3 Oddiy efirlarni olinishi, fizik va kimyoviy xossalari:
Umumiy usullardan biri alkogolatlarga galogen alkillar ta'sir ettirib olishdir :
R - ONa + RI -> R - O - R + NaI
Ikkinchi umumiy usul spirtlarga konsentrlangan sulfat kislota suv tortib oluvchi katalizator ta'sir ettirib oddiy efirlar olinadi :
R - OH - HOSO3H - H -> R - OSO3H + H2O alkilsulfat kislota.
R - OSO3H + R - OH -> R - O - R + HOSO3H
Fizik xossalari. Dimetil va etilmetil efirlar gaz, o'rta vakillari suyuqlik, yuqori molekulalari qattiq moddalardir.
Oddiy efirlarning qaynash temperaturasi va zichligi tegishli spirtlarnikidan doimo past bo'ladi.
Efirlar. Qayn.t, °C Spirtlar Qayn. t, °C
(CH3)2O - 24 CH3OH + 65
(C2H5)2O + 35.6 C2H5OH + 78
(C3H7)2O + 90 C3H7OH + 97
Efirlardan qaynash tempuraturasi past bo'lishining asosiy sabablari, birinchidan efir molekulalari vodorod bog'lanishga ega emas, ikkinchidan molekulalar o'zaro assotsilanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |