Zararsizlantiruvchi vazifasi – oqsillar zaharli bo`lgan og`ir metallar, birikmalari alkoloidlarni funktsional guruhlariga bog`lash yo`li bilan zararsizlantiradi. Albuminlar og`ir metallar va alkoloidlarni bog`laydi.
Gemostatik vazifasi – tromb hosil bo`lishi va qon oqishini to`xtashida ishtirok etadi. Qon zardobi oqsili fibrinogen – tromb hosil bo`lishidagi asosiy omil.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan asosiy vazifalardan tashqari oqsillar yana bir qator biologik faol strukturalarning tuzilishida va funktsiyasida ishtirok etadilar. Masalan hayvon zaharlarining aksariyati, ko`rish pigmenti rodopsin oqsil tabiatiga ega va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |