1-jadval Davlat byudjeti daromadlari tarkibida jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ining dinamikasi1
Ko‘rsatkichlar
|
2015-yil
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2019-yil
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
mlrd. so‘m
|
foiz
|
Davlat byudjetining jami soliqli
daromadlari
|
36184,9
|
100
|
40505,8
|
100
|
44469,6
|
100
|
62229,5
|
100,0
|
102627,6
|
100,0
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad
solig‘i
|
3648,8
|
10,1
|
4040,4
|
10,0
|
4476,1
|
10,1
|
5198,8
|
8,4
|
11367,4
|
11,1
|
Chunki ushbu soliq har bir soliq to‘lovchi subyekt hayotida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli respublikamiz hududlari bo‘yicha jismoniy shaxslarning daromad solig‘i tushumlari dinamikasini ko‘radigan bo‘lsak, unda muntazam o‘sish kuzatilganligini ko‘rishimiz mumkin, bu holat hududlar bo‘yicha nominal daromadlarning muntazam oshayotganligini ko‘rsatadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlarining yetakchi o‘rin egallashi bir qator omillarga bog‘liqdir:
birinchidan, bu soliq shaxsiy daromadlardan olinadigan soliq bo‘lib, mazkur iqtisodiy sharoitda olinishi mumkin bo‘lgan taxminiy, o‘rtacha daromaddan undiriladigan soliq emas (erga, mol-mulkka va shu kabilarga solinadigan soliqlar o‘rtacha daromad asosida belgilanadi);
ikkinchidan, daromad solig‘i soliqqa tortishning asosiy tamoyillarini maksimal darajada amalga oshirish imkonini beradi;
uchinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarning byudjet resurslarida daromad solig‘i ulushining ortishi, aholi daromadlarining, ya’ni soliqqa tortiladigan daromadning oshishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ayni damda respublikamizdagi ustuvor vazifalardan biri – bu aholi bandligini ta’minlash, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, mehnatga layoqatli aholining ilmiy salohiyatini yuksaltirish hisoblanmoqda. Iqtisodiyotda daromad shakllarining ko‘payib borishi va tadbirkorlik faliyatining takomillashuvi oqibatida ijtimoiy sohada ham keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur o‘zgarishlar esa ish haqi miqdori va aholining turmush darajasini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniyma’rifiy saviyasi, milliy xususiyatlari va, albatta, siyosiy hokimiyat bilan uzviyligini ta’minlab turadi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish o‘rinliki, so‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshirilganligi va natijada aholining o‘z ehtiyojlari doirasidagi xarid qilish qobiliyati barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |