Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


-mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   156
Bog'liq
bank ishi

8-mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari 
 


270 
 
Reja: 
1.  Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari.   
2.  Kredit mexanizmi va uning elementlari. 
3.  Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari. 
 
Jamiyat  taraqqiy  etib  evolutsion  yo’l  bilan  asrlar  davomida  bugungi  kundagi 
rivojlanish  bosqichiga  erishgan  bo’lsa,  bank-moliya  sohasining  rivojlanishida  ibtidoiy 
jamoa  davrida  chorvachilikning  dehqonchilikdan  ajralib  chiqishi,  shuningdek  ortiqcha 
iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi muhim turtki bo’lib xizmat qilgan. Bugungi kundagi  
jamiyatga xizmat qilayotgan iqtisodiyot asrlar davomida ishlov berilib, sayqallanib kelgan. 
Shunga  qaramasdan  iqtisodiyotning  asosiy  maqsadi  cheklangan  resurslar  bilan  cheksiz 
ehtiyojlarni qondirish masalasi murakkabligini yo’qotmagan.Yer yuzida integratsiyalashuv 
va  globallashuv  jarayonining  rivojlanishi  bilan  savdo  aloqalari  kengayib  ishlab 
chiqaruvchilar  qo’lida  ortiqcha  mablag’lar  paydo  bo’lgan.  Ortiqcha  mablag’lardan 
foydalanish  va  uning    qiymatini  saqlab  qolish  zarurati  yuzaga  kelgan.    Dastlab  Italiyada 
Jirobanklarning  paydo  bo’lishi  pul  ayriboshlash  operatsiyalarning  rivojlanishiga  sabab 
bo’lgan  bo’lsa,  keng  ma’noda  bank-moliya  sohasining  rivojlanishiga  asos  bo’lgan.  Shu 
tariqa  iqtisodiyotga  ssuda  tushunchalari  kirib  kelgan.  Ssuda  tushunchasi  kredit 
tushunchasidan  oldin  paydo  bo’lgan  bo’lib,  ko’rinish  jihatdan  tovar  va  pul  shaklida 
bo’lgan.  Kredit  tushunchasi  paydo  bo’lish  tarixiga  ko’ra  ssuda  tushunchasidan  “o’sib” 
chiqqan  bo’lib  bozor  iqtisodiyotiga  xos  tushunchadir.  Jamiyatda  tovar-pul 
munosabatlaridan keying vujudga kelgan muhim ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri 
kredit  munosabatlari  hisoblanadi.  Kredit  pul  kabi  iqtisodiy  kategoriya  bo’lib,  pul 
mablag’larining  samarali  ishlashiga,  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  va  jismoniy 
shaxslarning  ortiqcha  vaqt  va  pul  sarf  qilmasdan  qo’shimcha  pul  mablag’lariga  bo’lgan 
talabini  qondirishda  ayniqsa  muhimdir.    Iqtisodiy  adabiyotlarda  “kredit”  so’zi  lotincha 
“creditium”- ssuda, qarz so’zidan paydo bo’lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar 
“credo”,  ya’ni  “ishonaman”  degan  ma’noni  anglatishini  qayd  etishgan.  Albatta  kredit 
munosabatlarida  ishtirok  etayotgan  tomonlarning  bir  birlariga  bo’lgan  ishonchi  muhim 
omil  hisoblanadi.  Bu  yerda  kreditor,  kreditni  berishda  asosiy  masala  kredit  oluvchiga 
nisbatan  “ishonchi”  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Kredit  va  kredit  munosabatlarining 
vujudga  kelishida  ishonch  bilan  birgalikda  shunday  bir  kategoriya  mavjudki,  bu  kreditor 
va  qarz  oluvchi  o’rtasida  o’zaro  iqtisodiy  hamkorlikni  amalga  oshirishga  undaydi.  Buni 
kreditor  va  qarz  oluvchi  nuqtayi  nazardan  qaraydigan  bo’lsak,  kreditorning  ushbu 
munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy  manfaatdorlik, ya’ni kredit foizi 
hisoblanadi.  Qarz  oluvchi    uchun  esa  ishlab  chiqarish  jarayonining  uzluksizligini 
ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir. 
    Zamonaviy  iqtisodiyotda  kredit  muhim  moliyaviy  element  sifatida  mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning 
muhim 
omili 
hisoblanadi. 
Kredit 
va 
kredit 
munosabatlarining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishining  asosida  tovar  ishlab  chiqarish, 
chuqurroq ma’noda aytadigan bo’lsak, kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Kreditning 
mohiyatiga  bir  qator  olimlar  o’zlarining  turli  ta’riflarini  berishgan.  Jumladan,  V.  A 
Shegorsova: “Kredit – qaytarish va to’lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish 


271 
 
maqsadida  pul  mablag’i  yoki  moddiy  buyum  ko’rinishida  berish  jarayonida  vujudga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir”
66
.   
               Kreditning  iqtisodiy  mohiyatiga  berilgan  ta’riflardan  ko’rinib  turibdiki,  bu 
borada  olimlarning  fikrlari  har  xil  va  turli  yondashuv  asosida  yuzaga  kelgan.  Kreditning 
mohiyatini  to’liqroq  ochib  berishda  uning  subyektiv  va  obyektiv  mohiyatiga  alohida 
e’tibor berish lozim. Kreditning sub’yektiv mohiyati bir – biriga bog’liq bo’lgan “kreditor” 
va qarz oluvchining munosabatlari namoyon bo’ladi.  

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish