Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti



Download 4,82 Mb.
bet109/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Tayanch iboralar:
tovar etiketkasi; organoleptik va laboratoriya uslublari; taomlar tayyorlash uchun man etilgan mahsulotlar; xujjatlari boʼlmagan mahsulot; hujjati mavjud, lekin qabul qilinishi mumkin boʼlmagan mahsulotlar; mahsulotlarni saqlash sharoitiga qoʼyiladigan talablar; tashkil qilinishi mumkin boʼlgan sovutish xonalari; maqbul saqlash sharoiti; birlashtirilishi; kichik ovqatlanish korxonalari.


Nazorat savollari:
1. Ovqatlanish korxonalarida qaysi hujjati boʼlmagan mahsulotlar qabul qilinmasligi kerak?
2. Oziq-ovqat xom ashyolarini va yarim tayyor mahsulotlarining qabul qilishda sifatini baholashda qaysi usullardan foydalaniladi?
3. Qaysi mahsulotlardan umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlar tayyorlash man etilgan?
4. Sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi xujjati boʼlmagan qaysi mahsulotlar qabul qilinmaydi?
5. Umumiy ovqatlanish korxonalarida xujjatlari boʼlishiga qaramasdan qabul qilish uchun qaysi mahsulotlar man qilingan?
6. Ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat xom ashyolari va mahsulotlarini saqlash sharoitiga qanday talablar qoʼyiladi?
7. Katta ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan ovqatlanish korxonalarida tez buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun qaysi sovutish kameralari tashkil qilinadi?
8. Sovutish kameralarida va quruq mahsulotlarni saqlash xonalarida qanday saqlash sharoitlari yaratiladi?
9. Oʼrtacha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʼlgan ovqatlanish mahsulotlarini saqlashda qaysi sovutish kameralari va xonalari birlashtirilishi mumkin?


Mavzu: Oziq- ovqat maxsulotlarini tashish, qabul qilish va saqlashga doir gigienik talablar

Bozor iqtisodiyoti davrida tashkil qilingan ovqatlanish korxonalarining aksariyati shaxsiy mulk shakliga qarashli boʼlib, kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega va asosan xom ashyoda ishlaydi. Ularning aksariyatida oziq-ovqat xom ashyolarini va mahsulotlarini uzoq muddat davomida saqlashga moʼljallangan moddiy texnikaviy baza mavjud emas. Shu sababli ham ular oziq-ovqat xom ashyolarini har 2-3 kunda bozordan yoki ularni yetishtiradigan xoʼjaliklardan xarid qiladi. Lekin avvaldan faoliyat yuritib kelayotgan ovqatlanish korxonalarining koʼpchiligi nisbatan katta ishlab chiqarish quvvatiga va oziq-ovqat xom ashyo va mahslotlarini uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatiga ega. Bugungi kunda korxonaning katta-kichikligidan va qaysi mulk shakliga taalluqli boʼlishidan qatʼiy nazar, oziq-ovqat xom ashyo va mahsulotlarini xarid qilingan joydan sifatini pasaytirmasdan tashib keltirish katta ahamiyatga ega. Uning uchun tashish vaqtida sanitariya va gigiena talablariga qatʼiy rioya qilinishi kerak. Mahsulotlarni tashish uchun idishlarga joylashtirish va mahsulot solingan idishlarni transportga yuklash va tashish davrida amaldagi sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, ayniqsa meva va sabzavotlarga shikast yetkazilishi hamda quyosh nuri va harorati taʼsirida ularning oʼta tez buzilishi. Chang zarrachalari va boshqa iflosliklar bilan ifloslanishi mumkin. Issiq iqlim sharoitida mahsulotlarning buzilishi oʼta tezlashadi.


Sanitariya va gigiena qoidalari oziq-ovqat xom ashyolarini va mahsulotlarini tashkib keltirishda ularning har bir turi uchun maxsus idishlardan va transport vositalaridan foydalanishni talab qiladi. Koʼp miqdorlarda non, suv va bakaleya mahsulotlarini tashib keltirish usti yopiq va ichki tomonidan maxsus metall (rux bilan qoplangan alyuminiy, temir yoki tunuka) bilan qoplangan transportlardan foydalanishni talab qiladi. Usti ochiq transport vositalaridan foydalanilganda xom ashyo va mahsulotlarga quyosh nuri tegmasligi va havodagi ifloslarning oʼtirib qolmasligi uchun ustidan toza materiallar bilan yopilishi kerak. Oʼta tez buziladigan mahsulotlarni tashib keltirishda, ayniqsa uzoq joylardan, maxsus refrejeratorlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday mahsulotlarni tashib keltirishga ham qator sanitariya va gigiena talablari qoʼyiladi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish