Toshkent farmatsevtika instituti


Oddiy oqsillar va ularning vakillari



Download 13,75 Mb.
bet53/476
Sana31.12.2021
Hajmi13,75 Mb.
#217587
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   476
Bog'liq
Biokimyo kitob-Odilov.

Oddiy oqsillar va ularning vakillari. Oddiy oqsillar eruvchanligiga, aminokislota tarkibiga va boshqa ba’zi xususiyatlariga asosan quyidagi guruhlarga bo`linadi: gistonlar, protaminlar, albuminlar, globulinlar, prolaminlar, glutelinlar va proteinoidlar (skleroproteinlar).


Gistonlar


























Protenoidlar




Protaminlar
















































Oddiy oqsillar



Glyutelinlar

Prolaminlar

Albuminlar va


globulinlar

1.15-rasm. Oddiy oqsillarning tasniflanishi
Gistonlar (gr. histos – to`qima) – ko`p hujayrali organizmlarning to`qima oqsili bo`lib, xromatin DNK bilan bog`langan. Bu oqsillarning molekula og`irligi nisbatan kichik (11000-24000); elektrokimyoviy xususiyatlariga ko`ra – kuchli asos xossalari izoelektrik nuqtasi 9,5-12,0 atrofida. Gistonlar faqat uchlamchi strukturaga ega. Ular 5 turga bo`linadi: H1, H2a, H2b, H3, H4. Guruhlarga bo`linishi

61


gistonlar tarkibidagi arginin va lizinning nisbatiga asoslangan. Gistonlarning qo`shimcha yana bir turi – H5 qushlar, amfibiyalar va baliqlarni eritrotsitlaridan ham ajratib olingan.
Ko`p hujayrali organizmlar to`qimalarida giston/DNK nisbati 1 atrofida. Tabiiy sharoitda gistonlar DNK bilan mustahkam bog`langan nukleoproteid shaklida uchraydi. Giston-DNK bog`i elektrostatik bog` hisoblanadi, chunki gistonlar tarkibidagi diaminokislotalar – arginin va lizin miqdorini musbat zaryadi katta, DNK zanjiri esa manfiy zaryadga ega. Gistonsimon oqsillar hujayra sitoplazmasi ribosomalarida uchraydi. Bakteriyalarda tipik gistonlar uchramaydi, viruslarda esa gistonsimon oqsillar bor.
Gistonlar yadroda struktura va boshqaruv vazifasini bajaradi. Ular DNKning fazoviy strukturasini va o`z navbatida xromatin va xromosomalarning strukturalarini turg`unlashtirishda ishtirok etadi. H1 gistonidan boshqa barcha 4 turdagi gistonlar xromatinning struktura birligi bo`lgan nukleosomalarning asosini
tashkil etadi; H1 gistoni esa nukleosomalar orasidagi DNK fragmentlarini to`ldirib turadi. Boshqaruv vazifasi genetik axborotni DNK dan RNK ga o`tkazilishini blokirovka qilishdan iborat.
Gistonlarga globin (gemoglobin), bo`qoq bezi gistoni, skombron (skumbriya balig`idan olingan) oqsillari kiradi.
Protaminlar – gistonlar o`rnini bosuvchi o`ziga xos biologik material hisoblansa ham gistonlardan aminokislotalari tarkibi va strukturasi bilan farq qiladi. Ular eng sodda tuzilgan oqsillar bo`lib, molekula og`irligi ham eng past - 4000-12000 gacha. Ammo ularning tarkibida arginin va lizinning miqdori – 80% gacha va undan ham ortiq bo`lganligi sababli kuchli ishqor xossasiga ega. Gistonlar singari protaminlar ham – polikation oqsillar, sperma xromatinida DNK bilan bog`langan. Protaminlar baliq urug`idagi nukleoprotamin tarkibida ko`proq bo`ladi. Protaminlar olingan manbasiga ko`ra quyidagicha nomlanadi: salmin – lososning, truttin – forelning, skumbrin – skumbriyaning, klupein – seldning urug`idan olingan.

62


Protaminlar ham gistonlar kabi spermatozoidlarning DNK sida struktura vazifasini bajaradi.
Prolaminlar – o`simlik oqsillari guruhi, donli o`simliklarning urug`ida mavjud. Prolaminlarning asosiy xususiyati - suvda, tuzli eritmalarda, mutlaq spirtda, kislota va ishqorlarda erimasligidir. Ular 70°li etanol bilan ekstraktsiya qilinadi. Bu muhitda erish xossasi ular tarkibidagi qutbsiz aminokislotalar va prolinga bog`liq. Prolaminlarning nomlanishiga ular ajratib olingan manbalarga asoslangan. Gliadin – bug`doy va javdardan, gordein – arpadan, avenin – sulidan, zein – makkajo`xori donidan olingan.
Glutelinlar o`simlik oqsillari, neytral erituvchilarda – suv, tuzli eritmalar va etanolda erimaydi, ammo kuchsiz eritmalar – suyultirilgan kislota va ishqorlarda eriydi. Ularni prolaminlarga nisbatan erituvchilarda erishi tarkibida argininni miqdori ko`proq prolinni miqdori kamroq bo`lishiga bog`liq. Glutelinlar – bug`doy, arpa donlari tarkibida uchraydi. Guruchdan olingan orizenin, bug`doydan olingan glutenin shu guruh oqsillariga kiradi.

Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   476




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish