Nomenklaturasi va izomeiyasi. Sistematik (IYUPAK) nomenklaturasi bo'yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to'yilgan uglerodorod deb qaralib uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R-O-alkoksi gruppa) nomi qo'shiladi.
Masalan:
CH3-O-C3H5 metoksietan.
C2H5-O-C4H9 etoksibutan.
CH3-O-C8H17 metoksioktan.
C2H5-O-C2H5 etoksietan.
Oddiy efirlar izomeriya faqatgina radikallar hisobiga bo'ladi.
Masalan:
C2H5-O-CH2-CH2-CH3 etilpropil efir
C2H5-O-CH-CH3 etilizopropil efir
|
CH3
Efirlarda radikal izomeriyadan tashqari yangi - metamer izomeriyasi ham bo'ladi. Bu holda umumiy formula bir xil, ammo tuzilish formulalari har xildir.
Masalan:
|-> CH3 - CH2 - CH2 - CH2OH butil spirt.
C4H10O ->|-> CH3 - O - C3H7 metilpropil efir.
|-> C2H5 - O - C2H5 dietil efir.
Do'stlaringiz bilan baham: |