Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Kreditning shakllari va turlari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Kreditning shakllari va turlari 
Jahon  amaliyotida  kreditlarni  yagona,  umumlashgan  tasnifi  yo`q.  Chunki 
kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning 
urf-odatlariga,  aholi  orasida  kreditlarni  berish  va  qaytarish  bo’yicha  tarixan  shakllangan 
(tovar  shaklida,  pul  shaklida,  boshqa  shakllar  va   shartlarda)  usullariga  bog`liq  bo`ladi.  
Kreditning asosiy turlari: 
1.  Bank krediti. 
2.  Davlat krediti. 
3.  Iste`mol krediti. 
4.  Tijorat krediti. 
5.  Lizing. 
6.  Xalqaro kredit. 
2. Kredit mexanizmi va uning elementlari. 
Mustaqillikka erishilgandan so'ng mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini qamrab 
olgan iqtisodiysiyosat shakllanib, istiqbol yo'nalishlari belgilab olindi. Sobiq ittifoqning 
parchalanishi oqibatida O'zbekistonga o'ta markazlashgan, direktiv usul bilan 
boshqarilgan, mulkchilikning cheklangan turlariga asoslangan iqtisodiyot meros qilib 
qoldirilgan edi. Bu esa chuqur iqtisodiy inqirozga olib keldi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy 
daromad ko'rsatkichlari pasayib ketdi. 
Respublika Prezidenti va hukumati zudlik bilan qat'iy choralar ko'rish va eng avvalo 
yangicha iqtisodiy siyosat ishlab chiqildi. Uning negizigabozor iqtisodiyotiasos qilib 
olindi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan, ayniqsa, Turkiya, Janubiy 
Koreya va boshqa qator Osiyo davlatlari namunalaridan to'g'ri foydalanilgan holda 
mumkin qadar tezroq,aholining hechbirtabaqasiga katta ziyon etkazmasdan bozor 
iqtisodiyotiga o'tish kerakligi davlat siyosatining mazmunini tashkil qildi. Buning uchun 
har taraflama keng iqtisodiy islohotlar o'tkazish rejalashtirildi va respublikada bozor 
munosabatlariga o'tishning quyidagi nazariyasoslari va mezonlari aniqlandi: 
• 
iqtisodning mafkuradan xoli bo'lishi va uning siyosatdan ustuvorligi; 
• 
davlatning bosh islohotchi bo'lishi; 
• 
qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi; 
• 
xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish; 
• 
bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o'tib borish. 
Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 
rivojlanishning bu besh tamoyili amalda o'zining hayotiyligini to'la tasdiqladi. Amaliy ish 
jarayonida O'zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni o'tkazishni o'ziga xos yo'lini to'g'riligi va 


274 
 
ta'sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar jahon jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi. 
Mazkur tamoyillarni amalga oshirib, respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, eng 
muhimi - bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma-bosqich ilgarilab borish 
ta'minlandi.     
   Bozor  iqtisodiyotining  qonunlari,  talablari  bir  vaqtning  o’zida  ham  tijorat 
banklariga  ham  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarga  ta’sirini  o’tkazib,  umuman  yangi  bir 
mexanizmni  ishga  tushirdi.  Bank-moliya  tizimi  tubdan  isloh  qilinib  tijorat  banklari 
faoliyati  erkinlashtirilar  ekan,  bank  aktiv  operatsiyalari  asosini  tashkil  etuvchi  kredit 
operatsiyalari  foydasi  va  u  tufayli  yuzaga  keladigan  risklar  banklar  zimmasiga  yuklandi. 
Shundan keyin yangi mexanizm joriy etilishi uchun talablar paydo bo’ldi. 
    1980-yillarga  kelib  rejali  iqtisod  davridagi  kredit  mexanizmi  bir  muncha  ish 
bermay  qoladi.  1990-yillarga  kelib  yangi  mexanizm  va  ular  bilan  birgalikda  kreditga 
layoqatlilik,  garov,  kafolat  kabi  yangi  terminlar  kirib  kela  boshlaydi.  Tijorat  banklari 
tomonidan  kredit  qo’yilmalarini  yanada  oshirishga  ayrim  muammolarning  mavjudligi 
salbiy  ta’sir  qilgan.  Banklardagi  muddati  o’tgan  kreditlarning  umumiy  berilgan 
kreditlardagi ulushi ortib borgan. Shu tariqa kredit mexanizmi yangi elementlarga ehtiyoj 
seza boshlagan. Mulkchilik shakli o’zgarishi mamlakatimizda erkin sharoitda bozor qonun 
qoidalariga  bo’ysunuvchi  bozor  iqtisodiyoti  rivojlanish  yo’li  tanlanganidan  keyin  bank-
moliya  sohasida  ham  katta  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Xususan  rejali  iqtisodiyot  davridagi 
davlat  banklari  xususiylashtirishga  berilib,  raqobatbardoslilikni  ta’minlash  uchun  bo’lib 
yuborildi. Markaziy bank tashkil qilinib barcha tijorat banklariga yangidan majburiyat va 
huquqlar belgilandi. Rejali iqtisodiyotdan farqli ravishda tijorat banklari reja asosida emas, 
balki tavakkalchilikni hisobga olgan holda o’zlari kredit berish huquqini qo’lga kiritdilar. 
Bozor  iqtisodiyoti  qonunlarini  hisobga  olgan  holda    kredit  mexanizmi  shakllanib,  u 
quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi: 
 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish