Tayoqchasimon bakteriyalar – tuzilishi,o‘lchami va o‘zaro joylashishi va shakliga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ular katta – kichikligiga ko‘ra mayda ( 0,5-1x 0,3 mkm ), o‘rtacha o‘lchamlarida ( 2 x 0,5 mkm ) va yirik uzunligi 5-8 mkm gacha bo‘lishi mumkin; ular ikki uchi dumaloq, cho‘rt kesilganga o‘xshagan, o‘tkir nayzasimon yo‘g‘onlashgan va boshqacha bo‘lishi mumkin. Spora hosil qilmay- digan tayyoqchalar aslida bakteriyalar, spora hosil qiladiganlari esa batsilallar deb yuritiladi.
Tanasi birmuncha egilgan tayoqchalar vibrionlar deyiladi.Ulardan ayrimlari bitta xivchinli bo‘lib, uzunligi 1 – 3 mkm gacha boradi. Bunday vibrionlar spora hosil qilmaydi va grammanfiy belgiga ega bo‘ladi. Ko‘pgina saprofit va patogen shakldagi vibrionlar asosan suvda yashaydi.
Spiroxetalar
Spiroxetalar spiralsimon bir hujayrali organizm bo‘lib, uzunligi 7 dan 500 mk, diametri 0,25-6 mkm. ga teng.Spiroxetalar differensial yadroga ega emas. U hujayra qobig‘iga va sitoplazmatik silindirga ega. Hujayra ichida sitoplazmatik spiral bo‘lib, u o‘qi ip to‘plamlari bilan o‘ralgan fibril tolalaridan tashkil topgan, tarkibida xitinsimon modda – kutin saqlaydi. Odatda kutin faqat hayvonlardagina uchraydi.Spiroxetalar juda xarakatchan, ular bakteriyalar bilan sodda jonivorlar orasida, o‘tish gruppasi hisoblanadi. Spiroxetalar orasida patogenlari bo‘lib, qaytalama tif, sifilis, va leptospiroz qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi.Ular Romanovs- kiy – Gimza usulida bo‘yaladi.
Aktinomitsetlar
Nursimon zamburug‘lar yoki aktinomitsetlar tuban o‘simlik bo‘lib, bir hujayrali organizm hisoblanadi. Asosan tuproqda ko‘p tarqalgan.Ularning hujayralari nozik butoqsimon iplar shaklida bo‘lib / giflar / diametrlari 0,2 – 1 mkm ga tengbo‘ladi.Aktinomitsetlar bakteriyalar va zamburug‘larga o‘xshashdir. Ular bakter lar kabi nukleotid turidan yadroga ega, bir hujayradan iborat, qobig‘iga ega, gramm musbat. Zamburug‘lar kabi ipsimon butog‘ shakliga ega. Iplar bir – biriga ulanib mitseliylarni hosil qiladi. Ular sporalar yordamida ko‘payadi. Aktinomitsetlar sanoat ahamiyatiga ega. Ularning ba’zi bir turlaridan antibiotiklar olinadi. Ba’zi bir aktinomitsetlar insonlarda – aktinomikoz kasalligini chaqiradi.
Zamburug‘lar
Tuban o‘simlik organizmlari bo‘lib, xlorofill donachalariga ega emas. Zamburug‘lar bakteriyalarga nisbatan murakkab tuzilishga ega bo‘lib ko‘pa –yish usuli murakkabdir. Zamburug‘larning yadrosi defferensial bo‘lib, qobig‘ bilan qoplangan. Morfologik xususiyati bo‘yicha zamburug‘lar ipsimon, ovalsimon turlarga ega.Ipsimon zamburug‘lardan ko‘p uchraydi.
Achitqisimon zamburug‘lar 8 – 10 mm, ga teng bo‘ladi, hujayra ichida yadro, metoxondriy, vakuol va valyutin donachalariga egadir.Ular kurtaklanish usuli bilan ko‘payadi, kurtaklanish 2 soat davom etadi. Ba’zi hollarda spora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payishini uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |