Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet51/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

Uchinchi sababi - mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlaming eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalaming chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlami, balki ichki ehtiyojlami qondirishga ham xizmat qilmay qo^yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati tobora salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.

Yuqorida talddlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat bizning davrimizgagina xos bolgan holat bolmasdan, ushbu holatlar turlicha korinishda uzoq tarixda ham mavjud bolgan.

  1. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan salbiy holatlami keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislaming fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12-14 foizdan ortgandan so‘ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilami talddlash maqsadga muvofiq.

  1. Aholi va korxonalaming nominal daromadlari hajmi ortib borsada real daromadlari pasayadi, Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ulaming yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xom-ashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ulaming moliyaviy holati yomonlashadi.

  1. Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o‘rtasida qayta taqsimlanadi, Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko‘ra “Barcha tovarlarning bahosi surunkali o'sib borishi, boshqacha so‘z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‘shimcha ishlab chiqarish hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi”42.

  2. Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o‘z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho buyumlami, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalami sotib olishga bo'lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi.

  3. Uzoq muddatli investitsiydlarga yo'naltiriladigan mablaglar kamayib boradi va oxir oqibat to'xtaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida olinadigan daromadlar o‘z qadrini yo‘qotgan pullarda olinadi.

  4. Aholming barcha shakldagi pul jamg'armalarining (omonat, naqd pul, obligatsiya, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. Shuningdek, korxonalaming jamg<armalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati inflyatsiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy vositalami yangilash hamda rekonstruksiya qilishga imkoniyat qolmaydi.

  5. Omonatlar bo'yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal ko^rinishda o‘sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablaglaming bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi.

  6. Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga ЬоЧдап manfaatdorlik yo'qoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi tushib ketadi. Ishchilaming mehnatini ragfaatlantirish pasayadi.

  7. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari markazlashadi. Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada xorijiy valyutalaming ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi.

  8. Iqtisodiy ma’lumot laming haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga shubha tug‘iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan makroiqtisodiy siyosati va pul- kredit tizimiga ishonchi pasayadi.

  1. Inflyatsiyaga qarshi siyosat

Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilaming fikricha, uning ikkita yoli mavjudligi e’tirof etiladi:

  • umumiy talabni tartibga solish;

  • umumiy taklifni tartibga solish.

Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash keynschilik yo(nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifining oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini takidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlaming miqdorini ko‘paytirishdir. Ular o‘z navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning o‘sishiga olib keladi, taklifning o'sishi esa baholaming pasayishiga, baholaming pasayishi inflyatsiyani oldini olish va giperinflyatsiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi.

Inflyatsiyaga qarshi kurashning monetaristik yo‘nalishi vakillarining diqqat markazida asosiy masala yalpi taklifni tartibga solishga qaratiladi.

Monitaristlaming fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishiga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, malum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha - inflyatsiya - bu bevosita pul bilan bogliq bolgan holat bolib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo‘shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yoli bilan bartaraf etish lozimligini takidlaydi.

Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ulaming fikricha, buning natijasida, iste’molga bolgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xojalik subyektlari bankrot boladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular o‘z

navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga olib keladi.

Ko‘pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va monetaristik yoYialishning u yoki bu jihatlarini hamoxang ravishda amaliyotga joriy etadi.

Bobga oid savollar



l.Inflyatsiyaning iqtisodiy ma’nosi va vujudga kelish sabablari sanab bering.

  1. Inflyatsiyaning qanday turlari mavjud?

  2. Talab va taklif inflyatsiyasi nima?

  3. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?

  4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy omillarini ayting.

  5. Inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bogliqlik mavjudmi?

  6. Inflyatsiyaning baholami oshishi bilan qanday bogliqlik mavjud? Baholaming oshishi doimo ham inflyatsiya mayjudligidan dalolat beradimi?

  7. Inflyatsiya jarayoni milliy iqtisodiyotga qanday ta’sir koYsatadi?

  8. Yuqori inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish jarayonida qanday holat vujudga keladi?

  9. Inflyatsiyaga qarshi qanday siyosat olib boriladi?

Bobga oid testlar

  1. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omil qanday javobda note ‘g‘ri keltirilgan?

  1. Pulning sotib olish qobiliyati pasayadi.

  2. Pul o‘zining qadrini yo‘qotadi.

  1. Muomalada tovar va xizmatlar bahosi pasayadi.

  2. Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat buziladi.

  1. Inflyatsiya tushunchasi iqtisodiy oborotga qaehon kirib kelgan?

A. 1861 yilda.

В. 1863 yilda.

  1. 1864 yilda.

  2. 1866 yilda.

  1. Inflyatsiya bilan bog‘liq muammolar qachon vujudga kelgan?

  1. Muomalada oltin tangalar amal qilgan davrda.

  2. Muomalaga kumush tangalar kiritilganda.

  1. Qog‘oz pullar tolov vosita sifatida amal qila boshlagandan.

  2. Oltin va kumush tangalar hajmi kamaytirilganda.

  1. Iqtisodiyotda inflyatsiya sharoitida qanday holat yuz bermaydi?

  1. Tovarlar va xizmatlar taqchilligi kuzatiladi.

  2. Aholining xorijiy valyutalami jamg'arishga bolgan iqtisodiy manfaatdorligi ortib boradi.

  1. Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi barqarorlashadi.

  2. Mablaglami ko‘chmas mulklarga joylashtirish jarayoni kuchayadi.

  1. Quyidagilardan qaysi biri infly atsiyaning shakliga kirmaydi?

  1. Sudraluvchan inflyatsiya.

  2. Shiddatli inflyatsiya.

  1. Monopol inflyatsiya.

  2. Giperinflyatsiya.

  1. Giperinflyatsiya sharoitida pul muomalasi qanday holatda bo‘ladi?

  1. Pul muomalasi barqarorlashadi.

  2. Pul muomalasi izdan chiqadi.

  1. Pul muomalasini tartibga solish mumkin boladi.

  2. Pul muomalasida o‘zgarish bolmaydi.

  1. Inflyatsiyani keltirib chiqaradigan omillar qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?

  1. Muomalada oshiqcha pul massasining vujudga kelishi.

  2. Milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi.

  1. Tovar massasiga nisbatan pul massasining kamayishi.

  2. Mamlakatning nomutanosib tolov balansi.

  1. Inflyatsiyaga qarshi qanday siyosat mavjud?

  1. Umumiy talabni tartibga solish siyosati.

  2. Muomaladagi pullaming hajmini oshirish siyosati.

  1. Markaziy bank tijorat banklariga kreditlami berish siyosati.

  2. Majburiy zaxira siyosati stavkasini pasaytirish siyosati.

  1. Sudraluvchi infly atsiy aning yillik darajasi necha foizni tashkil etadi.

  1. 6-8 foiz.

  2. 20-50 foiz.

  1. 10-15 foiz.

  2. 0-2 foiz.

  1. Yevrohudud uchun EMB tomonidan belgilangan inflyatsiya darajasining yillik normasini ko‘rsating.

  1. Yillik 2 foiz.

  2. Yilik 5 foiz.

  1. Yillik 6 foiz.

  2. Yilik 4 foiz.

  1. XVF ekspertlarining fikriga ko‘ra inflyatsiyaning oylik darajasi necha foizdan oshishi giperinflyatsiya deb hisoblanadi.

  1. 50 foiz.

  2. 100 foiz.

  1. 75 foiz.

  2. 70 foiz.

  1. ХТТВ ekspertlarining fikriga ko‘ra inflyatsiyaning oylik darajasi necha foizdan oshishi giperinflyatsiya deb hisoblanadi.

  1. 50 foiz.

  2. 100 foiz.

  1. 75 foiz.

  2. 70 foiz.

  1. BOB. PUL ISLOHOTLARI

  1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarur ligi va
    shart-sharoitlari



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish