Toshkent moliya instituti amanov a. M


-ilova NAMUNA “JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN DAROMAD SOLIG‘NI



Download 2,75 Mb.
bet17/25
Sana27.03.2022
Hajmi2,75 Mb.
#512560
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
2 5323626712309699883

5-ilova
NAMUNA
JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN DAROMAD SOLIG‘NI
HISOBLASH VA BYUDJETGA UNDIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH” MAVZUSIDA

KURS ISHI


REJA:
Kirish.

  1. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi.

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ni davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi roli.

  3. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibining tahlili.

  4. Hozirgi sharoitda jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibini takomillashtirish masalalari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.

KIRISH


Respublikamizda o‘tgan yillarda amalga oshirilgan barcha islohotlar xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Hozirgi sharoitda davlat byudjetini mablag‘lar bilan ta’minlashning eng muhim, samarali vositasi soliqlardir. Hozirgi kunda iqtisodiyotning samarali rivojlanishida jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning salmog‘ini oshirish uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga keng yo‘l ochib berilishi va boshqa daromad olish manbalarining ko‘payishiga imkoniyatlar yaratilmoqda. Zero, ushbu masalaga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev alohida to‘xtalib o‘tib, “Хalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur”1, deb ta’kidlab o‘tdilar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamizda fuqarolarning byudjet bilan munosabatlarini o‘rnatishda va fuqarolardan soliq undirishda, soliq to‘lovchi subyektlarning to‘g‘ri va aniq hisobining yuritilishi va hisobot ishlarining takomillashtirilishi soliq tushumlarining istiqbolini belgilovchi bosh omil bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, hozirgi kundagi qonunchilik jismoniy shaxslarning faqat soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan daromadlaridan to‘g‘ri va o‘z vaqtida ushlab qolinganligini nazorat qilish imkonini bermoqda. Biroq, jismoniy shaxslarning jami daromadlari hisobini yuritish zaruriyati, bugungi kunga kelib eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Soliq tushumlarining istiqboli soliq subyektlari va obyektlarini sifatli va to‘liq hisobga olinishi bilan chambarchas bog‘liqligini nazarda tutgan holda, respublikamizda ham soliq obyektlarini hisobga olishdagi muammolarni nazariy jihatdan o‘rganilib borilmoqda. Shunday qilib, jismoniy shaxslar daromadidan soliq undirilishining zarurligi ijtimoiy manfaatlar ustunligida namoyon bo‘lmoqda. Buning ma’nosi shuki, daromad solig‘ini qo‘llash aholining nominal pul va real daromadlari darajasini muayyan tarzda tartibga solish zarurligi bilan bog‘liqdir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i aholining pul daromadlari darajasiga ta’sir qiladi, shu bilan birga, davlat soliqni daromadlardan yanada maqsadga muvofiq foydalanish uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida ishga soladi. Daromad solig‘i tufayli daromadlarning, avvalo yuqori daromadlarning bir qismi aholining qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan toifalari foydasiga, umuman, yuqorida takidlanganidek, jamiyat manfaatlari yo‘lida qayta taqsimlash sodir bo‘ladi.
Daromadlardagi tengsizlik darajasi ma’lum darajada qisqaradi.
Soliq aholi va davlat o‘rtasidagi soliq munosabatlarining uyg‘unlashuvini ta’minlashi lozim. Davlat bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliqqa tortishning makroiqtisodiy vositasi orqali aholining daromadlarini qayta taqsimlashda tartibga soluvchilik va rag‘batlantiruvchilik vazifasini bajarar ekan, avvalambor, aholining daromadlarini turli manfaatlardan kelib chiqqan holda, oqilona tartibga solib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yuqorida zikr qilib o‘tganimizdek, shunday bir ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga egaki, boshqa soliqlarda bu holatni sezish mushkulroq. Chunki ushbu soliq har bir soliq to‘lovchining hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i byudjetning asosiy daromad manbalaridan biri sifatida obyektiv zarurat hisoblanadi. Ushbu soliqning, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarbligi va ahamiyati oshib boradi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar va ishbilarmonlarning aholi umumiy tarkibidagi salmog‘i hamda ularning daromadlari oshib borishi kuzatiladi.
Respublikamizda jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha muammolarning mavjudligi, ularni hal etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish