Oqsillarning biologik vazifalari. Oqsillar boshqa birikmalarga (kimyoviy
komponentlarga) qaraganda hujayrada jarayonlarida xilma-xil vazifalarni
bajaradilar. Hamma proteinlarning struktura elementlari o`xshash
aminokislotalardan iborat bo`lsa ham, ularning oqsil molekulasidagi nisbiy
miqdorlari va joylanish o`rinlari turlichadir. Oqsillarning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
Katalitik vazifasi – shu vaqtgacha ixtiro etilgan barcha biologik katalizatorlar – fermentlar oqsillardir. Bitta hujayrada 104 ferment molekulasi bo`lib, ular 2000 dan ortiq reaktsiyani katalizlaydi. Bunday vazifa faqat oqsillar uchungina xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |