5. “Vertushka” texnologiyasi.
№
|
Qo’zg’atuvchining turi
|
Laboratoriya tashxisi
|
Davolash va oldini olish
|
11
|
Toshmali tif qo’zg’atuvchisi
|
|
|
2
2
|
Ku – isitma qo’zg’atuvchis
|
|
|
3
3
|
Endemik (_______) toshmali terlama qo’zg’atuvchisi
|
|
|
O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishlar:
Tayyor surtma preparati (Zdrodovskiy usulda bo’yalgan)ni mikroskop ostida ko’rish.
Toshmali tifning serologik iagnostikada aniqlash ucun bilvosita gemoglyutinatsiya reaksiyasi.
Tovuq embrioni, hujayra kulturasi va hayvonlarga yuqtirib, rikketsiyalarni ajratib olish usullari.
Rikketsiozlar mikrobiologik tashxisining sxema va rasmlarini chizib olish.
Diagnostik va profilaktik davolash preparatlari bilan tanishish
Tinglovchilarning o’z ustida ishlashi lozim bo’lgan uslubiy qo’llanma (nazariy material).
Rikketsiyalar — alohida guruh polimorf bakteriyalardir. Ular hujayra ichidagi parazitlar bo’lib hisoblanadi. Ular Sheke Shaseae oilasiga kiradi. Rikketsiyani birinchi bo’lib amerikalik olim Rikkets aniqlagan va u shu kasallikdan o’lgan.1913 yili Chex olimi Provatsek toshmali tif bilan og’rigan bemor qonida rikketsiyalarga o’xshash mikroblarni aniqlagan. U ham toshmali tifdan o’lgan. 1916 yilda Portugaliyalik olim Rosha—Lima o’zining o‘zoq vaqt tekshiruvlari natijasida Meksika va Yevropa toshmali tif kasalliklarining qo’zg’atuvchisi ham Rikkets aniqlagan mikroblarning bir turi ekanligini isbotladi. Shuning uchun rikketsinlarga Rikkets nomi berildi. Epidemiologik toshmali tif qo’zg’atuvchisiga esa Provatsek rikketsiyalari nomi berildi. Toshmali tifni o’rganishda rus olimlari A. A. Krontovskiy, P. F. Zdrodovskiy, Ye. S. Galinevichlar katta hissa qo’shganlar. Rikketsiyalar orasida odam, hayvon uchun patogen turlari ham uchraydi. Rikketsiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga rikketsiozlar deyiladi. P. F. Zdrodovskiy rikketsiyalarni 5 ta guruhga bo’ladi:
1. Toshmali tif rikketsioz guruhi.
2. Kanali toshmali isitma guruhi.
3. Tsutsugamushi guruhi.
4. Ku—lixoradka (isitma) guruhi.
5. Paroksizmal rikketsioz guruhi.
Morfologiyasi. Rikketsiyalarning sharsimon, mayda va yirik tayoqchasimon, ipsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalar spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, Gramm manfny, Romanovskiy - Gimza, Zdrodovskiy usullarida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Kul’tural xossasi. Xo’jayin to’qimasida bo’linib ko’payadi. Mikroblarning har bir turi xo’jayin to’qimasining sitoplazmasida, yadrosida, vakuolalarida rivojlanadi. Ular o’ziga sezuvchan hayvonlarning to’qimalarida, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi.
Fermentativ xossasi.aktiv emas. Toksigenligi. Termolabil endotoksin qo’shiladi.
Antigenligi. Rikketsiyalar 2 ta antigen ishlab chiqaradi: guruhli termostabil va spetsifik termolabil antigenlar. Chidamliligi. Ku - isitmasidan tashqari rikketsiyalar yuqori haroratga kam chidamli. Past haroratga va quritishga barcha rikketsiyalar chidamli va ular antibiotiklarga sezuvchandir.
Toshmali tif. Epidemik toshmali tif qo’zgatuvchisi RiskeIzga rgouagekp hisoblanadi. Morfologiyasi. Polimorf, sharsimon, gantelsimon, ipsimon shakllarda uchraydi. Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |