Oqsillarning tasnifi va nomlanishi. Turli o`simliklar, hayvonlar va mikrob hujayralaridan, hujayra komponentlaridan, to`qimalar ekstraktlaridan xilma-xil oqsil preparatlari ajratib olingan. Organizmning a’zo va to`qimalarida o`ziga xos oqsillar uchraydi. O`simlik va hayvon oqsillari qaysi turga mansubligiga qarab ham bir-biridan farq qiladi, umuman oqsillarning turga xosligi tabiat qonunidir. Olimlar ularni ayrim guruhlarga bo`lish ustida ko`pdan beri ish olib borsalar ham haligacha qoniqarli tasnif topilgani yo`q. Buning sababi ularning bir xil elementlardan tuzilganliklari, shuningdek xilma-xil struktura variantlari va funktsional xususiyatlaridir. Shunga asosan oqsillarni fizik-kimyoviy, funktsional va struktura belgilari bo`yicha tasniflashga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |