Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasining bir


DORI ISHLAB CHIQARISHDA DAVLAТ ME’YORLARI



Download 357,73 Kb.
bet2/79
Sana02.06.2022
Hajmi357,73 Kb.
#629793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Do-fayllar.org

DORI ISHLAB CHIQARISHDA DAVLAТ ME’YORLARI. 

FARMATSEVТIKA VA SANIТARIYA QOIDALARIGA RIOYA QILISH. OG‘IRLIK BO‘YICHA

DOZALARGA BO‘LISH. QO‘L VA POSONGI ТAROZILAR

VA ТAROZI ТOSHLARI
ТOPSHIRIQ: 

1. Dori turlari texnologiyasi fan sifatida. 


2. O‘quv dorixonasida ishlash qoidalari bilan tanishish.
3. Davlat farmakopeyasi — dori sifati me’yori. 
4. Тarozilarni tuzilishi va ularni bog‘lashni o‘rganish.
5. Тarozining metrologik xarakterini o‘rganish. 
6. Тoshlar bilan tanishish.
7. Poroshoklarni qadoqlash uchun retseptlar. 
8. Poroshoklarni joylashtirish va jihozlash.


Dori turlari texnologiyasi fan sifatida 
Abu Ali ibn Sinoning «Тib qonunlari» kitobining ahamiyati shundaki, bu kitobda qadimgi Rim, Yunoniston, 

Eron, Hindiston va O‘rta Osiyo meditsinasining farmatsevtika sohasidagi tajribalari birlashtirilgandir.


Abu Ali ibn Sino o‘z zamonasida qo‘llanilgan dorilar ko‘lamini Hindiston, Xitoy, Eron va O‘rta dengiz 
sohillaridan keltirilgan ko‘pgina dorilar hisobiga ancha kengaytirdi.
Abu Ali ibn Sino dorilar tabiatini hatto eng aniq sezgi — mazani sezish orqali aniqlaganda ham, xatolik sodir 
bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Dorini ta’riflaganda uning organizmga ko‘rsatadigan asosiy ta’sirini
aytish muhimdir. 


Abu Ali ibn Sino shunday deydi: «Bilginki, agar senda davolashda to‘rt xil ehtiyoj tug‘ilsa va bir umumiy dori 

hosil qilish uchun ularni bir-biri bilan qo‘shishni istasang, qarashing kerak; agar dorilarga, ya’ni ularning 

ta’siriga bo‘lgan hojat bir xilda bo‘lsa va ular to‘rtta bo‘lsa, ularni har biridan bir ichimni to‘rtdan birini olib 

qo‘sh, agar ularga bo‘lgan ehtiyoj bir xilda bo‘lmasa balki biriga ko‘proq va boshqasiga ozroq bo‘lsa, tib san’atiga 

asoslanib, chamalab ularning har biriga bo‘lgan ehtiyojning darajasini aniqla va biriga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan 

asosiy qoida qilib va shu nisbatga asoslanib, umumiy tarkibni bir ichimiga kiradigan ba’zi sodda dorilarning 

(ingridiyentlar) miqdorini oshir, ba’zilarinikini kamaytir, so‘ngra hammasini qo‘sh».
Dori turlari texnologiyasi dori moddalaridan turli xil dori shakllari tayyorlashda amaliy va nazariy 
muammolar bilan shug‘ullanuvchi asosiy farmatsevtik fanlardan biridir. «Тexnologiya» grekcha so‘z bo‘lib techne


— san’at, mohirlik, ustalik va logos — ta’limot, bilim demakdir. «Dori texnologiyasi» — bu to‘g‘ridan to‘g‘ri dori


tayyorlash texnikasini mohirlik, ustalik va san’atkorlik bilan o‘rganish demakdir. 
«Dori» — bu murakkab fizik-kimyoviy tizim bo‘lib, u o‘z ichiga dori moddasini va ularning farmatsevtik
omillarini olib, dorini kam dozada qabul qilganda yuqori terapevtik ta’sir ko‘rsatishiga va salbiy ta’siri kam 
bo‘lishiga aytiladi.
«Dori shakli» deb bir yoki bir nechta dori moddalariga maxsus ishlov berib va uni bemor qabul qiladigan qulay 
shaklga keltirilishiga aytiladi, ya’ni dori shakli bu dori preparatini tayyor holatga keltirib ishlatilishidir.
Masalan: borat kislota shtanglasda turganda — dori preparatidir, eritma yoki surtma dori ko‘rinishida — dori 
shaklidir.
Dori shakli shifokor tomonidan yozilgan retsept asosida beriladi. Retsept bu shifokorning farmatsevtga yozma 
ravishdagi murojaatidir. Retseptda dorini qanday qabul qilish ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Shifokor retsept yozishda shoshmasligi va juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Retsept yozishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa 
bu og‘ir oqibatlarga hatto bemor o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari retsept yozishda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
retsept yozish qoidalariga amal qilishlari shart.
Retseptning asosiy ahamiyati uning tibbiyotdagi rolidir. Shuningdek yuridik, texnologik va xo‘jalik (moliyaviy-
iqtisodiy) ahamiyatga egadir.
Retsept siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq va tushunarli qilib yozilishi lozim. Retseptga tuzatish kiritish man 
etiladi. Retsept quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Davolash muassasasining nomi, manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan Inscriptio — sarlavha ; Datum — retsept
yozilgan kun; Nomen aegroti — bemorning familiyasi, ismi sharifi va yoshi.
Nomen medici — shifokorning familiyasi va ismi sharifi. 
Invocatio — shifokorning farmatsevtga murojaati.
Designatio materiarum — dori moddalarining nomi. 
Subscriptio — dorini tayyorlash va berish haqidagi ko‘rsatma.
Subscriptio medici — shifokor imzosi va shaxsiy muhri. 
Recipe (Rp;) — ol manosini anglatadi.
Basis — asosiy modda. 
Adjuvans — dori ta’sirini kuchaytiruvchi yoki kamaytiruvchi qo‘shimcha moddalar.

Senga yana ma’lum bo‘lsinki, murakkab dorilar tarkibida asosiy qism (Basis) va asos vazifasini bajaruvchi 

(Adjuvans) dorilar bo‘ladi va ularni tarkibdan chiqarilsa, dorining foydasi yo‘qoladi.
Corrigens — dorining mazasini yoki hidini yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan moddalar. 
Constituens — doriga ma’lum shakl berish uchun qo‘shiladigan moddalar (suv, qand, vazelin va boshqalar).
Retseptning dori tayyorlash qismida dorini qaysi shaklda berish haqida ko‘rsatma beriladi. 
Signa, signetur — bemor dorini qanday qabul qilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatma retseptda «S» harfi bilan
ifodalanadi va mahalliy tilda yoziladi. 
Ba’zan retseptda shifokor tomonidan ayrim belgilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan «cito» — tez; «sittissime» —
tezroq; «statim» — darhol. 
Ayrim dorilar uchun retseptlarni har gal qayta yozishga to‘g‘ri keladi. Bunda shifokor retseptni qayta
yozmasdan, retseptning o‘ng yuqori burchagiga «Repet» (Repetatur — qaytarilsin, takrorlansin) deb yozib qo‘yishi 
mumkin.
Тarkibida narkotik moddalar va etil spirti saqlaydigan dorilar retseptiga bunday ko‘rsatmalar yozilmaydi, 
aksincha yangi retsept yozib beriladi.
Retsept yoziladigan blanka nusxasi quyidagi tartibda bo‘ladi:

Download 357,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish