14. Suspenziyalar qanday beriladi va jihozlanadi?
MOYLI VA URUG‘LI EMULSIYALAR
(Emulsa oleosa et seminalia)
ТOPSHIRIQ:
1. Urug‘dan emulsiya tayyorlash.
2. Moyli emulsiyalar tayyorlash.
3. Emulsiyalarga dorivor moddalarni qo‘shish.
4. Emulsiya sifatini tekshirish.
Ibn Sinoning «Тib qonunlari» asarining ikkinchi kitobida sodda dorining mizojlarini o‘rganishga bag‘ishlangan
qismida mizojning ikki turi haqida gap boradi. 1-mizoj— unsurlarda bo‘ladigan dastlabki aralashmadir; 2-mizoj—
ularning maxsus mizojlari bo‘lgan bir necha narsalardan (aralashishidan) paydo bo‘lgan mizojdir. Suv, og‘iz va
yog‘ moddalarining aralashmasidan tashkil topgan tabiiy sut ikkinchi mizoj turiga kiradi. Ikkinchi mizojning sun’iy
turiga emulsiyani misol qilib keltirish mumkin. Gidrofob (moy) xususiyatga ega bo‘lgan zarrachalar emulgirlash
asosida gidrofil (suv) suyuqlikda tarqalib bu jarayonni bog‘lab turuvchi— emulgator (og‘iz) tarkibda bo‘lishi Abu
Ali ibn Sino asarlarida ko‘rsatilgan.
Emulsiyalar o‘zaro bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tashkil topib, ichish, sirtga qo‘llash va in’eksiya uchun
ishlatiladigan dori shaklidir.
Dispers fazasi 3% dan ortiq bo‘lgan emulsiyalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Emulsiyalar
rasmiy dori shakli
bo‘lib, ularni tayyorlash XI DF, II tom, 161-betdagi maqolaga asoslanadi.
Dispers faza zarrachalari o‘lchami 1 dan 50 mkm gachadir. Ko‘pincha
emulsiyalar ichish, sirtga ishlatish
(suvning moydagi emulsiyasi) maqsadida tayyorlanadi. Bu ikkala emulsiyalar hosil bo‘lishi va xossalari bilan bir-
biridan farq qiladi. Gidrofil xossali emulgatorlar ishlatilganda (gidrofil-lipofil ballans (GLB) ko‘rsatkichi 8—18
gacha) ichish uchun qo‘llaniladigan emulsiyalar hosil bo‘ladi; oleofil xossali emulgator ishlatilsa (GLB —3—6)
sirtga qo‘llaniladigan emulsiya hosil bo‘ladi.
Bankroft qoidasiga ko‘ra emulgator qaysi fazada yaxshi erisa, o‘sha faza dispers muhit bo‘lib qoladi.
Emulgatorlar 2 suyuqlik chegarasida tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan difil sirt-faol moddalardir. Ular
strukturasi,
molekulyar xossasi, qaysi guruhdagi emulsiya hosil qilishi, ta’sir
mexanizmi va tibbiyotda
qo‘llanilishiga ko‘ra shartli ravishda tasniflanadi.
Emulsiyalar tayyorlashda emulgator sifatida arab yelimi, kraxmal shilimshig‘i, metilsellyuloza eritmasi, jelatoza,
tvinlar, spenlar, emulgator Т-2 va boshqalar ishlatiladi.
Emulsiya qaysi guruhga kirishini aniqlash uchun suyultirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun buyum
oynasiga 1 tomchi emulsiya va suv tomiziladi. Agar tomchilar birlashib ketsa m/s emulsiyasi ekanligi ma’lum
bo‘ladi. Emulsiya turi bo‘yash va parafinli plastinka usullari bilan ham aniqlanadi.
Moyda eriydigan sudan III
bo‘yog‘i bilan bo‘yalsa s/m turi, bo‘yalmasa m/s emulsiyasi bo‘ladi. Parafinlangan shisha plastinka ustiga bir
tomchi emulsiya tomiziladi. Тomchi yoyilib ketsa s/m, tomchi yoyilmay tursa m/s emulsiyasi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: