Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti


TINDIRISh, SENTRAFUGALASh, FILTRLASh



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

TINDIRISh, SENTRAFUGALASh, FILTRLASh, 
 
Tindirish.  Tindirish  suyuq  muhitda  zarrachalarning  og‘irlik  kuchi  ta’sirida 
tabiiy cho‘kish jarayonidir. 
Shartli  ravishda  sharsimon  zarrachalarning  cho‘kish  tezligi  Stoks  formulasi 
bilan aniqlanadi: 
 

=d
2
 g (p
1
-ρ)
/
18 

  
 
bu yerda:  

- cho‘kish tezligi, m/c; 
                        d - zarracha diametri, m; 
                        g - og‘irlik kuchning tezlanishi (9,81 m/c
2
);  
                         p
1
 - qattiq zarrachalar zichligi kg/m
3

                         ρ -  yog‘ zichligi, kg/m
3

                         μ - yog‘ning dinamik qovushqoqligi Pa∙c. 
CHo‘kish  tezligini  oshirish  uchun  cho‘kish  jarayonini  yuqori  haroratda  olib 
borish  kerak.  Cho‘ktirish  jarayoni  yog‘ning  birlamchi  tozalashda  muallaq  va 
koagulyasiyalangan  moddalarni  cho‘ktirishda  foydalaniladi.  Tindirish  jarayonini 
tezlishtirish  uchun  uzluksiz  ishlovchi  tindirgichg‘ajratgich  uskunasida  zarrachalar 
yupqa qatlamda cho‘ktiriladi. 
Uzluksiz ishlovchi tarelkali tindirgich-ajratgichning tuzilishi va ishlash prinsipi 
quyidagicha: 
Vertikal  holatdagi  silindrik  ko‘rinishdagi  qopqoqli  va  tag  qismi  konussimon 
uskuna  bo‘lib,  uning  ichki  bo‘shlig‘ida  bir  necha  konussimon  tarelkalar  joylashgan, 
ular tindirgich-ajratgichning ichki qismini bir necha (a va b) kameralarga bo‘ladi. Har 
bir kamera  tepa  va  past qismidan  tarelka 1  bilan  chegaralangan  va  alohida  mustaqil 
tindirgich-ajratgich  sifatida  ishlaydi.  Tarelkalar  soni  uskunaning  ishlab  chiqarish 
quvvatiga  bog‘liq.  Tarelkalar  samarali  ishlashi  uchun  ular  35-40

  burchak  ostida 
joylashtirilgan.  Tarelkalarda    yog‘  qatlami  balandligi  30-50mm  ga  teng  bo‘ladi. 
Suspenziya uzluksiz ravishda o‘rtada joylashgan (4) quvur, (3) tirqish orqali kamera 
b  ga  beriladi.  Yog‘  tindirish  kamera  b  da  xarakatlanib,  yuqoridagi  tarelkaning  chet 
qismini egib a kameragao‘tadi. Og‘ir fazaning harakatlanishi tezligi pastligi sababli, 
(1)  tarelkaning  yuza  qismiga  yig‘iladi  va  sirg‘alib  tushib  tindirgichning  pastki 
qismiga  yig‘iladi.  Tindirilgan  yog‘  kameraning  yuqori  tarelkasi  past  qismida 
joylashgan (2) teshik orqali har bir kamera uchun alohida bo‘lgan uzatish (6) trubasi 
orqali chiqariladi. 
Hamma  uzatish  trubalari  umumiy  kollektorga  birlashtirilgan.  Har  bir  uzatish 
truba kameradan oqib chiqayotgan yog‘ni kuzatish uchun ko‘rish oynasi o‘rnatilgan. 
Tindirish 
jarayoni 
moylarni 
birlamchi 
tozalashda 
mualloq 
va 
koagulyasiyalangan moddalardan cho‘ktirishda foydalaniladi. 
Davriy  rafinayiyada  tindirish  yeromchi  operatsiya  sifatida  foydalanalidi. 
Tindirish  jarayonni  tezlashtirish  uchun  uzluksiz  ishlovchi  tindirgich-ajratgich 
uskunasida bo‘lakchalar yupqa qatlamda cho‘ktiriladi. 
 
 


 
11 
Biron bir kameradan loyqa yog‘ chiqishi kuzatilsa, shu zahoti to‘xtatiladi yoki 
chiqayotgan  yog‘  miqdori  o‘zgartiladi.  Demak,  kamerada  harakatlanish  tezligi 
o‘zgartiriladi.  Cho‘kma  davriy  yoki  uzluksiz  ravishda  uskunaning  past  qismida 
joylashgan patrubok orqali tozalanadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish