Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet54/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bolgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko^tarish) va pul massasini cheklashni o‘z ichiga oladi. Shuni takidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab boladi.

Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bolgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni o‘sishini malum chegarasi o‘matiladi yoki butunlay “muzlatib” qoyiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga kol’a qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin infly atsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda infly at siyaga qarshi kurash olib borish tajribasida biz takidlab olgan ikki yo‘nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga otayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda:

  • milliy iqtisodiyotni soglomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;

  • raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalami joriy etish;

  • tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag^atlantirish;

  • soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e'tibomi soliqlaming ragfcatlantiruvchi funksiyasiga qaratish;

davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quwatlash;

  • mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit yer, ko‘chmas mulk, mehnat va qimmatli qog'ozlaming yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o‘zgartirib turish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlami eksport qilishni rag*batlan tirish;

  • erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

  • davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yollar bilan qisqartirish;

  • davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir.

  1. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul
    islohotlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


O'zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O‘zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSRda yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko‘p e’tibor berilganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo lib, tovarlami ishlab chiqarish uchun ko‘p xarajat qilinsada (xom-ashyolaming narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. J'arq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga otish natijasida (oziq-ovqat va yoqilgl resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.

Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldigldir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSRda, jumladan O‘zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiyasining asosiy sabablari:

  • iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz;

  • mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;

  • ishlab chiqarishda xarajatlar salmoglning oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisod prinsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.

Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga olmasdan turib baholaming erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bolimlarining yakka hukmronlik o'matishi, baholami xohlagancha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarining noto‘g‘ri olib borish, iqtisodning “dollarlashuvi”, “rubl zona”sining yemirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.

Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir koYsatadi. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:

  • ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholaming oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to‘g‘anoq boladi;

  • kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib otadi. Chunki ishlab chiqarishdan ко Ya, savdo sohasidagi kapital tezroq va ко‘proq foyda keltiradi;

  • baholaming o‘zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bolganda sotish, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;

  • kredit berish jarayonlari cheklangan boladi. Qarz oluvchilar ko^payadiyu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin;

  • davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.

Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli yomonlashadi. Ulaming real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o‘sishidan tushishi natijasida aholining turmush darajasi pasayadi.

Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilaming ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg‘armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi. Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va soliqlami indeksatsiya qilib boradi.

Bobga oid savoliar



  1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi nimada?

  2. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlarini aytib bering.

  3. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligini belgilovchi omillar nimalardan iborat?

  4. Pul islohotlarining muvaffaqiyatini ta’minlash shartlarini aytib bering.

  5. Pul islohotlarini amalga oshirish usullarini yoritib bering.

  6. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibini tushuntirib bering.

  7. Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibini tushuntirib bering.

  8. Devalvatsiya siyosatining mazmunini tushuntirib bering.

  9. Revalvatsiya siyosatining mazmunini tushuntirib bering.

  10. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.

  11. 0‘zbekistonda so‘m kupon oraliq valyutani qabul qilishning zarurligi nimalardan iborat edi?

  12. Deinflyatsion siyosat nima?

  13. Daromadlar siyosati nima?

  14. Iqtisodiy bozor munosabatlariga ©‘tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan qanday chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda?

  15. Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bobga oid testlar

  1. Pul islohotini o'tkazishning zarurligi nimada?

  1. Metal pulning iqtisodiyotda muomalada bolishini ta’minlash.

  2. Davlatning xalqaro munosabatlarini yaxshilash maqsadida.

  1. davlatning siyosiy mustaqillikka erishishi sababli.

  2. milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash.

  1. Pul islohotlarining qanday turlari maujud?

  1. Denominatsiya, devalvatsiya, revalvatsiya, nulifikatsiya.

  2. Bir metal puldan ikkinchi metal pulga ©‘tish, pul tizimining bir shaklidan ikkinchi shakliga otish, milliy valyutalami oltinga yoki kumushga almashtirishni joriy etish.

  1. Urushlar davrida muomalada katta miqdordagi qogbz pullar va banknotalami chiqarilishi natijasida otkaziladigan islohot.

  2. Dematerilizatsiya, demonetizatsiya.

  1. Denominatsiya bu...?

  1. Muomalaga yangi xorijiy valyutalami kiritish

  2. Milliy valyutaning qadrini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirish.

  1. Milliy valyutaning qadrini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirish.

  2. Eski pul birligini yangi pul birligiga malum nisbatda almashtirish.

  1. Emissiya qilish” va “muomalaga pul chiqarish” terminlari ma’nosi jihatidan bir-biridan farqi mavjudmi?

  1. Deyarli farq mavjud emas.

  2. Tubdan farq qiladi.

  1. Qisman farq qiladi.

  2. Qollanilishida farq mavjud.

  1. O'zbekiston Respublikasida milliy valyutani muomalaga kiritish nechta bosqichda amalga oshirilgan?

  1. Bir bosqichli.

  2. Ikki bosqichli.

  1. Uch bosqichli.

  2. To‘rt bosqichli.

  1. O'zbekiston Respublikasida milliy valyutani muomalaga kiritishning birinchi bosqichi qaysi sanadan boshlangan?

A. 1994 yil 1 iyuldan.

В. 1993 yil 15 iyuldan.

  1. 1993 yil 15 noyabrdan.

  2. 1994 yil 1 noyabrdan.

  1. O‘zbekiston Respublikasida milliy valyutani muomalaga kiritishning ikkinchi bosqichi qaysi sanadan boshlangan?

  1. 1994 yil 1 iyuldan.

  2. 1993 yil 15 iyuldan.

  1. 1993 yil 15 noyabrdan.

  2. 1994 yil 1 noyabrdan.

  1. O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi 1 so‘m necha so‘m kupon nisbati bilan muomalaga kiritilgan?

  1. 1 so‘m kupon.

  2. 100 so*m kupon.

  1. 1000 so‘m kupon.

  2. 10000 so‘m kupon.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominallardagi so'mliklar muomalaga kiritilgan?

  1. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m.

  2. 1, 5, 10, 25, 50, 100 so*m.

  1. 1, 3, 10, 25, 50, 100 so‘m.

  2. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200 so*m.

  1. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 yil 1 iyulda qanday nominallardagi tiyin metall tangalar muomalaga kiritilgan?

  1. 1,3, 5, 10, 20, 50, 100 tiyin.

  2. 1,5, 10, 20, 50 tiyin.

  1. 1,3, 10, 20, 50, 100 tiyin.

  2. 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin.

  1. O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblami yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 200 so‘mlik pullar muomalaga kiritilgan?

  1. 1996 yildan.

  2. 1997 yildan.

  1. 1998 yildan.

  2. 1999 yildan.

  1. 0‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblami yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 500 so'mlik pullar muomalaga kiritilgan?

  1. 1996 yildan.

  2. 1997 yildan.

  1. 1998 yildan.

  2. 1999 yildan.

  1. 0‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblami yengillashtirish maqsadida qaysi yildan 1000 so‘mlik pullar muomalaga kiritilgan?

  1. 1999 yildan.

  2. 2000 yildan.

  1. 2001 yildan.

  2. 2002 yildan.

  1. Deinflyatsion siyosat o‘z ichiga qanday tadbirlami qamrab oladi?

  1. Davlat xarajatlarini oshirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini kamaytirish, soliq yukini kamaytirish (soliqlar soni va ulami foiz stavkalarini kamaytirish) va pul massasini oshirish.

  2. Davlat daromadlarini qisqartirish, depozitlar bo^icha foiz stavkalarini oshirish, to'g'ri soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ulami foiz stavkalarini ko4arish) va М2 agregatini cheklash.

D. Davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko^arish) va pul massasini cheklash.

E. Davlat daromadlarini oshirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini kamaytirish, soliq yukini kamaytirish (soliqlar soni va ulami foiz stavkalarini kamaytirish) va MO agregatini oshirish.

  1. Qanday turdagi siyosatni olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga ЬоЧдап narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ulami o‘sishini malum chegarasi o‘matiladi yoki butunlay «muzlatib» qo'yiladi?

  1. Deinflyatsion siyosat.

  2. Daromadlar siyosati.

  1. Pul-kredit siyosati.

  2. Fiskal siyosat.

  1. BOB. KREDITNING ZARURLIGI,
    FUNKSIYALARI, SHAKLLARI VA TURLARI


  1. Kreditning zarurligi va mohiyati

Jamiyatda tovar-pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan bin kredit munosabatlari hisoblanadi.

Kredit bu kreditor va kredit oluvchi oltasida tuzilgan ssuda bitimiga asosan, kreditor tomonidan kredit oluvchilarga pul yoki tovar shaklidagi moddiy ne’matlami malum bir muddatga uning qiymatini qaytarib berishi va foydalangan davri uchun qo‘shimcha tolov (foiz) tolanishini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlardir. Demak, bu sharoitda kredit munosabatlarining subyektlari bolib kreditor va kredit oluvchilar hisoblansa, uning obyekti bolib tuzilgan bitimga binoan malum muddatga foydalangani uchun berilgan pul yoki tovar shaklidagi moddiy buyumliklar hisoblanadi. Kreditning maqsadi bolib foiz ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olish hisoblanadi.

Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya bolib, pul mablaglarining samarali ishlashiga, xoj’alik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf qilmasdan qo‘shimcha pul mablaglariga bolgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda kredit munosabatlarining yuzaga kelishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar aks ettirilgan.


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish