Amaliy qism: Amaliy qismda talabalar epidemik va endemik toshmali tif diagnostikasi tekshirish materiali, tekshirish usullarini o’rganadilar.
Qon. 1.Serologik. a) Komplement bog’lanish reaktsiyasi. b) agglyu-tinatsiya reaktsiyasi. v) bevosita gemagglyutinatsiya reaktsiyasi. g) toksinlarni neytrallash reaktsiyasi. d) immuno-lyuminestsent usul qo’llaniladi.
Bemor venasidan 5—7 ml qon 2. Biologik usul. Steril probirkaga olinadi.
Serologik usul. Komplement bog’lanish reaktsiyasi. Bemordan olingan qonning zardobi ajratib olinadi, parallel holda 2 ta antigen — Provatsek va Mo‘zer rikketsiyalari bilan reaktsiya qo’yiladi. Bu reaktsiya epidemik va endemik toshmali tifni farqlashda qo’llaniladi. Umumiy sxema asosida bemor qon zardobi 1:10 dan 1:640 gacha suyultiriladi. 1:100 va undan yuqori suyultirish darajalarida eritrotsitlar cho’kma bersa, reaktsiya musbat deyiladi.
Agglyutinatsiya reaktsiyasi (AR).Toshmali tifni Brill kasalligidan farqlash uchun agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’yiladi. Diagnostikum sifatida Provatsek rikketsiyasi va OX19 o’lik kul’turasi qo’llaniladi. Brill kasalligida o’lik protey kulturasi bilan Veyl—Feliks reaktsiyasi manfiy bo’ladi.
Bundan tashqari, Brill va epidemik toshmali tifni farqlash uchun quyidagi usul ham qo’llaniladi.
Buning uchun bemor qon zardobi sistin bilan tozalanadi, chunki epidemik toshmali tifda 7 antitelo hosil bo’ladi va u sistin ta'sirida tez parchalanadi.
Brill kasalligida esa 19 antitelo hosil bo’ladi va u sistin ta'sirida parchalanmaydi. Kengaytirilgan hajmda agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’yiladi. Birinchi qatorga sistin bilan tozalangan va ikkinchi qatorga tozalanmagan qon zardobi suyultirib solinadi. Brill kasalligida ikkala qatorda ham reaktsiya musbat bo’ladi. Epidemik toshmali tifda birinchi qatorda reaktsiya musbat, ikkinchi qatorda esa manfiy bo’ladi.
Bevosita gemagglyutiiatsiya reaktsiyasi. Bemor qon zardobi 1:25 dan 1:1600 gacha suyultiriladi. Diagnostikum sifatida Provatsek eritrotsitlar diagnostikumi qo’llaniladi. Bemorning qon zardobida aitntelo bo’lsa 1:100 nisbatda eritrotsitlar soyabonsimon cho’kma hosil bo’ladi. Reaktsiya qayta qo’yilganda titri ortib boradi.
Biologik usul. Epidemik va endemik toshmali tifni farqlash uchun biologik usul ham qo’llaniladi. Buning uchun dengiz cho’chqachasining erkagiga tekshirish materiali yuboriladi. Agar tekshirish materialida epidemik toshmali tif qo’zg’atuvchisi bo’lsa, dengiz cho’chqachalarining harorati ko’tariladi.
Agar tekshirish materialida endemik toshmali tif qo’zg’tuvchisi bo’lsa, dengiz cho’chqachalarida periorxit (tuxumdonning yallig’lanishi) yo‘zaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |