14. Immunologik yoki antitoksin vazifasi –barcha immun tanalari oqsillardir. Ular antigen-antitana kompleksi hosil qilish yo`li bilan organizmga kirgan bakteriyalarni, yot oqsillarni yuksak spetsifiklik bilan o`ziga biriktirib, parchalaydi va zararsizlantiradi. A, M, G va boshqa immunoglobulinlar himoya vazifasini bajaradi. Antigen – antitana kompleksini hosil qiluvchi oqsilga – komplement oqsili deb ataladi.
Toksigenlik vazifasi – mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilgan ayrim oqsillar va peptidlar boshqa organizmlar uchun zaharli hisoblanadi. Masalan botulin toksini – botulizm tayoqchasi tomonidan ishlab chiqariladigan peptid.
Do'stlaringiz bilan baham: |