Sodda jonivorlar
/ Protozoa /- bir hujayrali mikroskopik jonivorlar bo‘lib, ularning kattaligi 2-5 dan 60 – 80 mkm. ga teng bo‘lishi mumkin. Hujayra tuzilishi jonivorlarga xosdir. Hujayra qobig‘ bilan o‘ralgan bo‘lib, yadro, lizosom, mitoxondriyga ega. Sodda jonivorlar 3 sinfga bo‘linadi: sarkodaliklar, xivchinlilar, sporaliklar.
Sarkodaliklarga dizenteriya amyobasi kiradi, u vegetativ yoki sistali holatda uchrashi mumkin. Vegetativ formasi amyobasimon xarakatchanlik xususiyatiga ega, tashqi muhit ta’siriga chidamsiz. sista harakatsiz, tuproq- da saqlanadi,oqar suvda 3 oygacha saqlanishi mumkin. Sporaliklarga malyariya plamodiyasi misol bo‘ladi, u malyariya kasalligining qo‘zg‘otuvchisidir. Uning o‘sishi 2 siklda bo‘lishi mumkin: jinssiz – inson organizmida, eritrotsitda parazitlik qiladi, angishvona shaklida bo‘ladi, Romanovskiy - Gimza usulida bo‘yaladi, bunda yadro – qizil, sitoplazma – havo rangga bo‘yaladi, vakuol bo‘yalmaydi.
Xivchinlilar sinfiga leyshmanioz kasalligini qo‘zg‘otuvchilari kiradi. Leyshmaniyalar chivin organizmida uzunchoq shaklga ega bo‘lib, uzunligi 15 -25 mkm, eni 2 – 4 mkm. ga teng bo‘ladi , bir xivchin va ikki yadroga ega: markaziy va yonbosh yadrolar. Odam va hayvon organizmida noksimon shaklga ega ularning razmeri / 2 – 6, 2 – 3 mkm / bo‘lib, xivchinlarini va yonbosh yadro-larini yo‘qotgan holatda bo‘ladi.
Rikketsiyalar
Rikketsiyalar bakteriyalar bilan viruslar orasida joy olgan.Ular bir hujayrali, razmeri 0,5 – 10 mkm, hujayra qobig‘i nukleotid, ribosomdan tashkil topgan. Oval, tayoqchasimon, ipsimon formalarga ega. Romanovskiy- Gimza usulida bo‘yaladi. Ular qo‘zg‘atuvchi kasalliklar rikketsiozlar deb ataladi.
Viruslar
Viruslar o‘ta mayda tirik organizm bo‘lib, razmeri 17 dan 350 mkm gacha bo‘ladi,hujayra tuzilishiga ega emas, absolyut / mutloq / parazit, tirik organizm hujayrasida yashaydi va ko‘payadi.Viruslarning alohida virion- lardan tashkil topgan. Virion nuklein kislotadan / DNK, RNK / tuzilgan bo‘lib, bir yoki bir necha qobig‘ bilan o‘ralgan. Oqsil qobig‘i kapsid deyiladi. Kapsid oqsil molekulalari – kapsomerlardan tuzilgan. Kapso-merlarning soni har bir virus uchun doimiydir. Nuklein kislotaning qobig‘ bilan o‘ralgan holatdagi strukturasi – nukleokapsid deyiladi. Viruslar yuqumli kaslliklarning 3/4 qismini chaqiradi: gripp, qizamiq, chechak, quturish va h. k. Morfologik xususiyatiga ko‘ra viruslar sferik, tayoqchasimon, kubsimon, spermatozoidsimon shaklida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |