Тошкент кимё – технология институти


Rezina buyum ishlab chiqarishning umumiy sxemasi



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/88
Sana12.02.2022
Hajmi2,79 Mb.
#444814
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Bog'liq
plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi

Rezina buyum ishlab chiqarishning umumiy sxemasi 


96 
Eng asosiy farq qiluvchi rezinadan buyum ishlab chiqarishda mexanik va 
kimyoviy jarayonlarni o‘zida mujassam qilganligidir. 
Oldin kauchuklarni maxsus mexanik ishlov-plastikatsiya ta’sirida qayta 
ishlashda unga kerak bo‘lgan texnologik xossalarni berishdir. 
Oldindan belgilangan komleks xossaga ega bo‘lgan rezina olish uchun avvalo, 
kauchuk va aniq tarkibga ega bo‘lgan ingriedentlar bilan qorishma tayyorlanadi. 
Qorishdan maqsad, ingredientlarni bir tekisda polimer ichida taqsimlanishini 
ta’minlashdir. Kauchuklar choklanishdan oldin qovushqoq oquvchan xolatda bo‘lib, 
plastik xossaga, ya’ni mexanik qaytmas deformatsiyaga ega bo‘ladi. Ingredientlar 
kauchuk massasida surilish deformatsiyasi (sdvigovaya deformatsiya) ta’sirida bir 
tekisda taqsimlanadi. Bu jarayon maxsus mashinalarda amalga oshiriladi. 
Kauchuklarni ingredientlar bilan aralashtirishda komponentlar aralashishi bilan bir 
qatorda bir qancha murakkab fizik-kimyoviy va kimyoviy hodisalar sodir bo‘ladi. 
Bular: polimer-strukturaviy o‘zgarishlar (mexanik kuchlanish ta’sirida), rezina 
komponentlari orasidagi o‘zaro ta’sir va boshqa hodisalardir. Bu sodir bo‘layotgan 
hodisalar xarakteri qayta ishlash sharoitiga bog'liqdir. 
Rezina qorishmasi asosiy yarim fabrikat hisoblanadi va undan rezina buyumlari 
tayyorlanadi. Rezina qorishmasi, kauchuklar singari, plastik xususiyatga egadirlar. 
SHuning uchun aniq bir sharoitda bo‘lar har xil usullar orqali shakllanishi mumkin. Bu 
shakllanishdan zagotovka tayyorlashda foydalaniladi. 
Rezina qorishmalaridan shpritslash, kalandrlash, presslash va boshqa usullar 
bilan buyum olish mumkin. Rezina qorishmasi bilan mato, metall va boshqa yuzalarni 
qoplashi ham mumkin. 
Rezina buyumlarni olishda asosiy va yakunlovchi jarayon vulkanizatsiya 
hisoblanadi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk makromolekulalari ko‘ndalang 
(poperechniy) kimyoviy bog' hosil qilib, vulkanizatsion uch o‘lchamli to‘r (setka) hosil 
qiladi. Buning natijasida plastik rezina aralashmasi yuqori elastik rezinaga aylanadi. 
SHunday qilib, qayta ishlash jarayonining vulkanizatsiya bosqichida qayta 
ishlayotgan mashinada takrorlanmas muhim o‘zgarish, ya’ni material xossasining 
o‘zgarishi sodir bo‘ladi. 
Vulkanizatsiya oltingugurt hamda aktivlovchi, tezlatuvchi moddalar ta’sirida 
kauchuk makromolekulalari ora uch o‘lchamli to‘r (setka) hosil bo‘ladi, bunda issiqlik 
katta rol uynaydi. SHuning uchun vulkanlash jarayonida tashqaridan bosim ostida 
issiqlik beriladi va bu jarayon har xil apparatlarda olib boriladi. Ayrim paytlarda 
shakllanish va vulkanizatsiya jarayoni bir vaqtda olib boriladi. 
An’anaviy texnologik jarayonlar bilan bir qatorda rezina buyumlarni «qattiq» 
kauchuklardan olish bilan rezina sanoatida kauchuklarni suvdagi dispersiyasidan 
lateksdan buyum tayyorlash taraqqiy eta boshladi. Bu usul bilan olingan yarim fabrikat 
kuritiladi, keyin vulkanizatsiyalashtiriladi. 
Rezina sanoatida organik eritmalarda tayyorlangan rezina aralashmasi eritmalari 
– 
rezina yelimlari
deb ataladi. Ular har xil sohada keng qo‘llaniladi. 
SHunga o‘xshash rezina aralashmasidan kukun xolida yarim fabrikat olish va uni 
qo‘llash, suyuq kauchuklarni, quyi molekulali polimerlarni rezina buyumlar olishda 
qo‘llash katta ahamiyatga egadir. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish