Infektsiya manbai. Endemik toshmali tif — zoonoz infeksiyadir. Tabiatda infektsiya manbai bo’lib kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi.
Tarqalish yo’llari. Transmissiv, alimentar, bilvosita kontakt yo’llari orqali tarqaladi. Tashuvchisi bo’lib kalamush va kanalar hisoblanadi.
Patogenezi. Endemik toshmali tif qonli infektsiyadir. Uning patogenezi epidemik toshmali tifnikiga o’xshashdir. Klinik belgilari va kasallik ancha yengil o’tadi. Kasallik isitma va toshma toshish bilan tavsiflanadi. Kasallik endemik xarakterga ega.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng mustahkam antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo’ladi.
Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish va sanitar-gigienik sharoitlarni yaxshilashdan iboratdir. Maxsus profilaktikasi maqsadida o’lik Mo‘zer rikketsiyasini saqlovchi vaktsinadan foydalaniladi.
Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar bilan davolanadi.
Ku-isitma — o’tkir infektsion kasallikdir. 1939 yili R. Bernet tomonidan bemor qonidan qo’zg’atuvchi ajratib olingan va farqlash ishlari olib borilgan. Shuning uchun uning nomi bilan Bernet rikketsiyalari deb yuritiladi. 1948 yili Rossiyada ham bu rikketsiyalar aniqlangan.
Ku-isitma qo’zg’atuvchisi Sox1e11a avlodiga kiritiladi. Morfologiyasi. S. igpesh mayda polimorf mikroorganizm bo’lib, tayoqchasimon, sham alangasiga o’xshash, 0,3—0,8 mkm kattalikda, sferik shakldagisi 0,3—0,5 mkm, Gram manfiy bo’yaladi; Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Kultural xossasi. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida yaxshi rivojlanadi. Ular uchun optimal harorat 35°S hisoblanadi. Xo’jayin hujayrasida rekketsiyalar vakuolalarda rivojlanadi, ya'ni pilakchalar hosil qiladi.
Fermentativ xossasi. Namoyon bo’lmaydi.
Toksigenligi. Zaharli moddasi aniqlanmagan, lekin rikketsiyalar o’zida allergen saqlaydi.
Antigenligi. Bernet rikketsiyasi ikkita — I va II faza antigenlarini saqlaydi. I faza antigeni yo‘zaki joylashgan, polisaxarid tabiatli, II faza antigeni esa hujayra ichida saqlanadi, kimyoviy tarkibi hali to’liq o’rganilmagan. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionida o’stirilganida I faza antigeni yo’qoladi. Bernet rikketsiyasi dengiz cho’chqachasiga yuborilganda uning bu xossasi tiklanadi.
Chidamliligi. Bernet rikketsiyalari tashqi muhitga ancha chidamli. 80—90°S harorat ta'sirida ular 30 daqiqadan so’ng nobud bo’ladi. Sut pasterizatsiya qilinganda ular o’lmaydi. Ular sut mahsulotlari — qatiq, so‘zma, sariyoqda o‘zoq vaqt, ultrabinafsha nurlar ta'sirida 1,5 soatgacha saqlanadi. Past haroratda, ayniqsa mo‘zli sharoitda, bir necha oylab, steril suvda 3—4 oygacha saqlanadi. Bernet rikketsiyalari oshqozon shirasiga, 5% li formalin eritmasiga va 1%li fenol ta'siriga ancha chidamli.
Patogenligi. Tabiiy sharoitda Bernet rikketsiyalari sigir, echki, qo’y, it, ot, kemiruvchilar, parranda va kanalarda aniqlanadi. Hayvonlarda kasallik isitma tutishi bilan tavsiflanadi. Ularda kasallik ko’pincha surunkali shakllarda o’tadi. Rikketsiyalar sut, siydik va najas bilan tashqi muhitga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |