93
Elimlashning kamchiliklari:
1. Ko‘pgina polimerlardan tayyorlangan yelimlar faqat issiqlik ta’sirida qotadi.
2. Polimer yelimlari ko‘p holatda toksik moddalarni o‘zida saqlaydi yoki
qotish jarayonida bunga
o‘xshash moddalar ajralib chiqadi, bu o‘z navbatida protsessni murakkablashishiga olib keladi.
Elimlash jarayonini fiziko-kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda bunga «adgeziya» va
«kogeziya» kuchlari katta rol o‘ynaydi. Eslatib o‘tilgan adgeziya
bu yelim zarrachalari va
yelimlanayotgan yuza o‘rtasidagi bog'lanishdir, kogeziya esa yelim bo‘laklari orasidagi qovushishdir.
Kogeziya va adgeziya kuchlariga qarab yelimlangan buyumda uzilish yelim bo‘yicha ketishi mumkin
yoki yelim asos yuzasi bo‘yicha (keltirilgan rasmga karang). Agar uzilish
yuza orqali ketsa unda
yelim shu shu yuza uchun yaxshi tanlanmaganlikdan dalolat beradi yoki yuza yaxshi tayyorlanmagan
bo‘ladi. yelim massasida
uzilish - yelim qalinligi, haddan tashqari qalinligi yoki qotgandan so‘ng
uning mexanik mustahkamligi sabab bo‘lishi mumkin.
Elim orqali biriktirish (birikkan joyi bardoshligi) yelimni to‘g'ri tayyorlanganidan tashqari va
boshqa faktorlarga bog'liq: yuzani tayyorlash; yelim qalinligi; yelimlashda bosim berish; yelimlashni
davomati va harorat ostida ushlab turish va xakozalar.
Elim sifatida asosan quyidagi polimerlar ishlatiladi:
- Epoksid va kremniy organik birikmalar (birgalikda ishlatilsa yuqori adgeziya kuchiga ega va yuqori
haroratga chidamli yelim beradi).
- Fenol-formaldegid smolalar kauchuklar bilan birgalikda.
- Termoplast va termoreaktiv smolalar aralashmasi (masalan BF yelim
kogeziya va adgeziya
kuchlari).
Suyuq yelimlardan tashqari qattiq va plyonka holatidagi yelimlovchi materiallar ham ko‘p
qo‘llaniladi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
1.
Payvandlash
2.
CHanglatish
3.
Elimlash
4.
Diffuzion payvandlash
5.
Kimyoviy payvandlash
6.
Metall bilan choklash
7.
Adgeziya
8.
Kogeziya
94
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Plastmassalarni metall bilan qoplashdan asosiy maqsad nimadan iborat?
2.
Plastmassani metall bilan qoplashning afzalligi va kamchiligini aytib bering.
3.
Plastmassalarni payvandlash qaysi usullar bilan amalga oshiriladi?
4.
Elimlash usulini fizik-kimyoviy asosi nimadan iborat?
5.
Elimlarga qanday talablar qo‘yiladi va konkret plastmassa
buyumni yelimlash uchun
qanday qilib yelim tanlab olinadi?
Asosiy adabiyot
1.
«Osnov
ы texnologii pererabotki plastmass» pod red. V.N.Kuleznyova i V.K.Guseva,
Moskva, «Ximiya», 1995 g. s.463-484
Qo‘shimcha adabiyot
2.
G.A.SHvetsov i dr. «Texnologiya pererabotki plastmass», Moskva, «Ximiya», 1988 g. s.
433-456