Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Infektsiya manbai

Endemik toshmali tif — zoonoz infeksiyadir. Tabiatda infektsiya 
manbai bo’lib kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi. 
Tarqalish yo’llari. Transmissiv, alimentar, bilvosita kontakt yo’llari orqali tarqaladi. 
Tashuvchisi bo’lib kalamush va kanalar hisoblanadi. 
Patogenezi. Endemik toshmali tif qonli infektsiyadir. Uning patogenezi epidemik toshmali 
tifnikiga o’xshashdir. Klinik belgilari va kasallik ancha yengil o’tadi. Kasallik isitma va toshma 
toshish bilan tavsiflanadi. Kasallik endemik xarakterga ega. 
Immuniteti. Kasallikdan so’ng mustahkam antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo’ladi. 
Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish va sanitar-gigienik sharoitlarni 
yaxshilashdan iboratdir. Maxsus profilaktikasi maqsadida o’lik Muzer rikketsiyasini saqlovchi 
vaktsinadan foydalaniladi. 
Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar bilan davolanadi. 
Ku-isitma — o’tkir infektsion kasallikdir. 1939 yili R. Bernet tomonidan bemor qonidan 
qo’zg’atuvchi ajratib olingan va farqlash ishlari olib borilgan. Shuning uchun uning nomi bilan 
Bernet rikketsiyalari deb yuritiladi. 1948 yili Rossiyada ham bu rikketsiyalar aniqlangan. 
Ku-isitma qo’zg’atuvchisi Sox1e11a avlodiga kiritiladi. Morfologiyasi. S. igpesh mayda 
polimorf mikroorganizm bo’lib, tayoqchasimon, sham alangasiga o’xshash, 0,3—0,8 mkm 
kattalikda, sferik shakldagisi 0,3—0,5 mkm, Gram manfiy bo’yaladi; Zdrodovskiy usulida 
bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Kultural xossasi.
 
Bernet rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida yaxshi
rivojlanadi. Ular uchun optimal harorat 35°S hisoblanadi. Xo’jayin hujayrasida rekketsiyalar 
vakuolalarda rivojlanadi, ya'ni pilakchalar hosil qiladi. 
Fermentativ xossasi.
 
Namoyon bo’lmaydi.
Toksigenligi. Zaharli moddasi aniqlanmagan, lekin rikketsiyalar o’zida allergen saqlaydi. 


171 
Antigenligi. Bernet rikketsiyasi ikkita — I va II faza antigenlarini saqlaydi. I faza antigeni 
yuzaki joylashgan, polisaxarid tabiatli, II faza antigeni esa hujayra ichida saqlanadi, kimyoviy 
tarkibi hali to’liq o’rganilmagan. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionida o’stirilganida I faza 
antigeni yo’qoladi. Bernet rikketsiyasi dengiz cho’chqachasiga yuborilganda uning bu xossasi 
tiklanadi. 
Chidamliligi. Bernet rikketsiyalari tashqi muhitga ancha chidamli. 80—90°S harorat ta'sirida 
ular 30 daqiqadan so’ng nobud bo’ladi. Sut pasterizatsiya qilinganda ular o’lmaydi. Ular sut 
mahsulotlari — qatiq, suzma, sariyoqda uzoq vaqt, ultrabinafsha nurlar ta'sirida 1,5 soatgacha 
saqlanadi. Past haroratda, ayniqsa muzli sharoitda, bir necha oylab, steril suvda 3—4 oygacha 
saqlanadi. Bernet rikketsiyalari oshqozon shirasiga, 5% li formalin eritmasiga va 1%li fenol 
ta'siriga ancha chidamli. 
Patogenligi. Tabiiy sharoitda Bernet rikketsiyalari sigir, echki, qo’y, it, ot, kemiruvchilar, 
parranda va kanalarda aniqlanadi. Hayvonlarda kasallik isitma tutishi bilan tavsiflanadi. Ularda 
kasallik ko’pincha surunkali shakllarda o’tadi. Rikketsiyalar sut, siydik va najas bilan tashqi 
muhitga ajraladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish