1. Suhbatdoshning so‘zini bo‘lish texnikasi
Agar suhbatdoshingiz doimiy ravishda so‘zing-izni bo‘lsa. Sizning xulqingiz harakatlari: pauza (to‘xtam) qiling-da, siz o‘z fikrlaringizni davom ettirish yoki ettirmasligingizni so‘rang.
2. Ilmiy texnika
Suhbatdoshingiz ulug‘larning fikrlarini ishla-tib, ularni keltiryapti. Yana yomonrog‘i u maqsadli ravishda noto‘g‘ri qo‘llab, sizdan nimanidir boshqachaligini so‘rayapti. Lekin alohida shaxslar-ning hamma fikrlarining aniqligini kim ham bilardi? Sizning xulqingiz harakatlari: siz ham o‘zingizga tanish sitatalarni keltiring. Bu maqsadda iloji bo‘lsa, oldindan suhbatning har qanday mavzusiga to‘g‘ri keladigan bir nechta sitatalarni tayyorlab qo‘ying. Bunda siz suxbatdo-shingizdan aynan shu sitatalarni eshitishni xohla-ganingizni aytishingiz mumkin.
Dialogni o‘qing va uni qaysi vaziyatda qo‘llanilishini aniqlang:
- Assalomu alaykum!
- Vaalaykum assalom!
- Sizning ko‘rinishingiz juda ajoyib!
-Unday demang! Siz menga xushomad qilyapsiz!
- Hecham-da! Bu ko‘ylak esa yuzingizni ochibdi!
- Rahmat! Siz har doim samimiysiz!
Nazorat uchun savollar:
1.Sharq mutafakkirlarining nutq madaniyatiga oid qarashlari haqida gapirib bering.
2. Voizlik san’atiga hissa qo‘shgan sharq mutafakkirlarining faoliyati va ilmiy merosi xususida ma’lumot bering. Xusayn voiz Koshifiy adabiy merosi va uning notiq mahorati haqida gapirib bering.
3. Voizlik madaniyatida notiqlik san’ati turlarining o‘rni va ahamiyatini tushuntirib bering.
3. Notiqlik mahoratining turlari va ko‘rinish-larini tavsiflab bering.
4. Voiz va va’z tushunchalari nimalari bilan farqlanadi?
5. Sharq mutafakkirlarining notiqlik san’atiga va tilga, so‘zlashish madaniyatiga oid qarashlari va hikmatli so‘zlari haqida ma’lumot bering?
Asosiy darsliklar va qo’shimcha o‘quv qo‘llanmalar
Adabiyotlar:
Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.Toshkent, “ O’zbekiston” NMIU, 2017.-29b
Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent, “ O’zbekiston” NMIU, 2017.-47b
Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent, “ O’zbekiston” NMIU, 2017.-485b
O’zbekistom respublikasi Prezidentining 2017yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanadarivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017y.,6-son,70-modda.
Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.
I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.
N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.
A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |