Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Joriy va muddatli  operatsiyalar



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Joriy va muddatli  operatsiyalar 
Xalqaro 
iqtisodiy, 
shuningdek 
valyuta-kredit 
va 
moliya, 
munosabatlari 
qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar.  Bu tijorat risklariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
1) 
shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi; 
2) 
importchining  tovar  qabul  qilishdan  bosh  tortishi,  ayniqsa  hisob-kitob  inkasso 
shaklida bo‘lganda; 
3) 
xujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi hatolar; 
4) 
valyuta mablag‘larini suiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni qalbakilashtirish; 
5) 
xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi; 
6) 
valyuta kurslarining nobarqarorligi; 
7) 
inflyasiya; 
8) 
foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi va boshqalar; 
70-yillardan  boshlab  valyuta  va  kredit  risklarining  oldini  olish  va  qoplash  uchun 
yangi usullardan foydalanila boshlandi. Ular qatoriga 
-  valyutaviy  opsion  (birinchi  marta  1973  yil  CHikago  birjasida  qo‘llanila 
boshlagan) 
-  banklararo “svop” operatsiyasi 
-  forvard valyuta operatsiyasi 
-  valyutaviy  fyuchers  (1973  yildan  boshlab  Nyu-York  valyuta  bozorida,  1972 
yildan boshlab CHikago valyuta bozorida va b.). 
YUqorida  sanab  o‘tilgan  operatsiyalarni  bir  so‘z  bilan  muddatli  valyuta 
operatsiyalari  deb  ham  nomlash  mumkin,  banklarda  esa    ular  asosan  konversion 
operatsiyalar nomi bilan ataladi. 


219 
 
O‘z navbatida, barcha valyuta qiymatliklari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar 
o‘z harakteri va namayon bo‘lish usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
1. 
Spot turidagi valyuta operatsiyalari; 
2. 
Muddatli valyuta operatsiyalari: 

  Forvard tipidagi valyuta operatsiyalari; 

 
valyuta opsionlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari; 

  valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 
3. 
Svop turidagi valyuta operatsiyalari. 
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar). 
SPOT operatsiyasi - bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki ish kuni davomida 
valyuta ayriboshlash bo‘yicha operatsiyadir. 
Spot  kurs  -  bu  spot  bitim  tuzilayotgan  vaqtda  bir  mamlakat  valyutasini  boshqa  bir 
mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs uning suzib yuruvchi yoki qat’iy belgilangan 
rejimda  ishlashdan  qat’iy  nazar  operatsiya  amalga  oshirilayotgan  vaqtda  milliy 
valyutaning chet ellardagi qadri qancha ekanligini o‘zida aks ettiradi. 
Asosan spot  bitimlarining  kursi  - bu telegraf  o‘tkazmasi  kursidir. spot-  kurs  ikki xil 
yo‘l bilan aniqlanadi: 

  valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali; 

  birjadan  tashqari  savdoda  dilerlarning  o‘zaro  telefon  orqali  savdosida 
aniqlanadi. 
Valyuta  kursi  sotib  olish  kursi  (xaridor  kursi)  va  sotish  kursi  (sotuvchi  kursi)ga 
bo‘linadi.  Valyuta  kotirovkasini  amalga  oshiruvchi  bank  valyuta  bitimini  har  doim  o‘zi 
uchun  foydali  kurs  bo‘yicha  amalga  oshiradi.  Banklar  xorijiy  valyutani  har  doim 
qimmatga  sotib  (sotish  bahosi),  arzonroqqa  sotib  olishga  (sotib  olish  bahosi)  harakat 
qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir. 
Sotish  va  sotib  olish  kurslari  orasidagi  farq  marja  deb  atalib,  bank  xarajatlarini 
qoplash  va  qisman  valyuta  riskini  sug‘urtalashga  yqnaltiriladi.  Agarda  bank  amalga 
oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga qoplasa, u 
marja  hisobiga  foyda  kqradi.  SHuning  asosida  banklar  valyuta  operatsiyalari  bo‘yicha 
mijozlarni ko‘proq jalb qilishdan manfaatdor. 
Spot  operatsiyalaridan  keladigan  foyda  marjaga  (albatta  komissiya  haqini  chegirib 
tashlasa) teng bo‘lishi ham mumkin. 
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda olishga 
imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan  mavjud valyuta operatsiyalari orasida risk darajasida 
eng  yuqori  bo‘lgan  valyuta  operatsiyasi  hisoblanadi.  Sababi  shuki,  spot  operatsiyalarini 
amalga  oshirish  vaqti  qisqa  bo‘lganligi  tufayli  odatda  u  sug‘urta  qilinmaydi.  SHuning 
uchun  banklar  payshanba  va  juma  kunlari  spot  operatsiyalarini  katta  hajmda  amalga 
oshirmaydilar, chunki bunda spot operatsiyasi muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga 
asosan,  banklar  uzun  va  qisqa  valyuta  pozitsiyalarini  ham  maksimal  darajada 
qasqartirishga harakat qiladilar. 
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb bo‘lmaydi. 


220 
 
CHunki  agarda  bank  misol  uchun  AQSH  dollariga  nisbatan  «qisqa»  pozitsiga  ega 
bo‘lsa va USD kursi tqsatdan kqtarilib ketsa, bank zarar kqrishi aniq. Kurs oshishi prognoz 
qilinayotgan vaqtda pozitsiyaning «uzun» bo‘lgani ma’qul. 
Agarda  valyuta  kursi  tushib  ketishi  (USD)  prognoz  qilinganda  «uzun»  pozitsiya 
ijobiy  natija  bermasligi  mumkin.  Albatta,  o‘z  mablag‘larini  garovga  tikkisi  kelmagan 
banklar  valyuta  pozitsiyalarini  «yopiq»  ushlashlari  mumkin,  lekin  bunda  ular  kurs 
o‘zgarishdan kelishi mumkin bo‘lgan foydadan ham mahrum bo‘ladilar. 
Ikkinchi    jahon    urushidan    keyin    valyuta    bozorlarida    amalga  oshiriladigan 
valyuta  operatsiyalarining  turlari  rivojlanib  ketdi.  Amalga  oshirilishiga  kqra  valyuta 
operatsiyalari naqd va muddatli bitimlarga bo‘linadi.  
Naqd 
valyuta 
operatsiyalari 
asosan 
«spot» 
shartlarida 
amalga 
oshiriladi. 
Buning 
mohiyati 
shundaki, 
valyuta 
sotish-sotib 
olish 
bitimi  tuzilgandan  keyin  tuzilayotgan  vaqtdagi  kurs  bo‘yicha  ikkinchi  ish  kunida  naqd 
valyuta  etkazib  beriladi.  Bu  operatsiyalar  eng  kengtarqalgan  bo‘lib,  butun  valyuta 
bitimlarining 90 foiziga yaqinini tashqil etadi. 
Spot  turidagi  valyuta  bitimlari  o‘zida  mablag‘ni  etkazib  berish  vaqti  bo‘yicha 
farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi. Bu operatsiyalar quyidagi jadvalda 
keltirilgan. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish