Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar 


133 
 
 Balans  aktivlari  tavakkalchilik  darajasi  bo‘yicha  0,  20,  50,  100  va  150  foizli  besh 
guruhga  bo‘linadi.  Har  xil  toifali  aktivlar  nisbiy  tavakkalchiligi  o‘z  zimmasiga 
majburiyatlarni qabul qilgan shaxs turi va garov yoki kafolat tavsifiga bog‘liq. Masalan, 
naqd  pul  0  foizli  tavakkalchilik  darajasiga  ega  bo‘lsa,  tijorat  kreditlari  100  foizli 
tavakkalchilik  toifasiga  kiradi.  Bu  tijorat  kreditlari  kapitalning  muayyan  summasi  bilan 
to‘liq ta’minlangan bo‘lishi kerakligini anglatadi.  
Tavakkalchilikni  hisobga  olgan  holdagi  aktivlar  summasi  har  bir  aktiv  balans 
summasini unga tegishli tavakkalchilik miqdoriga ko‘paytirish va tavakkalchilik bo‘yicha 
aniqlangan aktivlar yig‘indisi orqali topiladi.  
Tavakkalchilikdan  xolis  bo‘lgan  aktivlar  (tavakkalchilik  kozffitsienti  –  0  foiz) 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  
a) bankda va uning filiallarida nakd pul ko‘rinishida saqlanayotgan milliy va chet el 
valyutasi  (jumladan,  yo‘ldagi  naqd  pullar  va  bank  omborlarida  yoki  Markaziy  bank 
omborlarida saqlanayotgan oltin quymalar);  
b) Markaziy bankda vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi mablag‘lar;  
v)  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  va  Markaziy  bankiga  to‘g‘ridan–to‘g‘ri 
talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;  
g)  tavakkalchiligi  past  bo‘lgan  mamlakatlar  hukumatlari  va  Markaziy  banklari 
tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar,  shuningdek,  bu  mamlakatlar  hukumatlari  va 
Markaziy banklariga qo‘yiladigan boshqa talablar;  
d)  aktivlar  yoki  ularning  O‘zbekiston  Respublikasi  va  tavakkalchiligi  past  bo‘lgan 
mamlakatlar  milliy  valyutalariga  denominatsiya  qilinib,  naqd  pul  bilan  ta’minlangan 
hamda bankka alohida cheklab qo‘yilgan depozit hisob raqamda saqlanayotgan qismi;  
e)  nomoddiy  aktivlar,  shu  jumladan  gudvill,  shuningdek  14–bandda  keltirilgan 
birlashmagan korxonalar kapitaliga investitsiyalar.  
Minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik koeffitsienti – 20 foiz) 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  
a)  Tavakkalchiligi  past  bo‘lgan  mamlakatlar  banklariga  talablar,  shu  jumladan, 
qarzlar va pul bozori vositalari;  
b) tavakkalchiligi past bo‘lgan  mamlakatlarda ro‘yxatga  olingan banklar tomonidan 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan boshqa barcha aktivlar. Tavakkalchiligi 
past  bo‘lgan  mamlakatlarining  depozitar  institutlarining  kapitaliga  qilingan  qimmatli 
qog‘ozlar yuqori tavakkalchilik darajasiga (100 foiz) ega aktivlar qatoriga kiradi;  
v)  bankning  Jahon  banki,  Xalqaro  valyuta  fondi,  Evropa  tiklanish  va  taraqqiyot 
banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki  kabi  xalqaro  kredit  tashkilotlariga  nisbatan  talablari, 
shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;  
g) joriy bozor qiymatida baholangan va Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Evropa 
tiklanish  va  taraqqiyot  banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki  kabi  xalqaro  kredit  tashkilotlari 
tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  ta’minlangan  aktivlar  va 
ularning qismlari;  
d)  bankning  tavakkalchiligi  past  bo‘lgan  mamlakatlarga  kirmagan  mamlakatlarning 
milliy  valyutalariga  denominatsiya  qilingan  va  milliy  valyutadagi  majburiyatlar  bilan 
qoplangan,  ushbu  mamlakatlar  Markaziy  Hukumatlari  va  Markaziy  banklariga  nisbatan 


134 
 
talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish 
summasidan oshib ketgan aktivlar qismi tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan 
aktivlar qatoriga kiritiladi;  
e)  joriy  bozor  qiymatida  baholangan  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  yoki  tavakkalchiligi  past  mamlakatlar  bo‘lgan 
Markaziy  Hukumatlari  tomonidan  emissiya  qilingan  yoki  kafolatlangan  qimmatli 
qog‘ozlar  ko‘rinishidagi  garov  bilan  ta’minlangan  yoki  kafolatlangan  aktivlar,  ularning 
qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi 
va 
belgilangan 
tartibga 
muvofiq 
unga 
berilishi 
lozim. 
Kafolatlar  
to‘g‘ridan–to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni qo‘llashni cheklovchi biron–bir 
qo‘shimcha shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak;  
yo) o‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (yo‘ldagi naqd pullar hisobga kirmaydi).  
O‘rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik  
koeffitsienti  –  50  foiz)  o‘z  ichiga  jismoniy  shaxslarga  bir  oilaga  uy–joy  (xonadon) 
sotib  olish  yoki  qurish  uchun  berilgan  va  dastlabki  garov  (garov  predmetiga  egalik 
qilishning imtiyozli huquqi) sifatida sotib olinayottan yoki qurilayotgan uy–joy (xonadon) 
bilan ta’minlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 60 
foizdan oshmasligi kerak. “O‘stirmaslik” maqomi berilgan yoki restrukturizatsiya qilingan 
kreditlar  tavakkalchilik darajasi  yuqori  (100  foiz)  bo‘lgan  aktivlar  toifasiga  kiradi. Bank 
dastlabki garov huquqiga ega bo‘lmasa, bunday kreditlar tavakkalchiligi yuqori (100 foiz) 
bo‘lgan aktivlar hisoblanadi;  
Yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik  
koeffitsienti – 100 foiz) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  
a)  bank  tomonidan  berilgan  barcha  kreditlar,  jumladan,  tadbirkorlik  tuzilmalari, 
qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, iste’mol va 
ipoteka kreditlari, 18–20–bandlarida ko‘rsatilgan kreditlar bundan mustasno;  
b) bankning asosiy vositalari, inshootlari, jihozlari va shaxsiy ko‘chmas mulklari;  
v) boshqa barcha aktivlar.  
 Quyidagi aktivlarga o‘ta yuqori (150%) tavakkalchilik darajasi qo‘llaniladi:  
a)  sud  jarayonidagi  aktivlar  va  (yoki)  belgilangan  muddatlarda  undirilmagan 
aktivlarga;  
b)  bank  tomonidan  qarzdorning  qarzini  to‘liq  yoki  qisman  undirish  uchun  bank 
balansiga olingan ko‘chmas mulk;  
v) bank tomonidan ikki yildan ko‘p bo‘lgan muddatda foydalanilmayotgan ko‘chmas 
mulk;  
g)  qarzdorning  moliyaviy  ahvoli  og‘irlashganligi  sababli  shartlari  qayta  ko‘rib 
chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar.  

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish