KASBIY TA’LIM METODIKASI
132
17-MAVZU: O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMIDA TA’LIM
SIFATI MONITORINGINI TASHKILLASHTIRISH
Reja:
1.
Kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoring va modeli
2.
Ta’lim sifati pedagogik monitoring texnologiyasi
3.
Ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish shart-sharoitlari
O‘zbekistonda
kasb-hunarga tayyorlash jarayonida ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy ijodiy
shaxsni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilyapti. Zero, kadrlar tayyorlash
Milliy dasturida ham shaxsning ustivorligi e’tirof etilgan. SHaxs – kadrlar
tayyorlash Milliy modelining asosiy komponenti, ta’limning ob’ekti va sub’ekti,
ta’lim xizmatlarining istemolchisi va ishlab chiqaruvchisi. O‘zbekiston
Respublikasining ta’lim siyosatida ma’lum darajasi «mutaxassis» tushunchasiga
yaqinlashtirilgan ishchini YAngi «generatsiya» ni shakllantirishning mustahkam
asoslari qo‘yildi. Bu bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega, ijtimoiy
jarayonlara faol ta’sir ko‘rsatishga qodir, mamlakat va oila taqdiri uchun
mas’uliyatni his qiluvchi yuqori malakali mutahasislarni davlat miqyosida qayta
tayyorlash dasturlashtirilmoqda.
Ta’lim sifati haqidagi masala har doim dolzarb bo‘lgan va bu tushuncha uzoq
o‘tmishdan beri amaliy hamda ilmiy bilimlarda mavjuddir. An’anaviy kasbiy ta’lim
pedagogikasida ta’lim sifatiga qo‘yilgan talablar, mutahasisning kasbiy qiyofasi,
bilimi, mahorat darajasi va uning muayyan aniq sohadagi mehnat faoliyati sifatida
umumiy mulohazalar ko‘rinishida e’tirof etilgan. Kasbiy – malaka nuqtai nazaridan
u mutahasislar tayyorlashnatijasi Bilan tenglashtirilgan, ya’ni attestatsiyalash
mezoni sifatida razryad, toifa, klass kabilar Bilan belgilangan (masalan, 3-razryadli
ishchi, 1-toifali mutahassis va shu kabilar).
Ko‘pchilik ilmiy-uslubiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, ta’lims sifatini
ta’minlash muammosi bevosita uning monitoringini ishlab chiqish va amalga
oshirish bilan bog‘liq. Ko‘p sonli ilmiy manbalarning tahlili asosida shu narsa
aniqlandiki, ilmiy-pedagogik adabiyotlarda shu paytgacha «monitoring»
tushunchasini aniqlash va ta’lim sohasida uni qo‘llash chegarasi bo‘yicha umumiy
to‘xtamga kelinmagan.
«Monitoring» tushunchasi lotincha «monitor»dan kelib chiqqan bo‘lib, eslab
turuvchi, kuzatilib boriluvchi, xatolarni oldini oluvchi ma’nosini anglatadi.
«Monitoring» tushunchasi pedagogikada XVII asr XIX asrning boshlaridan boshlab
Do'stlaringiz bilan baham: