Epidemiologiyasi. Epidemik qaytalama tifda infeksiya manbai odamdir. Asosiy yuqtiruvchi-kiyim biti, bunday bit bemorning zararlangan qonini surganidan 6-9 sutka keyin yuqumli bo`lib qoladi. Spiroxetalar bit gemolimfasida ko`payadi, bu yerdan ular soni xaddan tashqari ko`payib ketadi. Birt ezib tashlanganida yoki qismlari uzilib chiqqanida odamga kasallik yuqishi mumkin. Qashinish vaqtida gemolimfa tomchilarini teriga ishqalab kiritish odam qoniga spiroxetalar o`tishiga olib keladi gemolimfa burun, ko`z shilliq pardalariga va xatto ko`rinarli shikastlari bo`lmagan teriga tushganida xam kasallik yuqishi mumkin.
8-mavzu: Virusli kasalliklar. Gripp, qizamiq, quturish kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari. Ularning virusologik xususiyatlari.
Reja:
1. Viruslarni kelib chiqish tarixi.
2. Viruslar klassifikatsiyasi.
3. Viruslarning kimyaviy tarkibi va tizilishi.
4. Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari.
5. Gripp, qizamiq, quturish kasalliklarini qo’g’ovchi RNK viruslarini xarakteristika
Do'stlaringiz bilan baham: |