Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti


Tuproqning o'z-o'zini tozalash va zararsizlantirish hususiyati



Download 4,82 Mb.
bet38/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Tuproqning o'z-o'zini tozalash va zararsizlantirish hususiyati
Biosferaning eng muhim qismi bo'lgan tuproq qoplami o'zini o'zi boshqaradigan biologik tizimga ega. Tuproq, ayniqsa uning yuqori qatlamlari doimo inson salomatligi uchun xavfli bo’lib, doimiy ravishda har xil chiqindilar bilan ifloslanadi agar u o’z-o’zini tozalash qobiliyatiga ega bo'lmasa Yer yuzida hayot yashash uchun imkonsiz bo'lib qoladi.
Tuproqqa tushgan kanalizatsiya tarkibidagi organik birikmalar va patogen mikroorganizmlardan tuproqni tabiiy tozalanishi jarayoni o'z-o'zini tozalash deb ataladi. Tuproqni o'z-o'zini tozalash uning bakteriyalar, viruslar va gelmint tuxumlarini qisman ushlab qolishdan boshlanadi va tuproq qatlamlaridan o'tayotganda asta-sekin ularning kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, tuproqning mexanik, fizik-kimyoviy, biologik va biokimyoviy singdirish qobiliyatidan foydalangan holda murakkab jarayonlar ta'siri ostida kanalizatsiya suvlari asta-sekin rangsizlanib, yomon hidini yo'qotadi.
Tuproq epidemiologik xavfli organik moddalarni mineralizatsiya, nitrifikatsiya va gumifikatsiya jarayonlari orqali noorganik minerallar, gumus, gaz va suvga aylantiradi.
Tuproqdagi organik moddalarning parchalanishi va minerallanishi aerob va anaerob sharoitida sodir bo'ladi.
Aerob jarayonlar kislorod ishtirokida aerob mikroorganizmlar orqali ro'y beradi, bu holda organik moddalar yomon zararli gazlar hosil bo'lmasdan parchalanadi va oksidlanadi.
Anaerob jarayonlar esa anaerob muhitda chirituvchi bakteriyalar ishtirokida ammiak va vodorod sulfid ajralib chiqishi bilan birga kechadi.
Gigiyenik nuqtai nazardan, aerob jarayonda organik moddalarning parchalanishi muhimdir.
Tuproqning o'z-o'zini tozalash qobiliyati cheksiz emas va u faqat kislorod etarli bo’lgan sharoitda amalga oshiriladi. Insonning iqtisodiy faoliyati natijasida juda katta miqdordagi kimyoviy moddalar tuproqqa to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita kiradi, bu uning kimyoviy tarkibini sezilarli darajada o'zgartiradi. Tuproqning ifloslanish darajasi rangli metallurgiya korxonalari (fondan 450 baravar yuqori), asbobsozlik (300 barobar) va qora metallurgiya (250 baravar) va mashinasozlik va kimyo korxonalari sohalarida eng ko’p miqdorni tashkil etadi.
Avtomobil yo'llari muayyan ekologik xavf tug'diradi. Qo'shma Shtatlarda magistral yo'l bo'ylab 50 metr kenglikdagi maydonni o'rganish shuni ko'rsatdiki, tuproq qo'rg'oshin, rux, nikel va kadmiy bilan ifloslanganligi sababli yomg'ir chuvalchanglari shu hududda ko’paytirilgan va ushbu chuvalchanglarni iste'mol qiladigan qushlar og'ir metallardan zaharlanib nobud bo’lishgan.
Tuproqqa kiradigan barcha kimyoviy moddalarni 2 guruhga bo'lish mumkin:
a) tuproqqa tizimli, maqsadga muvofiq, uyushgan holda kiritilgan kimyoviy moddalar: mineral o'g'itlar, pestitsidlar, tuproq strukturasini hosil qiluvchi moddalar, o'sishni stimulyatorlari;
b) texnogen suyuqlik, qattiq va gazsimon chiqindilar bilan tasodifan tuproqqa tushadigan kimyoviy moddalar.
Geografik jihatdan, bu sanoatning o'ziga xos turlari bilan bog'liq. Bunday hududlar inson biologik sikliga kiritilgan ba'zi bir kimyoviy moddalardan ortiqcha azoblanadi.
Tuproqni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini baholashning asosiy mezonlari tuproqdagi kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiyasi (REMK) yoki ruxsat etilgan taxminiy kontsentratsiyasi (RETK) hisoblanadi. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanish xavfi darajasini baholash har bir modda bo'yicha amalga oshiriladi.
Ekzogen kimyoviy moddalar tuproqda to'planganda deyarli butun tuproq biotsenozini egallaydi va o'z-o'zini tozalash jarayonlariga salbiy ta’sir etadi.
Tuproqning kompensator kuchi juda oz miqdordagi tuproq ifloslanishi uchun yetarli. Tuproq ifloslanishini keskin ortishi o'z-o'zini tozalashning buzilishiga va tuproq biotsenozining keskin o'zgarishiga olib keladi.
Tuproqning sanitar holati bir qator ko'rsatkichlar bilan baholanadi, ulardan biri sanitariya raqami yoki - Xlebnikov soni tuproqdagi gumus azotining umumiy organik azotga nisbatini ifodalovchi raqam. Toza tuproqda u 0,98-1,0 bo’lib, juda ifloslangan tuproqda esa 0,7 va undan kam ko’rsatkichni tashkil etadi.
Tuproqning mikroorganizmlar bilan ifloslanishini baholash uchun maxsus bakteriologik ko'rsatkichlar qo'llaniladi (koli-titr, anaeroblarning titri va boshqalar).

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish