Bank - bu moliyaviy muassasa bolib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji mayjud bolgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, tolovlilik va ta’minlanganlik asosida kredit beradigan va ular uchun turli vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank - tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos turi bolib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ulami jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bogliqdir, degan fikr ilgari suriladi68.
Bankir ssuda kapitalistidan farqli olaroq, turli ko‘rinishdagi xizmatlami taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslaming mablaglari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi:
banklaming mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish lozim;
banklaming mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim;
banklaming mohiyatini ajralmas qismi sifatida ulaming tashkil topish asoslari, ya’ni tashkiliy-huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi;
banklaming mohiyati - bu o'ziga xos xususiyatga ega bolgan obyektning tarkibini anglatadi;
banklaming mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo lib, muammoni o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, banklaming vujudga kelishi va ulaming mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi haj mining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qayerda savdo va zargarlik ishlari rivojlangan bolsa, shuningdek, ishonch yuqori bolgan joylarda dastlabki banklar paydo bolgan.
Banklarning turlari
Kapitalistik tuzumning rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining rivojlanishiga, moliyaviy mablaglaming alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kojpchilik kapitalistik mamlakatlarda ayrim banklaming milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida banklaming mulkiy, huquqiy funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari boyicha tavsiflanishiga sabab boldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar boyicha tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |