D. Ta’lim muassasa nufuzining ortishi. Bu ko‘rsatgich quyidagi mezonlarga
binoan o‘rnatiladi:
- ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning ta’lim muassasasiga kelishi yoki
ketib qolishi; ushbu ta’lim muassasasini o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan tan
olinganligi; ijtimoiy muhitda ta’lim muassasasining statusi (tuman, shahar, viloyat,
respublika miqyosida tutgan o‘rni).
Demak, monitoring ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil vazifasi
hisoblanadi, chunki monitoring o‘lchashlar natijalari kelgusidagi boshqaruv
qarorlarini qabul qilinishiga asos bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda monitoring ta’lim
jarayonining barcha vazifalari va bosqichlari bilan oraliq aloqadadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |