Suyuq ozuqa muhitidan o‘stirilgan kulturadan surtma preparat tayyorlash.
Yuqorida qayd qilingan qoidalarga rioya qilingian holda, probirkadagi kulturadan bir tomchi ilmoq yoki Paster pipetkasi yordamida olinib, yog‘siz-lantirilgan buyum oynasiga tomiziladi.
Surtmani quritish. Surtmani havoda uy haroratida yoki termostatda quritiladi. Vaqtni tejash maqsadida gaz alangasi yonida quritish mumkin.
Diqqat. Yuqori harorat ta’sirida hujayra strukturasi buzilishi mumkin.
Surtma preparatni qayd ( fiksatsiya ) qilish
Surtma preparatni qayd qilish quyidagi maqsadda olib boriladi:
1. Ekilgan kulturani oynada mustahkamlash uchun.
2. O‘ldirilgan, zararsizlantirilgan mikroorganizmlar o‘zlariga rangni yaxshi qabul qiladilar . Alanga ustida surtma preparatlar quyidagicha qayd qilinadi:
Buyum oynasi qisqich yoki bosh va ko‘rsatgich barmoqlar orasida ushlanib, alanga ustida uch marta o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |