri bo'yicha – davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga
– shakli bo'yicha – davlat, bank, tijorat; 
– tashqi savdo tizimida tutgan o'rni bo'yicha – eksportni kredit-lash, importni kreditlashga; 
– muddati bo'yicha – qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga; 
– ob'ekti bo'yicha – tovar va valyuta
–  ta'minlanganligi  bo'yicha  –  tovar-moddiy  boyliklar  bilan  yoki  hujjatlar  bilan 
ta'minlangan kreditlarga bo'linadi. 
       Xalqaro  bank  kreditlarining  bank  eksport  kreditlari  (xorijiy  import  qiluvchilarga 
xususiy  tijorat  banklari,  maxsus  tashqi  savdo  banklari  tomonidan  beriladigan  kredit), 
evrokredit  (yirik  tijorat  banklari  tomonidan  evrovalyuta  bozori  resurslari  hisobidan 
evrovalyutada,  2  yildan  10  yilgacha  bo'lgan  muddatga,  o'zgaruvchan  foiz  stavkada 
kreditlar berish) kabi turlari mavjud.  


303 
 
Xalqaro  davlat  krediti  ikki  tomonlama  kelishuv  asosida  rivojlangan  mamlakatlar 
tomonidan  rivojlanayotgan  mamlakatlarga  tovar  yoki  valyuta  shaklida,  foiz  to'lash  yoki 
foiz to'lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi. 
Xalqaro  valyuta  -  kredit  tashkilotlarining  kreditlari  qisqa  muddatli  –  1  yilgacha  (xalqaro 
valyuta  fondining  kreditlari),  o'rta  muddatli  –  5  yilgacha  (Jahon  tiklanish  va  taraqqiyot 
banki) va uzoq muddatli – 20 yilgacha (Evropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar) 
kreditlar berishi mumkin. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar xususiy 
tijorat banklaridan olingan kreditlardan (bu kreditlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi yiliga 
7-9% ni tashkil qiladi) arzonga tushadi. 
         Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki kreditning har bir turning o’ziga xos xususiyati, 
afzalliklari  va  qulayliklari  bor.  Endi  quyida  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  kredit 
munosabatlarini  rivojlantirish,  uning  natijasi  va  undan  kutilayotgan  natijalarga  to’xtalib 
o’tamiz 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish