Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Iqtisodiy ta’sir mexanizmi



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
bank ishi

Iqtisodiy ta’sir mexanizmi- kredit uchun o’rnatiladigan foizlarning o’rnatilishi va 
rejali  iqtisodiyotda  ular  ishlab  chiqarilgan  tovarning  tannarxini  oshirib  yubormaslikka 
qaratilgan. 
3.  Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari. 
  Respublikamiz tijorat banklari kredit operatsiyalarining rivojlanishi takomillashuvi 
shuningdek yuqori daromad keltirishi bilan birgalikda  kam riskli bo’lishi zarur. Banklarda 
kredit operatsiyalarining joriy etilishi, kreditlash jarayoni va amaliyoti bilan bog’liq bozor 
iqtisodiyoti  qonuniyatlarini  o’z  ichiga  olgan,  bir  vaqtning  o’zida  kreditor  va  qarz 
oluvchining huquq va majburiyatlarini teng taqsimlaydigan qonun va qonun osti hujjatlar 
davlatimiz  tomonidan  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  ularning  barchasi  mulkchilik  shaklidan 
qat’iy  nazar,  chet  el  kapitali  ishtiroki  va  boshqa  sho’ba  banklar  va  kredit  operatsiyalari 
bilan shug’ullanuvchi moliyaviy tashkilotlarga birdek xizmat qilmoqda.   
   Quyida  tijorat  banklarimizning  kreditlash  jarayonida  yo’l  yo’riq  bo’lib  xizmat 
qiluvchi meyoriy hujjatlar va huquqiy asoslar keltirilgan: 
  O’zbekiston Respublikasining qonuni “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 1996-
yil 25-aprel; 
  O’zbekiston  Respublikasining  qonuni  “Bank  siri  to’g’risida”  2003-yil  30-avgust 
530-II-sonli; 
  O’zbekiston  Respublikasining  qonuni  “Ipoteka  to’g’risidagi”2006-yil  4-oktabr 
O’RQ-58-son; 
  O’zbekiston  Respublikasining  qonuni  “Iste’mol  krediti  to’g’risidagi”  2006-yil  6-
may O’RQ-33-sonli; 
  O’zbekiston  respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  02.03.2000-yil  ro’yxatga 
olingan  №905-sonli  “Tijorat  banklari  kredit  siyosatiga  nisbatan  qo’yilgan  talablar 
to’g’risidagi ” nizom; 
  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  2004-yil  17-dekabrda 
ro’yxatga  olingan  №1435-sonli  “Tijorat  banlarida  kreditlarning  buxgalteriyasini 
yuritish to’g’risidagi” nizom; 
  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  02.03.2000-yil  ro’yxatga 
olingan №906-sonli “O’zbekiston respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish 
tartibi to’g’risidagi” nizom; 
  O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-martda ro’yxatga 
olingan №675-sonli “O’zbekiston respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik 
yurituvchi  subyektlarga  qisqa  muddatli  kreditlar  berishni  tashkil  etish  tartibi 
to’g’risidagi” nizom; 
Tijorat banklarida har yili bankning imkoniyatlari va o’ziga xos jihatlarini hisobga 
olgan  holda  bank  kengashi  tomonidan  kredit  siyosati  ishlab  chiqilishi  va  amaliyotga 
berilishi zarur. Ushbu kredit siyosati O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
02.03.2000-yil  ro’yxatga  olingan  №905-sonli  “Tijorat  banklari  kredit  siyosatiga  nisbatan 
qo’yilgan talablar to’g’risidagi ” nizom orqali tartibga solinadi.  
Bankning  kredit  siyosati  -  kreditlash  jarayonida  yuzaga  keluvchi  tavakkalchilikni 
boshqarishda  bank  rahbariyati  tomonidan  qabul  qilinadigan  choralar  va  uslublarni 
belgilovchi  hamda  bank  rahbariyati  va  xodimlarini  kreditlar  portfelini  samarali 


279 
 
boshkarishga  doir  ko’rsatmalar  bilan  ta'minlovchi  hujjatdir.  Kredit  siyosati  bankning 
kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart. Kredit siyosatining 
tavsifi  kredit  portfelining  tarkibiga,  bank  o’z  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  hududning 
iqtisodiyotiga  qarab  aniqlanadi.  Kredit  strategiyasini  shakllantirishda  va  tegishli  kredit 
siyosatini  tayyorlashda,  bank  ushbu  omillarni  hisobga  olishi  shart.  Bankning  kredit 
siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta'minlash uchun 
bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1- fevraligacha bo’lgan 
muddatda  kayta  ko’rib  chiqilishi  va  tasdiqlanishi  kerak.  Kredit  siyosati  bank  faoliyati 
turlariga karab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo’lim bank maqomi 
va  u  joylashgan  manzildan  qat'iy  nazar  kredit  siyosatida  aks  ettirilishi  lozim  bo’lgan 
umumiy  masalalar  ro’yxatini  belgilab  beradi.  Bunda  kredit  siyosatining  yo’nalishlarida 
berilayotgan  kreditlarning  hajmi  va  shakli,  qisqa  va  uzoq  muddatli  kreditlar  o’rtasidagi 
nisbat,  moliyaviy  axborotlarni  tahlil  etish  jarayoni,  kredit  portfeli  hamda  mablag’larning 
qaytarilishini  ta'minlash  bo’yicha  chora-tadbirlar  aks  ettirilishi  lozim.  Har  qanday  kredit 
siyosatining  maqsadi  odatda  quyidagilardan  iborat  bo’ladi:  uzoq  muddatli 
investisiyalardan  aksiyadorlarga  yuqori  daromad  kelishini  ta'minlash,  likvidlikni  saqlab 
turish,  tavakkalchilikni  diversifikasiya  qilish,  siyosat  va  tadbirlar  birligini  kafolatlash, 
qonunlar  va  me'yoriy  hujjatlarga  rioya  qilish,  hududning  kreditlarga  bo’lgan  ehtiyojini 
qondirish. Kreditlashning strategik yo’nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va 
tasdiqlanadi.  
Kredit  siyosati  kredit  berish  jarayoniga  jalb  etilgan  kredit  xodimining  lavozimi  va 
vakolatlariga  qarab  ularning  har  biri  uchun  kreditlash  to’g’risida  qaror  qabul  qilish  va 
kredit miqdorini cheklash tartibini belgilab beradi. Kreditlash uchun mas'ul bo’lgan barcha 
shaxslar  vakolatlari  kredit  siyosatida  qayd  etiladi.  Kredit  qo’mitasi  majlislari  va  uning 
bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham  kredit siyosatida belgilab 
qo’yilishi kerak.  
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va 
belgilashi  lozim.  Masalan,  kreditlash  sohalari  bo’yicha:  tijorat  faoliyati,  sanoat,  qishloq 
xo’jaligi,  kapital  qo’yilmalarni  moliyalash  va  boshqalar.  Kredit  turlari  bo’yicha:  "kredit 
liniyalarini ochib va ochmay" kreditlash, lombard va veksel kreditlari va boshqalar. Kredit 
siyosatida  maxsus  ssudalarni  berish  direktiv  tamoyillari  aniq  ifodalangan  holda  mazkur 
bank  uchun  mos  kelmaydi  yoki  maqbul  bo’lmaydi,  deb  hisoblanuvchi  kredit  turlari  va 
toifalari ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Kreditni  to’lash  muddati  uni  to’lashning  birlamchi  va  ikkilamchi  manbalarini 
sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan 
har  xil  toifa  va  turdagi  kreditlarni  to’lashning  ma'qul  dasturlaridan  iborat  bo’lishi  zarur. 
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat 
shuningdek  kreditning  asosiy  summasini  kredit  to’lash  muddatining  so’ngida  va  kredit 
to’lashning boshlang’ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish 
tartibini  ham  o’z  ichiga  olishi  kerak.  Kredit  siyosati  to’lovlarni  o’z  vaqtida  to’lanishini 
ta'minlash, mablag’larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo’yicha qarzdorlikni undirib 
olish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi lozim. 


280 
 
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida 
ham  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  moliyaviy  hisobotlariga  nisbatan  qo’yiladigan 
talablarni  o’z  ichiga  olishi  kerak.  Moliyaviy  hisobotlarni  auditorlik  tekshiruvlaridan 
o’tkazish,  naqd  pul  oqimi  va  boshqa  ma'lumotlar  bo’yicha  hisobotlarni  taqdim  etish 
yuzasidan  qo’yiladigan  talablar  aniq  ifodalanishi  zarur.  Shuni  ham  qayd  etib  o’tish 
lozimki,  banklar  talab  qiladigan  ma'lumotlar  Milliy  Buxgalterlik  Hisobi  Standartlariga 
(MBXS)  muvofiq  taqdim  etilishi  kerak.  Kredit  siyosatida  potensial  qarzdorlarning  kredit 
qobiliyatini  (likvidlik,  qoplanish,  muxtoriylik  koeffisientlari,  kapitallashtirish  darajasi, 
garov  ta'minoti  ekspertizasi  va  boshqalar)  aniqlash  uchun  ularning  moliyaviy  ahvolini 
tahlil  qilish  tadbirlari  batafsil  yoritilishi  lozim.  Bank  qarzdorlarning  kredit  qobiliyati 
mezonlari  va  ularni  baholash  metodikasini  aniq  belgilab  olishi  zarur.  Bundan  tashqari, 
kredit  siyosati  qarzdorlar  tomonidan  biznes  rejaga  buyurtmalar  portfelining  tuzilishi  va 
bank  kreditidan  foydalangan  holda  ko’rsatiladigan  xizmatlar,  ishlab  chiqariladigan 
tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo’yicha talabni o’z ichiga olishi kerak.  
Kredit  siyosati  muayyan  turdagi  qimmatliklar  (ko’chmas  mulk,  avtomobillar  va 
boshqalar) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o’z ichiga 
olishi  hamda  ta'minlangan  ssudalarning  har  bir  turi  uchun  kredit  hujjatlari  to’plamini 
rasmiylashtirish  tadbirlarini  belgilashi  lozim. Bank  kredit siyosatida garov kreditlashning 
uni  berish  vaqtidayok  kreditni  to’lash  manbasi  (naqd  pul  yoki  davlat  qisqa  muddatli 
obligatsiyalari  (xazina  veksellari)  bilan  ta'minlangan  kreditlar  bundan  mustasno) 
hisoblangan  yagona  asosi  bo’lmasligi  belgilab  qo’yilishi  zarur.  Kredit  siyosati  garovga 
olingan  mulk  turiga  qarab  garov  mavziga  nisbatan  qo’yiladigan  talablar  va  kreditning 
garov qiymatiga nisbatini o’z ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab 
baholanishi  va  uning  bozor  qiymati  uni  sotish  lozim  bo’lgan  paytda  yuzaga  kelishi 
mumkin  bo’lgan  zarar  o’rnini  qoplashi  lozimligi  aniq  yoritilishi  zarur.  Hujjatda  garov 
mavzui  mustaqil  baholovchi  va  ichki  bank  baholovchisi  tomonidan  baholanadigan  hollar 
ko’rsatib  o’tilishi  kerak.  Turli  garov  toifalarini  baholash  uslublari  batafsil  aks  ettirilishi 
lozim.  Siyosat  ko’chmas  mulk,  ishlab  chiqarish  jihozlari  va  iste'mol  kreditlarini 
moliyalash  uchun  beriladigan  kreditlarni  to’lash  hisobiga  qarzdor  tomonidan  bo’nak 
to’lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o’z ichiga olishi zarur. 
Kredit  siyosatida  kreditlarni  tasniflash  tizimi  aniq  ifodalanishi  lozim.  Kredit 
xodimlari  kredit  portfelidagi  barcha  ma'lum  bo’lgan  salbiy  o’zgarishlar  to’g’risida 
rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan 
aniqlash  ehtimoliy  yo’qotishlarni  kamaytirish  uchun  juda  muhimdir.  Kredit  siyosati 
kreditlarning  barcha  toifalari  bo’yicha  "to’lovsizlik"  tushunchasining  aniq  ifodalanishi, 
foizlarni  o’stirmaslik  mezonlari,  shuningdek  bank  Boshqaruvi  va  Kengashining  tegishli 
hisobotlariga  nisbatan  talablarni  o’z  ichiga  olishi  lozim.  Hisobotlarda  ahvolning 
yomonlashishi,  yashirin  zararlar  sabablari  va  sog’lomlashtirish  rejalari  batafsil  bayon 
etiladi. Kredit siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar 
ko’rilishini  talab  qilishi  kerak.  Rahbariyat  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan 
talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.  
Kredit siyosati turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini 
aniqlashda  foydalaniladigan  omillarni  o’z  ichiga  olishi  kerak.  Bunda  hech  bo’lmaganda 


281 
 
resurslar  qiymati,  kredit  bo’yicha  xizmat  ko’rsatishga  doir  kutilayotgan  xarajatlar, 
vositachilik  haki,  ma'muriy  sarflar,  ehtimoliy  yo’qotishlarga  qarshi  zahiralar  va  bank 
marjasi baholanishi zarur.  
Kredit  siyosati  bank  bilan  bog’liq  shaxslarga  beriladigan  kreditlar  bo’yicha 
Markaziy  bank  talablariga  muvofik  keluvchi  limitlarni  o’z  ichiga  olishi  lozim.  Kredit 
siyosatida bank bilan bog’lik shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning 
har  qanday  imkoniyatlarini  bartaraf  etish  maqsadida  bog’liq  shaxslarga  beriladigan 
kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qo’yilishi kerak. 
Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor 
shaxslarning  bunday  majburiyatlarni  chiqarishga  doir  vakolatlari  va  bunday  vositalar 
chiqarilishi  mumkin  bo’lgan  hollar,  shuningdek  ularga  doir  hujjatlar  va  hisobotlarga 
nisbatan qo’yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim. Balansdan tashkari majburiyatlarni 
berishda  moliyaviy  xisobotlar  (hujjatlar)ni  taqdim  etishga  oid  talablar  kreditning  istalgan 
boshqa  turlarini  berishda  foydalaniladigan  hujjatlar  va  hisobotlar  bilan  bir  xil  bo’lishi 
zarur.  Tijorat  akkreditivlari bo’yicha  to’lovlarni o’tkazish, to’lov va  yuk ortish  hujjatlari 
(yuk  xatlari),  sug’urta  polislari  hamda  xalqaro  andozalar  va  tadbirlarga  muvofiq  talab 
qilinadigan  boshqa  hujjatlarga  nisbatan  qo’yiladigan  qo’shimcha  talablar  qayd    etilishi 
kerak.  Siyosat  bank  kredit  portfelini  vaqti-vaqti  bilan  baholashga  javobgar  bo’lgan 
mansabdor  shaxslar  ro’yxatini  belgilashi  hamda  kredit  portfeli  sifatini  aniqlash  va 
tuzatishlar  minimal  yuzaga  keluvchi  yo’qotishlar  bilan  kiritilishi  uchun  muammoli 
kreditlarni  aniqlash  uchun  zarur  bo’lgan  ichki  bank  kredit  tahlili  maqsadlarini  belgilab 
qo’yishi  lozim.  Tahlil  maqsadlari  kredit  sifatini  aniqlash  bilan  bir  qatorda  kreditlash 
jarayonini  boshqarish  sifatini  baholash,  jumladan,  tasdiqlangan  kredit  siyosati 
muvofiqligini  ta'minlash  va  kredit  hujjatlarini  rasmiylashtirish  tadbiri,  moliyaviy  tahlil, 
garovni  rasmiylashtirish  va  baholash,  kreditlashga  doir  vakolatlarni  taqsimlash, 
qonunchilik me'yorlariga rioya qilish.  
Kredit  siyosati  bank  xizmatlari  va  bo’linmalari  tomonidan  Bank  Boshqaruvi  va 
Kengashiga  kreditlashning  turli  jihatlari  bo’yicha  topshiriladigan  hamda  kredit  portfeli 
sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma'lumotlarni o’z ichiga 
olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim. Hisobotlar filiallar va bank bo’yicha 
umuman kreditlash vositalari va yo’nalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun 
boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan hamda batafsil yoritilgan bo’lishi kerak. 
Tijorat  banklari  kredit  siyosatini  ishlab  chiqqanlaridan  keyin,  kredit  berish  uchun 
maxsus  hisob  raqamlar  bilan  ishlashi  kerak.  Ushbu  maxsus  ssuda  hisob  raqamlari 
O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  2004-yil  17-dekabrda  ro’yxatga 
olingan 1435-sonli ” Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi 
to’g’risidagi” nizomgaa asosan ochiladi va yuritiladi.  
Bank  tomonidan  berilgan  kredit  amaldagi  qiymatida  aks  ettiriladi  va  u  qarzdorga 
berilgan  pul  mablag’lari  summasini  ifodalaydi.  Bank  tomonidan  kredit  berilganda 
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: 
        Dt 11900-15500 (tegishli ssuda hisobvarag’i) 
        Kt  10301    -  "Markaziy  bankdagi  vakillik  hisobvarag’i  -  Nostro"  (agar  mablag’ 
oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko’rsatilsa), yoki  


282 
 
        Kt  –  mablag’  oluvchining  talab  qilib  olunguncha  depozit  hisobvarag’i  (agar 
mablag’ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko’rsatilsa) yoki 
        Kt - 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari" (kredit naqd pulda 
berilganda). 
Kreditlarning  qaytarilishi  qarz  oluvchining  asosiy,  shuningdek  ikkilamchi  talab  qilib 
olinguncha  depozit  hisobvaraqlaridan  quyidagi  buxgalteriya  o’tkazmasi  orqali      amalga 
oshiriladi:  
       Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i 
 
  Kt - Ssuda hisobvarag’i         
Agar  kredit    kafolat  beruvchi  (kafil)  tomonidan  qaytarilsa,  quyidagi  buxgalteriya 
o’tkazmasi amalga oshiriladi: 
Dt - Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i,  yoki           Dt 
10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i – Nostro (agar  oluvchiga boshqa tijorat 
banki xizmat ko’rsatsa)  
Kt - Ssuda hisobvarag’i 
 
Kreditlar  qarz  oluvchi  tomonidan  naqd  pulda  qaytarilganda  quyidagi  buxgalteriya 
o’tkazmasi amalga oshiriladi:            
Dt 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari"  
Kt - Ssuda hisobvarag’i. 
Agar  kreditga  foiz  o’stirmaslik  maqomi  berilmagan  bo’lsa,  unda  kreditlar  bo’yicha 
foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali aks ettiriladi:  
        Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i 
        Kt 16309 - "Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar" 
 
Foizlarni  o’stirmaslik  maqomi  berilgan  kreditlar  bo’yicha  foizlar    hisobi    Foizlarni  
o’stirmaslik    to’g’risida  Nizom  (ro’yxat  raqami  1304,  2004-yil  24-yanvar)ga  muvofiq 
amalga oshiriladi. 
   Agar  qarzdor  tomonidan  olingan  garov  bilan  ta'minlanmagan  kredit  qaytarilmasa  yoki 
to’liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga 
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali hisobdan chiqariladi: 
 
Dt - Kreditlar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar zaxirasi - Kreditning mos 
kategoriyasi (kontr-aktiv) 
 
Kt - Ssuda hisobvarag’i. 
 Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlangan kredit qaytarilmasa yoki 
to’liq  qaytarilmasa,  u  holda  bank  olingan  kreditni  garovga  qo’yilgan  mol-mulk  orqali 
undirish  huquqiga  ega.  Undirib  olish  bo’yicha  garovga  qo’yilgan  mol-mulk  kim  oshdi 
savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga qo’yilgan mol-mulkni 
sotishdan mablag’lar kelib tushganda:  
    Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro – debetlanadi       
  Kt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’i  kreditlanadi. 
Kreditlar  bo’yicha  asosiy  qarzni  va  mazkur  kredit  bo’yicha  hisoblangan,  lekin  hali 
olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi:  
a) Asosiy qarz qaytarilganda:  
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" 


283 
 
Kt - Ssuda hisobvarag’i. 
b) Asosiy qarz to’liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda: 
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" 
Kt 41400-44600 - Kreditlar bo’yicha foiz daromadlari. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish