Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Daromadlar hisobiga investitsiyalar qoplanishi monitoringini olib borish. Loyiha samaradorligini baholash. Shartnomalarni yopish. Loyihadan chiqish



Download 0,85 Mb.
bet138/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

2. Daromadlar hisobiga investitsiyalar qoplanishi monitoringini olib borish. Loyiha samaradorligini baholash. Shartnomalarni yopish. Loyihadan chiqish.

Kapital qurilishda shartnomaviy narxlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 12 sentyabr 2003 yildagi №395 sonli «Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga asosan, O’zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyati barcha mulk shakllari uchun qabul qilinib keladi. Shartnomaviy narxlar - bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan, material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarini foydasini anglatadi. Buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarning kelishuviga asosan qurilishda qo’yidagi ikki narx turi qo’llanilishi mumkin:

- qat’iy va yakuniy shartnomaviy narx. Bunda qurilishning butun muddatiga qabul qilingan shartnomaviy baho o’zgarmaydi. Bunday baholar asosan muddati bir yildan oshmaydigan qurilish ob’ektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida prognoz o’zgartirishlar kiritishni inobatga oluvchi pudratchi tashkilotlarning riski ham hisobga olinadi;

- ochiq shartnomaviy narxlar. Bunday narxlar qurilish shartnomasi shartlari asosida qurilish materiallari, ish xaqi to’lovlari shartlari va boshqa xarajatlarning vujudga kelishi hisobiga aniqlashtiriladigan narxlarga aytiladi.

Qurilish mahsulotlarida shartnomaviy baholarning qo’llash butun qurilish ob’ektiga alohida ob’ektlarning shartnomaviy bahosi asosida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ayrim xollarda maxsus kapital qurilish ob’ektlarida shartnomaviy narxlar ish hajmiga mos xolda loqal smeta asosida xam shakllanishi mumkin.

Shartnomaviy narxlar qurilish buyurtmachisi va pudratchisining o’zaro kelishuvchi asosida belgilanadi.

Amaliyotda, ba’zi hollarda qurilishda narxlarni aniqlashda tarmoqdagi ishchilar o’rtacha oylik ish xaqi fondidan kelib chiqib aniqlanadi.

Loyiha tugallanishining ikkinchi bosqichi bo’lib kontraktni tugallanishi hisoblanadi. Kontrakt tugallanishining asosiy bosqichlari bo’lib:

-moliyaviy hisobot berilishini tekshirish;

-pasport joriy qilish;

-bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash;

-bajarilmagan ishlarni tugallanishi;

-kafolatli xizmat va oxirgi hisoblash;

Moliyaviy hisobot berilishini tekshirish buyurtmachi va pudratchining hisobotiga tegishli.

Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

-tugallangan ishlarning hajmini to’liq fakturaga yozilishini tekshirishni;

-mavjud hujjatlarni o’zgartirilishi bo’yicha tekshirish;

-buyurtmachi orqali ushlab qolinishlar summasi nazorati.

Pudratchining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

-etkazib beruvchi va subpudratchilarni soliq to’lovlarini tekshirish;

-etkazib beruvchining soliq to’lovlarini muddatini uzaytirilishini izlash;

-ushlab qolinishga muvofiq tasdiqlash.

Bunday tekshirishlar loyiha bo’yicha oxirgi moliyaviy hisobotlarni olish imqoniyatini beradi.

Pasport joriy qilish kontraktni tugallanishini asosiy elementlarni biri bo’lib hisoblanadi. Uni joriy qilishda bir nechta hujjatlarni joriy qilish kerak. Masalan, xom ashyo va materiallarini texnik sharoitini ifodalovchi hujjatlar.

Bajarilmagan majburiyatlar kontrakt tugallanish jarayonida to’liq bajarilishi shart. Ish olib boruvchi hamma savollarga muzokara orqali javob topishi kerak.

Tekshirish jarayonida quyidagilar o’rnatiladi:

- ortiqcha kuchayishni va yopilishni talab qilmaydi ishlar hajmini;

- kelishilgan ishlarni tugallanishini talab qiluvchi ish xajmlarini.

Xuddi shu vaqtni o’zida loyiha ish boshqaruvchisi buyurtmachidan ishga qabul qilinishigacha bo’lgan kamchiliklarni va uzilishlarni ro’yxatini so’raydi. Bu ro’yxat shartnoma majburiyatlari asosida amalga oshiriladi.

Bajarilmagan majburiyatlarni tugallash bosqichida brak va tartibsizliklarni tuzatilishi ustidan kuchlanish amalga oshiriladi. Bu kuchayishlar juda qimmat va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda loyiha rahbari buyurtmachi bilan muammolarni ayrim talablarga ko’ra unga yon bosish yoki jarima to’lash yo’li bilan hal etadi.

Shartnomada jarima ayrim majburiyatlarni bajarmaganda qo’llaniladi.

Agarda ish o’z vaqtida bajarilmasa, u holda shartnomaga o’zgartirish kiritilish xaqida savol qo’yiladi. Shartnoma shartlarini o’zgartirilishi xaqidagi muzokaralar shartnoma tugallanishidan oldin olib borilishi kerak. Barcha o’zgartirishlar shartnomada buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. U tomonidan tasdiqlanmagunicha hech bir ish bajarilmaydi. Shartnoma bo’yicha barcha qilinadigan ishlar haqida ma’lumotni loyiha rahbari ob’ektni qabul qiluvchi a’zolariga topshiradi.

Shartnoma tugallanishi hisoblashdagi yangilanish bilan birgalikda kuzatilish kerak, ya’ni oxirgi to’lovlarni to’lash.

Qurilishni boshlashdan oldin pudratchi kafolatlangan rezervni ko’rsatishi mumkin, ya’ni sifatliligini tasdiqlash maqsadida. Agarda ob’ektni ekspluatatsiyaga topshirilish jarayonida nuqson aniqlansa, u holda kafolatlangan rezervdan qilinadigan ishlarga to’lov amalga oshiriladi. Bu rezerv pudratchiga kamchilik topilmagandagina qaytarib beriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda qurilish ishlarini bajarilishini sifatsizligi rahbarning xatolari, sifat darajasiga (35-45% vaziyat), reja bu loyihada xatolarning natijasida, sifatsiz materiallar va konstruktsiyalar xisobiga yo’l qo’yiladi.

Bulardan tashqari, ekspluatatsiya jarayonida shartnomada kafolatlangan dalil bo’yicha defekt yoki oxiriga etmagan ishlar aniqlansa, buyurtmachi pudratchidan qirqish, ya’ni maoshidan ushlab qolish yoki pudratchi o’zining qamchiligini to’g’irlashi shart.

Loyiha tugallangandan so’ng, unga ketgan pul mablag’larini ortiqchaligini yoki iqtisod qilinganligi xaqida yakuniy hisobot tuziladi. Agarda qurilish jarayonida pudratchi ma’lum bir miqdorda iqtisod qilsa, u holda u taqdirlanadi.

Loyiha tugallanishida asosiy qism bo’lib, idora xodimlarining loyiha rahbari bahosi hisoblanadi.

Kafolatli xizmat ko’rsatish loyiha bo’yicha guruhiy holda emas, balki funktsional guruhlar, javobgar va kafolatli xizmat ko’rsatilgandan keyin shartnoma tugallanganda amalga oshiriladi.

Bu guruhga quyidagilar kiradi:

- texnik ma’lumot;

- jihoz;

- asbob-uskunalar;

- ekspluatatsiya bo’yicha rahbariyat;

- chizmalar;

- firma ta’minotchilarining har xil materiallari.

Kafolatli xizmat ko’rsatish sharoiti shartnomada kelishiladi. qurilgan ob’ekt o’rnatilgan shakllar asosida o’zlashtiriladi.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish