Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti


Yog‘  kislotalarining  izomerizatsiyasi



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

Yog‘  kislotalarining  izomerizatsiyasi.  Yog‘larni  gidrogenlash  jarayonida 
yog‘ kislotalarining izomerizatsiyasi sodir bo‘ladi.  
Olein  kislotasi  yoki  uning  efirlarini  gidrogenlash,  ularning  yod  soni  ma’lum 
kattalikka  kamayganda  to‘xtatilsa,  olingan  mahsulot  tarkibida  stearin  kislotasi  bilan 
birgalikda  olein  kislotasining  yuqori  haroratda  (40-44
0
C  da)  eriydigan  qattiq 
izomerlari  ham  hosil  bo‘ladi.  Bunday  kislotalar  oddiy  qilib  aytganda  izokislotalar 
deyiladi.  Izoolein  kislotalar  gidrogenlangan  yog‘larning  erish  haroratini  ko‘taradi. 
Shu narsa qiziqarliki, olein kislotasi efirlari gidrogenlanayotganda izoolein kislotalari 
hosil  bo‘lishi  tezligi  stearin  kislotasi  hosil  bo‘lishiga  nisbatan  –  bir  necha  marta 
ko‘pdir. 


 
59 
Olein kislotadan hosil bo‘ladigan izoolein kislotalar elaidin kislotasi va olein 
kislotasining  qo‘shbog‘lari  siljigan  holatdagi  transizomerlarining  aralashmasi 
ko‘rinishida  bo‘ladi.  Gidrogenlash  to‘laroq  olib  borilganda,  izoolein  kislotalari 
tarkibida  olein  kislotasining  molekulalarining  metil  gruppasiga  siljigan  qo‘shbog‘li 
trans- izomerlari ko‘payadi.  Izoolein  kislotalar  linol  kislotasi gidrogenlanganda ham 
ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Bu holda ham, hosil bo‘ladigan izoolein kislotalar olein 
kislotasining  trans-izomerlaridir.  Izoolein  kislotalarining  hosil  bo‘lishi  birlamchi 
kislotaning  qo‘shbog‘iga  vodorodning  ta’siri  natijasidir.  Agar  yog‘lar  vodorodsiz-
lantirilgan katalizator ishtirokida va azot oqimida qizdirilsa, izoolein kislotalari hosil 
bo‘lmaydi. 
Tovar  holatidagi salomasda izoolein  kislotalarining  miqdori  ba’zan 40% dan 
ham  ortadi.  Bu  miqdor  birlamchi  yog‘  tarkibiga,  uning  vodorod  bilan  to‘yinish 
darajasiga  va  gidrogenlash  jarayoni  olib  borilgan  shart-sharoitlarga  bog‘liqdir. 
Tarkibida  linol  kislotasi  ko‘p  bo‘lgan  yog‘lardan  olingan  salomasda  izoolein 
kislotalari  yuqori  miqdorda  bo‘lishi  mumkin.  Gidrogenlashni  yuqori  haroratda  olib 
borish ham, izoolein kislotalarning ko‘proq hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Katalizator 
tarkibi  va  aktivligi  ham  salomasdagi  izoolein  kislotalari  miqdoriga  katta  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Ishlatilgan  katalizatorda  olingan  salomasda  yangi  tayyorlangan 
katalizatordagiga  qaraganda,  izoolein  kislotalar  kamroq  bo‘ladi.  Paladiyli 
katalizatorlarda  nikelli  katalizatorlarga  nisbatan  ko‘proq  izoolein  kislotalar  hosil 
bo‘ladi. 
Salomas  tarkibidagi  izoolein  kislotalari  miqdoriga  ayniqsa,  katalizator  sirtini 
vodorod  bilan  qay  darajada  ta’minlash  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ta’minlash  qanchalik 
yaxshi  olib  borilsa,  izoolein  kislotalari  miqdori  miqdori  shunchalik  kam  bo‘ladi. 
Izokislotalarni hosil bo‘lishi yarim gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo‘lishi bilan 
izohlanadi. Linol kislotani selektiv gidrogenlashda, avvalo tutash qo‘shbog‘li dienlar 
hosil bo‘ladi so‘ngra olein kislotani pozitsion izomerlariga aylanadi.  
Etilen  bog‘iga  ikkita  vodorod  atomining  bog‘lanishi  bosqichma-bosqich 
boradi. Oldin katalizator bilan yarim gidrogenlangan mahsulot hosil bo‘ladi. 
Yarim  gidrogenlangan  mahsulot  juda  beqaror  modda  bo‘lib,  yana  bir  atom 
vodorod  biriktirib  olib  to‘yingan  birikmaga  aylanish  yoki  bir  atom  vodorodni 
chiqarib  yuborib  to‘yinmagan  izomerga  aylanishi  mumkin.  Bu  quyidagi  reaksiyada 
ko‘rinib turibdi.         
                                                
1              2              3            4 
                                 -H       - CH
2
 – CH = CH – CH
2
 
-CH
2
 – CH
2
 –CH – CH
2
                   
1            2              3            4
     
yarim gidrogenlangan mahsulot
 +H      - CH
2
 – CH
2
 – CH
2
 – CH
2
-      
    Izokislotalar erish harorati bilan salomas qattiqligini oshiradi. Masalan.                                                                            
                                                                                        T
er
 
0

9-10 sis Olein kislota                                                 16 
          trans (elaidin)                                                   44 
11-12 sis                                                                     13 
           trans                                                                 39 
 
 


 
60 
Izomerizatsiya  tezligi  katalizator  tabiatiga  harorat  va  vodorod  bosimiga 
bog‘liq.  Nikel  va  mis-nikel  katalizatorlar  past  izomerlanish  qobiliyatiga  ega  bo‘lsa, 
palladiy  katalizatori  yuqori  izomerlash  qobiliyatiga  ega.  Aktiv  katalizator 
izomerlanish tezligiga qaraganda gidrogenlash tezligini oshiradi. Shuning uchun aktiv 
katalizatorlarda  yumshoq  konsistensiyali  salomaslar  olinadi.  Yuqori  qattiqlikga  ega 
bo‘lgan salomaslar olish uchun ishlatilgan katalizatorlar qo‘llaniladi. 
 
 
 
Takrorlash uchun savollar 
1.  Moylarni gidrogenlash jarayoni mohiyati. 
2.  Moylarni gidrogenlash jarayonidagi kimyoviy o‘zgarishlar. 
3.  Gidrogenlash jarayonida selektivlik. 
4.  Yog‘ kislotalarining izomerizatsiyasi. 
5.  Sis, trans olein kislotalar. 
6. Moylarni gidrgenlash zaruriyati 
7. Gidrogenlash jarayoni – bu nima? 
8. Gidrogenlash jarayoni mahsuloti 
9. Gidrogenlash jarayonining tezligi 
10. Izomerizatsiya tezligi nimalarga bog‘liq? 
 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar 
1.  Gidrogenlash 
2.  Salomas 
3.  Selektivlik 
4.  Izomerizatsiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
61 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish