Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


-jadval  Bank aktiv va passivlarining bir-biriga muvofiqligi



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Bog'liq
bank ishi

2-jadval 
Bank aktiv va passivlarining bir-biriga muvofiqligi.
46
 
№ 
Аktivlar 
Passivlar 

Daromad keltiruvchi qo’yilmalar  Majburiyatlar  

Berilgan kreditlar, jumladan: 
Omonatlar va depozitlar 

Yuridik shaxslarga: 
Jismoniy shaxslarga 
3.1 
LAMi (yuqori likvidli aktivlar) 
OBMi  (talab qilib olinguncha bo’lgan 
majburiyatlar) 
3.2 
LATi(Likvidli 
aktivlar–30 
kungacha bo’lgan) 
OBTi(30 
kungacha 
bo’lgan 
majburiyatlar) 
3.3 
Лi (Boshqa aktivlar) 
Oi (Boshqa majburiyatlar) 
 
Rossiya banklarida banklarning  resurslarini samarali boshqarish uchun Direktorlar 
kengashi  qoshida  “Bank  moliyaviy  resurslarini  boshqarish”  qo’mitasi  tashkil  qilingan. 
Ushbu  qo’mita  ichki  va  tashqi  boshqaruv  ma’luomotlarini  to’playdi,  moliyaviy  resursni 
boshqarish  bo’yicha  qaror  qabul  qilish  jarayon  bo’ladi,  keyin  ushbu  jarayon  bo’yicha 
moliyaviy resurslarni boshqarish siyosatiga asosan qaror qabul qilinib, resurslar maqsadli 
yo’naltiriladi.  Qo’mita  bankning  risk  darajasi  va  foydalilik  darajasiga  javobgar 
hisoblanadi. 
Qo’mita  quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:  Bank  passivlarini  boshqarish  bo’yicha 
metod  va  reglamentlarni  belgilash;  resurslani  jalb  qilish  va  joylashtirish  bo’yicha 
qarorlarni  qabul  qilish;  o’rnatilgan  strategik  rejaga  muvofiq  nazoratni  olib  borish; 
moliyaviy  risklarni  qayta  ishlash;  banknig  narx  siyosatini  ishlab  chiqish,  zararsizlik 
marjasi va rentabillik darajasini o’rnatish; bank ishi effektivliligini monitoringi va tahlilini 
                                                           
46
www.finance.ru
 ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 


210 
 
olib  borish;  bank  kapitalini  boshqarish;  risklar  boyicha  amaldagi  Rossiya  qonunchiligiva 
normativ huquqiy hujjatlarga amal qilinayotganlini nazorat qilish. 
Moliyaviy resurslarni boshqarish qo’mitasiga bozor risklarini boshqarish qo’mitasi, 
kredit  risklari  qo’mitasi  va  ga’znachilik  kiradi.  G’aznachilik  bank  lividliligini  amalga 
oshiradi.  Bozor  va  kredit  risklari  qo’mitasi  risklarni  boshqarish  bilan  shug’ullanadi. 
Moliyaviy resurslarni boshqarish qo’mitasi oyiga ikki marta yig’ilish olib boradi. Qo’mita 
tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar direktorlar kengashi tomoidan tasdiqlanadi. Qo’mita 
yig’ilishi  a’zoligiga  banking  resurslarni  jalb  qilish  va  joylashtirish  bo’yicha  hamda 
risklarni  boshqarish  bilan  bog’liq  bo’lgan  bo’limlar  boshliqlari  kirishi  mumkin.  Qo’mita 
quyidagi  hujjatlarga  ega  bo’lishi  kerak:  foiz  stavkalari  o’zgarishiga  sezgirlik  balansi 
haqida hisobot; foiz stavkalari o’zgarishiga sezgir aktiv va passivlarni qaytishi grafigi. 
Ushbu  grafik  xalqaro  amaliyotda  keng  qo’llaniladigan  GEP  tahili  asosida  olib 
boriladi. Shuningdek Rossiya banklarida banklarning foydalilik darjalarini belgilovchi bir 
necha ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
1.  Balans  kapitali  tengligi-  bu  bankning  xususiy  kapiatlini  tahlili  bo’lib,  quyidagicha 
aniqlanadi: Xususiy kapital=Aktivlar-to’langan jalb qilingan passivlar. 
2.  Buxgalteriya balansining dinamik tengligi-ushbu tahlil bankning foydalilik darjasini 
ko’rsatib beradi: Foyda=daromad-xarajat 
3.  Modifikatsiyalashgan 
balans 
tengligi
aylanma 
mablag’lar 
tahlili:       
Aktivlar=Passivlar 
4.  Asosiy  balans  tengligi-  bank  balansi  tahlili.  Aktivlar=Xususiy  Kapital+to’langan 
passivlar. 
Ushbu  tenglamada  bankka  tegishli  aktivlarning  o’zlashtirilishi  va  joylashtirilishi 
tamoyili yotibdi. 
Ushbu  tahlil  bankning  likvidlilik  va  foydalilik  darjasini  optimallashtirishga,  yoki, 
bank aktiv va pasiv operatsiyalarini diversifikatsiyalash bo’yicha menejmentni olib borish 
yoki  olib  bormaslikni  belgilab  beradi.  Ushbu  modelni  qo’llash  hech  qanday  zarar 
keltirmaydi  va  hech  qanday  kamchilikka  ega  emas,  aksincha  ko’rsatkichlar  bir-birini 
to’ldiradi. 
Bizga ma’lumki, tijorat banklari aktivlarini boshqarish bank uchun muhim ahamiyat 
kasb  etuvchi  chora  va  tadbirlardan  biri  hisoblanadi.  Umuman  olganda  bank  aktivlarini 
boshqarishning quyidagi usullari mavjud, bular; 
-  Fondlar manbalarini birlashtirish usuli 
-  Fondlar manbalarini bir-biridan ajratish usuli 
-  Qo‘shma usul 
Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  ko‘pgina  xorijiy  banklar  amaliyotida  aktivlarni 
boshqarishning quyidagi usullaridan keng miqyosda foydalanilmoqda. 
Bank  aktivlarini  boshqarishning umumiy  mablag‘lar  manbalari usuli bankning o‘z 
va  jalb  qilingan  mablag‘larini  birlashtirishni  nazarda  tutadi,  bunda  bankda  dastlab 
birlamchi va ikkilamchi zahiralar shakllantiriladi.  
Mazkur  usulni  qo‘llashning  keyingi  bosqichida  kredit  portfeli  shakllantiriladi. 
Banklar  amaliyotida  kredit  mablag‘lari  aktivlarning  yirik  ulushini  tashkil  etadi  va  bank 


211 
 
faoliyatida muhim o‘rin tutadi, chunki bankla daromadlarining asosiy qismini yuridik va 
jismoniy shaxslarga kreditlash xizmatlarini ko‘rsatishdan oladi. 
Ushbu  usul  jalb  qilingan  resurslarni  imkon  qadar  bankning  daromadli  aktiv 
amaliyotlariga  yo‘naltirishni  nazarda  tutadi.  Bunda  bankdan  likvidlik  va  foydalilik 
tamoyillariga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi, chunki resurslarni foyda olish uchun 
aktiv  amaliyotlarga,  xususan  ko‘p  miqdorda  yuqori  daromad  keltiruvchi  sohaga 
yo‘naltirish,  o‘z  navbatida  tavakkalchilik  darajasini  nazoratdan  chiqishiga  yoki  likvidlik  
tavakkalchiligini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. SHu sababli, mazkur usulni asosan 
resurslar ortiqchaligida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Aktivlarni  taqsimlash  usulini  qo‘llash  esa,  jalb  qilinayotgan  resurslarning 
manbalarini  tahliliga  asoslanadi.  Mazkur  usulda  resurlarning  manbalari  bo‘yicha 
taqsimlashda  resurslarning  aylanuvchanligi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  muayyan  cheklanishlar 
yuzaga keladi. 
YA’ni,  jalb  qilingan  qisqa  muddatli  resurslar  qisqa  muddatli  aktiv  amaliyotlarga, 
uzoq  muddatli  resurslar  esa  uzoq  muddatli  aktiv  amaliyotlarga  yo‘naltiriladi.  Mazkur 
usulning  afzalligi  shundaki,  bu  usulni  qo‘llash  jarayonida  resurslarni  toifalariga  qarab 
taqsimlash  orqali  likvid  aktivlar  (kassadagi  naqd  pullar)ning  jami  aktivlardagi  ulushini 
qisqartirish imkoniyati yuzaga keladi. 
Ushbu  ikkala  usulning  kamchiligi  shundaki, bu  holatlarda  mijozlarning  kreditlarga 
bo‘lgan  talabi  va  ehtiyoji  etarlicha  qondirilmaydi,  ya’ni  kreditlashda  mijozlarning 
kreditlarga  bo‘lgan  mavsumiy  talablari  to‘liq  e’tiborga  olinmaydi.  Mazkur 
muammolarning  echimidan  kelib  chiqqan  holda  xorij  tajribasida  aktivlarni  boshqarishda 
chiziqli  dasturlash  usulidan  foydalanish  ham  keng  tarqalgan  bo‘lib,  mazkur  usulning 
ahamiyati tobora ortib bormoqda.  
Bank  aktivlarini  boshqarishning  chiziqli  dasturlash  usuli  murakkab  hisob-kitoblar 
orqali  bir  nechta  muqobil  usullardan  maqbulini  tanlab  olishni  nazarda  tutadi.  Bu  usulda 
jalb qilinayotgan resurslarni qay tariqa yuqori daromad keltiruvchi va kam sarflarni talab 
qiladigan sohalarga joylashtirish vazifasi qo‘yiladi. 
Aktivlarni samarali boshkarish kuyidagilardan iborat: 
•  bank daromadi va xarajati urtasidagi marja kurinishidagi farkning usishi : 
•   daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga etarli darajada rioya kilish: 
•   bank  aktivlarda  %  stavkasi  uzgarishi  bilan  %  tavakkalchiligini  kamaytirish  maksadida 
e’tiborini karatish.  
•  Bank  aktivlarini  turli  aktivlarga  joylashtirish  yukori  likvidlik  darajasini  ushlab  turish  va 
malum  yukori  daromad  olish  extiyojini  belgilab  beruvchi  mavjud  konun  va  tartibga 
soluvchi  aktlardan  kelib  chikadi.  «Likvidlilik-  daromadlilik»  dillemasini  echishga 
urinishlar aktivlarni boshkarishda 3 usulni keltirib chikaradi. 
                    Tijorat bank aktivlarini boshqarish usullari: 
1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag‘lari usuli; 
2.Aktivlarnitaqsimlashmetodi; 
3.Ilmiy boshqarish metodi; 
Bankning  kassali  aktivlari  asosan  daromad  keltirmaydigan  aktivlar  hisoblanadi. 
SHuning  uchun  ularning  aktivlar  umumiy  hajmidagi  salmog‘ini  pasayishi  aktivlar 


212 
 
daromadliligini oshishiga, ular salmog‘ini oshishi esa aktivlar daromadliligini pasayishiga 
sabab bo‘ladi.  
Fikrimizcha,  banklarda  aktivlarni  boshqarish  bilan  bog‘liq  tavakkalchiliklarni 
imkon  darajada  pasaytirish,  aktivlar  samaradorligini  oshirishda  mazkur  usullarni  o‘zaro 
uyg‘un holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Xulosa  qilganimizda,  respublikamizda  bank  menejmentida  aktivlarni  samarali 
boshqarish  bu  boradagi  xalqaro  andozalar  talablarini  banklarning  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  joriy  etish,  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasida 
sinovdan o‘tgan usul va vositalarni chuqurroq tadqiq etishni taqozo etadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish