Nazorat savollari:
1. Mehnat muhofazasiga doir meʼyoriy hujjatlar?
2. Korxonaning mikroiqlimi sharoiti deganda nimani tushunasiz?
3. Metrologik sharoit va unga qoʼyiladigan talablar?
Mavzu: Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash qoidalari
Oʼnib-oʼsish va faoliyat koʼrsatish uchun zarur boʼlgan barcha oziqaviy va biologik faol moddalarni organizm isteʼmol qiladigan taomlar hisobidan oladi. Taomlar tayyorlashda oziq-ovqat xom ashyolariga va mahsulotlariga turli xil texnologik ishlovlar beriladi.
Taomlar tayyorlashda xomashyo va maxsulotlarga texnologik ishlov berish turlari
Birlamchi ishlov berish
Issiqlik taʼsirida ishlov berish
Muzidan tushirish, quruq maxsulotlarni boʼktirish
Qaynatish
Yuvish va poʼchogʼidan tozalash
Qovurish
Toblab pishirish
Texnologiya talablariga koʼra turli shakllar berish
Chizma-1. Taomlar tayyorlashda xom ashyo va mahsulotlarga texnologik ishlov berish turlari.
Аmalda taomlar har xil kimyoviy tarkibga ega boʼlgan bir necha mahsulotlardan tayyorlanadi. Uning natijasida odam organizmi talablariga mos kimyoviy tarkibga va organoleptik koʼrsatkichlarga ega boʼlgan taomlar ishlab chiqiladi. Shu boisdan ham turli xil mahslotlarni qoʼshib taomlar tayyorlash katta ahamiyatga ega.
Oziq ovqat xomashyolarini texnologik ishlov berishning axamiyati
Fiziologik axamiyati
Gigienik axamiyati
Chizma 1. Xom ashyo va mahsulotlarga texnologik ishlov berishning ahamiyati.
Maʼlumki, qishloq xoʼjalik oʼsimlik mahulotlarining hosili yigʼishtirilib olingandan va mollar soʼyilgandan keyin ularning kimyoviy tarkibini maksimal saqlab qolishga imkon beradigan maqbul sharoitlarda maʼlum bir muddatlar davomida saqlanadi. Oziq-ovqat xom ashyolari va mahsulotlarini saqlash yil davomida ular bilan isteʼmolchilarni taʼminlashga imkon beradi.
Oziq-ovqat xom ashyolaridan va mahsulotlaridan taomlar tayyorlashda ular tarkibidagi odam organizmi hazm qilaolmaydigan va oziqa qiymatlari past boʼlgan qismlari (suyak, donak, poʼchoq, qobiq, urugʼi) olinib tashlanadi. Bu ishlov berish natijasida olingan yarim tayyor mahsulotlar va ulardan tayyorlangan taomlar kimyoviy tarkibining yaxshilanishiga, oziqa va biologik qiymatlarining oshishiga olib keladi. Yuqorida taʼkidlanganidek, taomlar maʼlum bir retsepturalar boʼyicha tayorlanadi va bitta taomni tayyorlash uchun eng kamida ikki va undan koʼp mahsulot turlaridan foydalaniladi. Bu esa taomning kimyoviy tarkibini va energetik qiymatini odam organizmining oziqaviy moddalarga va vitaminlarga boʼlgan talablariga maksimal moslashtirishga imkon beradi, chunki taomning kimyoviy tarkibi va energetik qiymati organizm talabiga qancha yaqin boʼlsa,taomning tarkibi qisman organizm tomonidan shuncha toʼliq oʼzlashtiriladi.
Taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga har xil oʼlchamli turli shakllar (tayyorlash texnologiyasi talablariga koʼra) beriladi. Bundan tashqari issiqlik taʼsirida ishlov berilganda xom ashyolarga va xom mahsulotlarga xos boʼlmagan va faqat isteʼmol qilish uchun tayyor mahsulotlarga xom xushboʼy hid, nozik taʼm va nafis ranglar hosil boʼladi. Tayyor taomning yoqimli hidi, taʼmi va nafis tashqi koʼrinishi taom hazm qilish organlari bezlari soʼlaklarining koʼp miqdorda ajralib chiqishiga sabab boʼladi. Maʼlumki, soʼlaklar qancha koʼp ajralib chiqsa, isteʼmol qilingan taom shuncha tez hazm boʼladi va uning tarkibiy qismi organizm tomonidan maksimal oʼzlashtiriladi. Bundan tashqari issiqlik bilan ishlov berish natijasida oʼsimlik mahsulotlari yumshab, shirador boʼlib qoladi. Taomlar tayyorlashda oziq-ovqat xom ashyolariga va mahsulotlariga texnologik ishlov berishning fiziologik ahamiyati yuqorida koʼrsatilganlardan iborat.
Oziq-ovqat mahsulotlariga texnologik ishlov berishning gigienik ahamiyati shundaki, don mahsulotlaridan taomlar tayyorlashda isteʼmolchi va hayotiga zarar keltiruvchi begona aralashmalardan (tosh, qum, tuproq, temir zarrachalari, xos, choʼp) tozalanadi. Bundan tashqari meva sabzavotlar tuproq qoldiqlaridan va uning tarkibidagi omillardan, qurt va lichinkalardan tozalanadi. Issiqlik taʼsirida ishlov berish esa yarim tayyor mahsulotlarga atrof-muhitdan tushgan mikroorganizmlarni butunlay oʼldiradi. Bundan tashqari sporali mikroorganizmlar ham butunlay nobud boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |